Нефтни ҳайдаш стансияларида магистрал насос агрегатлар тизимини автоматлаштириш
Ushbu kitobda "Ko'kdumaloq" NXSda nasos agregatlarini avtomatlashtirish masalalari o'rganilib, neft haydash stansiyasi magistral agregatlarini avtomatlashtirish tizimi ELESI firmasi SKOREX kontrolleri bazasida ishlab chiqilgan. Texnologik jarayonni ishonchliroq, sifatliroq boshqarishni minimal sondagi operatorlar bilan bajarish imkonini beradi. MNA ishini boshqarishni ta'minlay oladigan MNA ABT ni logik qismi uchun ST dasturlash tilida dastur tuzilgan. PİK avtomatlashtirilgan tizimi neft haydash stansiyalarining avariya hisobiga to'xtab qolish soni va NXS larida nosozlik tufayli to'xtab qolish vaqtini tejash hisobiga harajatlarni kamaytiradi. Yangi uskunalami kiritishdan iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari hisoblab chiqilganda iqtisodiy samaradorlik hisoblari bo'yicha musbat qiymatga ega ekanligi aniqlandi. Muallif mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masalalari to'la yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Magistral nasos agregatini avtomatik boshqarish tizimi: Avtomatlashtirishning blokli tizimi magistral nasos agregatlarini signallashtirish, nazorat, himoya va boshqarish uchun mo'ljallangan. Avtomatlashtirish tizimi MNA ishi haqidagi axborotni akslantirish va nazorat qilish, MNA avtomatik himoyalash, MNA boshqarish, MNA ish rejimini NXS operatori yoki RDP dispetcheri komandasi bilan o'zgartirish hamda TM(telemechanika) tizimi bilan aloqani ta'minlaydi.
- MNA releyeli avtomatlashtirish tizimini PLK asosida modernizatsiyalash: ELesi kompaniyasining SKOREX kontrolleri elektr ta'minoti stabel bo'lmagan, industrial g'alayonlarga ega va xizmat ko'rsatuvchi personalni turli kvalifikatsiyaga ega bo'lgan shartlarni hisobga olib ishlab chiqilgan. U eng murakkab texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlarida qo'llash uchun mo'ljallangan.
- Logik boshqarishni dasturiy ta'minotini ishlab chiqish: MNA ni boshqarish algoritmi, NXS uchun boshqarish ikki rejimda olib boriladi: Mahalliy - NXSning operator xonasidan boshqarish va Distantsion - ma'lum tizim va agregatlar bilan RDP telemechanika kanallari orqali boshqarish.
- Hayot faoliyati xavfsizligi: Mehnatning jismoniy og'irligi deb, odamdan mehnat qilayotganda asosan muskullarining zo'riqishini hamda kerakli energiyani talab qiluvchi yuklamaga aytiladi.