Sotsiologiya

Ushbu o'quv-uslubiy majmua O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'limi yo'nalishidagi talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, sotsiologiya fanining asosiy tushunchalari, nazariyalari va amaliy jihatlarini o'z ichiga oladi. Majmua, sotsiologiya fanining predmeti, ob'ekti, vazifalari, ijtimoiy fanlar tizimidagi o'rni, sotsiologik bilimning tarkibiy tuzilishi va funksiyalari, shuningdek O'zbekistonda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishni o'rganishda sotsiologiya fanining o'rnini yoritadi.

Asosiy mavzular

  • "Sotsiologiya” fani predmeti, ob'ekti, vazifalari va ijtimoiy fanlar tizimidagi o'rni: Ushbu mavzu sotsiologiyaning mazmunini, uning ob'yekti, predmeti va kategoriyalarini ochib beradi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tizimida sotsiologiyaning o'rni, sotsiologik bilimning tarkibiy tuzilishi va funksiyalari hamda mamlakatda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishni o'rganishda sotsiologiya fanining o'rni ko'rsatilgan.
  • Sotsiologiyaning paydo bo'lishi va rivojlanishi: Mazkur mavzu sotsiologiyaning paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari, dastlabki va pozitivistik bosqichlar, klassik bosqich, hozirgi bosqich hamda sotsiologiyadagi asosiy maktablar va yo'nalishlarni o'z ichiga oladi.
  • Jamiyat dinamik tizim sifatida. Ijtimoiy stratifikatsiya: Mazkur bobda jamiyat dinamik tizim sifatida, sotsiologiyada jamiyat tushunchasi uning belgilari va jamiyatlarning turlari, ijtimoiy institutni ta'riflashga nisbatan yondashuvlar, tashkilotlar sotsiologiyasi, tashkilotlarning turlari, ijtimoiy stratifikatsiya va ijtimoiy tengsizlik, stratifikatsiyaning tarixiy tiplari, ijtimoiy mobillik va marginallik kabi masalalar yoritiladi.
  • Shaxs sotsiologiyasi: Mazkur bob sotsiologiyada shaxs tushunchasi, shaxs shakllanish asoslari, shaxs shakllanishi omillari, shaxslararo o'zaro taʼsir nazariyasi va nizolarga bag'ishlangan
  • Sohalar sotsiologiyasi. Iqtisodiy sohalar sotsiologiyasi: Mazkur qismda siyosiy sotsiologiya, iqtisodiy hayot sotsiologiyasi va zamonaviy migratsiya jarayonlarining sotsio madaniy xususiyatlari kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
  • Ma'naviy hayot sotsiologiyasi: Ushbu mavzuda madaniyatning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi o'rni va ahamiyati, fan va taʼlim sotsiologiyasi hamda din sotsiologiyasi haqida so'z boradi.
  • Deviant va delinkvent xulq-atvor: Ushbu mavzu deviant va delinkvent xulq-atvoriga bag'ishlangan. Bunda shaxsning ijtimoiylashuvi tushunchasi, ijtimoiy maqom, shaxs rollari nazariyasi, ijtimoiy nazorat va uni amalga oshirish usullari, og'uvchi (deviant) xulq-atvori va uning turlari, deviatsiya nazariyalari va nihoyat og'ish va rang-baranglik haqida ma'lumot beriladi.
  • Amaliy sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va umumlashtirish: Amaliy sotsiologik tadqiqotlar, sotsiologik tadqiqot dasturi nazariy asoslari, sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o'tkazish ususllari, empirik maʼlumotlarni tahlil etish va qayta ishlash usullari hamda sotsiologik tadqiqot natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish kabi masalalarni qamrab oladi.