Ҳуқуқшунослик
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasining huquq tizimi haqida umumiy tushuncha beruvchi qoʻllanma boʻlib, yuridik taʼlim yoʻnalishida oʻqimaydigan talabalar uchun moʻljallangan. Qoʻllanmada huquqshunoslikning asosiy sohalari, davlat va huquq nazariyasi, maʼmuriy, moliyaviy, fuqarolik, tadbirkorlik, mehnat, oilla, ekologiya va xalqaro huquq kabi mavzular yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Davlat va huquq nazariyasi asoslari: Davlat va huquqning mohiyati, kelib chiqishi, funktsiyalari va shakllari, jamiyat va davlat oʻrtasidagi munosabatlar, huquqning tushunchasi, tizimi, manbalari, munosabatlar va huquqbuzarlik kabi masalalar koʻrib chiqiladi.
- Maʼmuriy huquq asoslari: Maʼmuriy huquqning mohiyati va manbalari, maʼmuriy-huquqiy normalar va munosabatlar, davlat boshqaruv organlarining tushunchasi va bogʻinlari, maʼmuriy huquqbuzarlik va javobgarlik masalalari yoritiladi.
- Moliya huquqi asoslari: Moliya huquqi predmeti va tizimi, moliyaviy-huquqiy munosabatlar, Oʻzbekistonda moliyaviy nazorat, bank huquqi, soliq huquqi kabi masalalar tahlil etiladi.
- Fuqarolik huquqi asoslari: Fuqarolik huquqi tushunchasi va manbalari, mulkiy va nomulkiy munosabatlar, mulk huquqi, majburiyat huquqi va fuqarolik javobgarlik masalalari oʻrganiladi.
- Tadbirkorlik huquqi asoslari: Tadbirkorlik huquqi tushunchasi va tamoyillari, tadbirkorlik subyektlari, faoliyat turlari, shartnomalar va javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi.
- Mehnat huquqi asoslari: Mehnat huquqi tushunchasi va ahamiyati, mehnat shartnomasi, ish vaqti va dam olish vaqti, intizomiy javobgarlik, mehnatni muhofaza qilish va mehnat nizolari kabi masalalar yoritiladi.
- Oila huquqi asoslari: Oila huquqi tushunchasi va predmeti, nikoh, er va xotinning huquq va majburiyatlari, ota-ona va bolalarning huquq va majburiyatlari, farzandlikka olish kabi masalalarga bagʻishlangan.
- Ekologiya huquqi asoslari: Ekologiya huquqining mohiyati, manbalari, tamoyillari, ekologik siyosat, tabiat obʼektlarining huquqiy maqomi, ekologik nazorat, ekologik ekspertiza, xalqaro ekologiya huquqi kabi masalalar oʻrganiladi.
- Qishloq xoʻjalik huquqi asoslari: Qishloq xoʻjalik huquqining mohiyati, qishloq xoʻjaligi korxonalari, shartnoma munosabatlari, davlat boshqaruvi va yuridik javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi.
- Jinoyat huquqi asoslari: Jinoyat huquqi tushunchasi va vazifalari, jinoyat va jinoyatchilik, jinoyatning tarkibiy elementlari, jinoiy javobgarlik va jinoiy jazo, jinoyatda ishtirokchilik va voyaga yetmaganlar javobgarligi kabi masalalar yoritiladi.
- Xalqaro huquq asoslari: Xalqaro huquqning kelib chiqish asoslari, manbalari, tamoyillari, xalqaro huquqiy javobgarlik va xalqaro tashkilotlar kabi masalalarga bagʻishlangan.