Norin tumani Haqqulobod shaxrida 4 postli avtomobillarga xizmat ko`rsatuvchi avtoservis shahobchasini loyihalash

Ushbu kitob avtomobil sanoati va avtoservis korxonalarining texnik xizmat ko'rsatish jarayonlarini, tashkil etish masalalarini o'rganadi. Unda avtotransport vositalarining texnik servisi, avtoservis korxonalarining rivojlanishi, texnologik hisobi, tashkiliy qismi, iqtisodiy ko'rsatkichlari va mehnat muhofazasi kabi muhim jihatlar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Avtotransport vositalari texnik servisi ishlarining mohiyati: Texnik servisning ahamiyati, vazifalari, rivojlanish tendensiyalari va avtoservis tizimining xususiyatlari, xizmat turlari, avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish tartibi va tijoriy xizmat ko'rsatish haqida ma'lumotlar berilgan.
  • O'zbekiston avtoservisining rivojlanishi va muammolari: O'zbekistonda avtoservis xizmatining rivojlanish bosqichlari, sohadagi muammolar, kichik biznesni rivojlantirishning ahamiyati va avtomobil sanoatining ta'siri haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Avtoservis korxonalarini texnologik hisobi: Avtoservis korxonasining turi va quvvatini asoslash, yillik ish hajmini hisoblash, texnologik jihozlarni tanlash, ishlab chiqarish ishchilari sonini hisoblash, postlar va avtomobil-joylar sonini aniqlash hamda texnologik jarayonlarni tashkil etish masalalari o'rganilgan.
  • Avtoservis korxonalarini rejalashtirish: Texnologik loyihalash natijalari asosida avtoservis korxonalarini rejalashtirish, funksional shakllari va binolarni joylashtirish tartibi ko'rib chiqilgan.
  • Texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar hisobi: Ishlab chiqarish tannarxi, daromad, foyda, rentabellik hisobi, asosiy va aylanma mablag'lar qiymati, ish haqi fondi kabi texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar tahlil qilingan.
  • Mehnat muhofazasi qismi: Avtoservis korxonalarida mehnat sharoitini tashkil etish, havfli va zararli ishlab chiqarish omillari, mehnat og'irligi toifalari va ularni aniqlash usullari yoritilgan.
  • Tormoz tizimiga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash texnologiyasi: Tormoz tizimining asosiy nosozliklari, davriy TXK dan tormoz tizimi bo'yicha barcha birikmalar va truba o'tkazgichlarning zichligi, kompressorning hosil qiluvchi bosimi, jihozda tormozning ishlash sifati, detal va birikmalarni joyiga qotirilishi, tormoz tepkisining salt va ishchi yurish yo'li, tormoz barabanlari (disklari), kolodkalar, g'ildirak podshipniklari, gidravlik tormoz tizimidagi suyuqlik sathi, ko'p konturli pnevmatik tizimlardagi konturlar va tormoz kuchini sozlagichlarning ishlashi kabi muhim bo`limlar yoritilgan.
  • Avtomobillarni yurish qismini kompyuter yordamida tekshirish: Hozirgi kunda avtomobillarni boshqarish g'ildiraklarini geometrik parametrlarini kompyuter yordamida aniqlashga katta e'tibor berilmoqda. SHu jihatdan quyida avtomobillarni og'ish burchaklarini kompyuter yordamida aniqlashni ko'rib chiqamiz. Mess matic kompyuter stendi, printer va g'ildiraklarga o'rnatiladigan SSD kallagi bilan jihozlangan.