Mikrobiologiya

Ushbu kitob "Mikrobiologiya" fanini talabalarning nazariy bilimlar,laboratoriya ko‘nikmalari, dori tayyorlash texnologiyasida kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarning axamiyati va dori tayyorlash jarayonlarida bakteriyalarga uslubiy yondashuv xamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifasini bajaradi. Fan bo‘yicha talabalarni bilim, ko‘nikma va malakalarga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: mikrobiologiya fanidan mikroorganizmlar haqida umumiy tushuncha olishlari kerak, ularni o‘ziga xos bo‘lgan yashash qonuniyatlarini bilishi va shu bilan birga yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari, ularni mikroorganizmlar bilan o‘zaro munosabatlari, yuqumli kasalliklar diagnostikasi, organizmning himoyalanish xususiyatlari, yuqumli kasalliklar doirasida patogen agentlarni ajratib olish, dentifikatsiya va ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yishni ta’siri tog`risida tasavvurga ega bo`lishi; talabalar, o‘qituvchining nazorati ostida xavfsizlik texnik qoidalariga rioya qilib, uslubiy ko’rsatmalar yordamida quyidagilarni bilishi va ulardan foydalana olishi lozim: surtma preparatlarini tayyorlash, surtmalarni bo‘yash usullarini bilish, mikroorganizmlarni morfologiyasini o‘rganish uchun mikroskopiya usullarini qo‘llay olish, antibiotiklarning mikroblarga nisbatan sezgirligini seriyali suyultirish, disk usullarida aniqlay olish, sof kulturalarni ajratib olish usullarini; mikroorganizmlarni indikatsiya va identifikatsiya qilishni bilishlari kerak. Talaba yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilarga bakteriologik, virusologik, serologik, mikroskopik, biologik, allergik usullarda tashxis qo‘yish asoslarini chuqur bilishi kerak. Yuqumli kasalliklarni oldini olishda, davolashda qo‘llaniladigan vaksinalar, anatoksinlar, immun zardob va biopreparatlarni olish texnologiyasi yordamida ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.

Asosiy mavzular

  • O`QUV FANINING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA`LIMDAGI O`RNI: Provizorlarni tayyorlashda mikrobiologiya fanini o‘rganishdan asosiy maqsad turli sinflarga mansub mikroorganizmlarning tuzilishi, hayoti va tarqalishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganish, dori tayyorlash jarayonlari texnologiyasida kasallik chaqiruvchi mikroblarning ahamiyati, inson hayoti jarayoni va yuqumli kasalliklarning kelib chikishida mikroorganizmlarning ahamiyatini bilishdir. Mikrobiologiya fani tibbiyot fanlari uzluksiz rivojlanayotgan hozirgi davrida molekulyar, biologiya, genetika, gen injeneriyasi va immunologiya, biotexnologiya asoslari bilan boyib bormoqda.
  • O`quv fanining maqsadi va vazifasi: Hozirgi kunda umumiy mikrobiologiyadan mikroorganizmlarning tuzilishi, hayot jarayonini, molekulyar, hujayra bosqichlarida o‘rganilmoqda. Dasturda mikroorganizmlarning tasnifi, rejasi, morfologiyasi, fiziologiyasi, patogen mikroorganizmlarni o‘stirish uchun ozuqa muhitlar tayyorlash jarayoni, ekologiyasi, tashqi muhit faktorlarining mikroorganizmlarga ta’siri, immunobiologik tibbiy preparatlar to‘g‘risidagi ta’limotlar yoritiladi. Mikrobiologiya fanida yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari: bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar, sodda jonivorlarning morfologiyasi, fiziologiyasi ularning yuqumli kasallik patogenezidagi o‘rni, kasalliklarning klinikasi, epidemiologiyasi, spetsifik diagnostikasi, davolash, oldini olish usullari o‘rgatiladi. Provizor professional faoliyatida aseptika, antiseptika, sterilizatsiya, tayyor dorilar va xom ashyosini saqlash, dorilarni ekstemporal tayyorlashda mikrobiologiya fanining saboqlari muhim ahamiyatga egadir.
  • Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi.: Talaba: mikrobiologiya fanidan mikroorganizmlar haqida umumiy tushuncha olishlari kerak, ularni o‘ziga xos bo‘lgan yashash qonuniyatlarini bilishi va shu bilan birga yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari, ularni mikroorganizmlar bilan o‘zaro munosabatlari, yuqumli kasalliklar diagnostikasi, organizmning himoyalanish xususiyatlari, yuqumli kasalliklar doirasida patogen agentlarni ajratib olish, dentifikatsiya va ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yishni ta’siri tog`risida tasavvurga ega bo`lishi; talabalar, o‘qituvchining nazorati ostida xavfsizlik texnik qoidalariga rioya qilib, uslubiy ko’rsatmalar yordamida quyidagilarni bilishi va ulardan foydalana olishi lozim: surtma preparatlarini tayyorlash, surtmalarni bo‘yash usullarini bilish, mikroorganizmlarni morfologiyasini o‘rganish uchun mikroskopiya usullarini qo‘llay olish, antibiotiklarning mikroblarga nisbatan sezgirligini seriyali suyultirish, disk usullarida aniqlay olish, sof kulturalarni ajratib olish usullarini; mikroorganizmlarni indikatsiya va identifikatsiya qilishni bilishlari kerak.