“Butlovchi qism yetkazuvchi tashkilotlarda QSB sifat tizimini talablarini joriy etishdagi muammolar va ularning yechimlari”
Ushbu kitob O'zbekiston avtomobilsozligi korxonalarida sifat menejmenti tizimini, xususan, butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarga BIQS (Built-In-Quality Suppliers) talablarini joriy etish jarayonidagi muammolar va ularning yechimlarini o'rganishga bag'ishlangan. Kitob, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida ushbu tizimni o'rgatish uchun o'quv dasturlarini yaratish masalalarini ham qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- O'zbekiston avtomobilsozligining rivojlanish bosqichlari: Ushbu bob O'zbekiston avtomobilsozligi tarixini, GM-GMS global boshqaruv tizimining evolyutsiyasini va avtomobilsozlik sohasida sifatni ta'minlashning strategik maqsadlarini yoritadi.
- BIQS (Built-In-Quality Suppliers) етkazuvchilar uchun mujassamlashtirilgan sifatga kirish: Ushbu bob BIQS talablarining mohiyatini, ноmuvofiq mahsulotni boshqarish tartibini va jarayonlarni nazorat qilish usullarini o'z ichiga oladi.
- BIQS joriy etishdagi muammolar: Ushbu bob BIQSni joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni, xodimlarni boshqarish, o'qitish va ularning malakasini rivojlantirish masalalarini ko'rib chiqadi.
- Xulosa va takliflar: Xulosa va takliflar bo'limida mazkur kitobning yechimi va kelajakdagi takliflar va ishlanmalar haqida so'z boradi.