Axborot texnologiyalari

Ushbu kitob axborot texnologiyalari fanidan ma'ruzalar matni bo'lib, O'zbekiston Respublikasida AKT sohasidagi siyosat, AKTning jamiyatdagi roli, axborot xavfsizligi, kompyuter tizimlari, masofaviy ta'limda axborot texnologiyalari kabi mavzularni qamrab oladi.

Asosiy mavzular

  • Axborot texnologiyalari faniga kirish: Axborot texnologiyalarining asosiy masalalari va yo'nalishlari, O'zbekistonda AKT sohasidagi davlat siyosati, AKTning ijtimoiy va moliyaviy sohalardagi roli, AKTni rivojlantirishning vazifa va yo'nalishlari.
  • Axborot tizimlari va unda boshqaruv tuzilmasining o'rni: Axborot tizimi tushunchasi, axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari, turlari va ta'minot turlari, axborot tizimlarida boshqaruv tuzilmasining o'rni.
  • Kompyuter tizimlari: Kompyuter tizimlari va asosiy komponentalari, kompyuterlar klassifikatsiyasi, arxitekturasi, ishlash jarayoni, mukammallashgan kompyuter texnologoyalarining rivojlanishi.
  • Axborot jarayonlarining dasturiy ta'minoti: Operatsion tizimning asosiy vazifalari, Windows amaliyot tizimi xizmatlari, versiyalari, tashkil etuvchi modullari, faylli tizimi va bajaruvchi xizmatchi dasturlar.
  • Amaliyot tizimlari: Axborot texnologiyalari deganda nimani tushunamiz, axborot-komunikasiya texnologiyalari eganda nimani tushunasiz,zamonaviy jamiyatda axborot-komunikasiya texnologiyalarining o'rni,AKTni qo'llash mumkin bo'lgan sohalarni sanab bering.
  • Elektron hujjatlar: Elektron xujjat va uning strukturasi, dasturlar-konvertorlar va ularning funksiyasi, elektron hujjatlarni yaratishga moʻljallangan amaliy dasturlar.
  • Elektron hujjatlaga ishlov berish texnologiyalari: Kompyuterli nashr tizimlari, Tex tizimi, Latex tizimi, Microsoft Equation formulalar redaktori, MathType 6.0. equation dasturi, Elektron jadvallar xaqida asosiy tushuchalar.
  • Ma'lumotlar bazasi: Ma'lumotlar bazasiga va uning modellari, ma'lumotlar bazasi modellari, MS Accessning asosiy ob'yektlari, ma'lumotlar bazasini yaratish.
  • Kompyuter grafikasi: Kompyuter grafikasi. Asosiy tushunchalar,kompyuter grafikasining turlari: vektorli, rastrli va fraktal grafika, grafik tasvirlarni yaratish va qayta ishlash. AdobePhotoShop va Adobe Illustrator paketlari,Corel DRAW paketi.
  • Multimediya texnologiyalari: Modellashtirish (2D va 3D),ilmiy vizuallashtirish dasturlari,Multimediya tizimlari. Tovushli fayllar bilan ishlash va taxrirlash,video va komponovka bilan ishlash tizimlari.
  • Avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari: Loyixalashning avtomatlashtirilgan tizimi va uning vazifalari, loyixalashni avtomatlashtirish jarayonining asosiy bosqichlari, CAE/CAD/CAM-tizimlarning vazifalari, xarakteristikasi va unga misollar, CALS-texnologiyalari tushunchasi.
  • Matlab, MathCad tizimlari va ularning imkoniyatlari: Ixtisoslashtirilgan MathCad tizimlari, dasturning interfeysi va asboblar paneli, MathCad tizimida masalalarni yechish, Matlab tizimi, uning vazifalari va imkoniyatlari, Matlab tizimida jarayonlarning imitatsion modellarini yaratish va amalga oshirish (Simulink paketi).
  • Kompyuter tarmoqlari: Kompyuter tarmoqlari tushunchasi va uning turlari,lokal tarmoq topologoiyasi,tarmoq arxitekturasi, tarmoqning adresatsiyasi.
  • Kompyuter texnologiyalari: Axborot texnologiyalari sohasi Yunesko tomomnidan tasdiqlangan ta'rifga ko'ra Axborot texnologiyalari o'zaro bog'langan ilmiy, texnologik, muhanislik fanlarining komleksini ifodalaydi. Bu kompkleks axborotga ishlov berish,insonlarning hisoblash texnikasi bilan muloqot qilish, amaliy qo'llash, ijtimoiy,iqtisodiy va madaniy aspektlarini o'rganishning usullarini o'rganadi. Axborot texnologiyalari sohasi intellectual va vositachi bo'lgan Elektron xizmatlarni ifodalaydi. Ular apparat ta'minot, dasturiy ta'minot, AT-xizmatlari sohasi, apparat va dasturiy ta'minlash sohalarin o'z ichiga oladi.
  • Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari: Zamonaviy axborot jamiyatida axborot xavfsizligi, axborotni himoyalash tizimlari, kompyuter viruslari va ularning turlari, virusdan himoyalanish dasturiy vositalarining tavsifi, axborot havfsizligini ta'minlashda biometrik usullardan foydalanish, himoyalashning kriptografik usullari, elektron raqamli imzo.
  • Masofaviy ta'limda axborot texnologiyalari: Masofaviy ta'limning tarixi, zamonaviy o'qitish, turlari, texnologiyasi, programma orqali amalga oshirish, loyixalashni tashkil etuvchi eng oddiy narsa .
  • Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari: O'zbekistonda AKT rivojlanishini zamonaviy istiqbollari,elektron hukumat tizimi,elektron tijorat,elektron imzoning qo'llanilishi.