Гулистон тумани, «Боёвут» ФХУ худуди тупроқларининг хоссалари ва сифат баҳоси

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Guliston tumani “Boyovut” fermer xoʻjaligi hududidagi tuproqlarning xususiyatlari va sifatini baholashga bagʻishlangan. Unda tuproqshunoslik, agrokimyo, melioratsiya kabi sohalarga oid adabiyotlar tahlili, tadqiqot metodlari, tuproqlarning morfologik, fizik-kimyoviy xususiyatlari, ularning unumdorligiga taʼsir etuvchi omillar va bonitet ballari keltirilgan. Kitobda tuproqlarning sifatini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Tuproq bonitetini o'tkazish metodologiyasi: Tuproq bonitetini o'tkazish uchun tuproq ayirmalaridagi ma'lumotlar asos bo'lib xizmat qiladi. Xo'jalik tuproqlarini baholash uchun qanday mezonlar olinishi lozimligini aniqlash uchun qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligiga ta'sir etuvchi asosiy xossalarini ajratib olish lozim bo'ladi. Tuproq bonitetining asosiy shkalasi etib hozirgi vaqtgacha tuproqning tipi, madaniylashganlik darajasi va sug'orishlar davomiyligi kabi ko'rsatkichlardan foydalanib kelingan edi. Lekin keyingi yillardagi ilmiy-tadqiqot ishlari, ushbu ma'lumotladan foydalanishni qayta ko'rib chiqilishi lozimligini ko'rsatmoqda.Chunki sug'orishlarning davomiyligi tuproqning nisbiy yoshi bo'lib, sug'orishlar davomiyligining ortishi doimo tuproq unumdorligining ortishiga olib kelavermasligini hozirgi vaqtda Mirzacho'l sharoiti misolida ham ko'rib chiqishimiz mumkin.
  • Oʻrganilgan tuproqlarning asosiy xususiyatlari: Oʻrganilgan hudud tuproqlarida umumiy gʻovaklik haydalma qatlamlarida 50-52 foizni, haydalma ostki qatlamida esa 48,1-48,2 foizni, keyingi qatlamlarda esa 49,8-50,7 foizni tashkil etadi. Uzoq muddatli sugʻorish va dehqonchilikda foydalaniladigan yerlarning haydov ostki qatlami eng katta hajm ogʻirligiga teng. «Haydov osti zich qatlami» ni vujudga kelishi boʻyicha koʻpgina tadqiqotlarboʻlib, ularning aksariyatida uzoq muddatli sugʻorish va ogʻir vaznli texnika bilan ishlov berish sabab qilib koʻrsatilgan.