Аудио ва видеомонтаж амалиёт
Ushbu kitob audio va video montaj qilish asoslarini o'rgatuvchi qo'llanma bo'lib, unda dasturiy ta'minot interfeysi, fayllarni import qilish, loyihalar bilan ishlash, turli effektlar, markerlar, VirtualDub dasturi bilan ishlash, niqoblash, ranglarni korrektirovka qilish kabi amaliy mashg'ulotlar bosqichma-bosqich tushuntirilgan. Qo'llanma talabalarga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Media montaj tamoyillari: Media montaj dasturlari interfeysi bilan tanishish, fayllarni import qilish va loyihani tashkil etish, loyiha fayllarini saqlash, qo'shish va boshqarish usullari.
- Effektlar: Effektlarning asosiy tamoyillari, Pen Crop instrumenti, fotosuratlardan slayd-shou yaratish, guruhlash, alfa kanalli video va rangni korreksiyalash.
- VirtualDub bilan ishlash: VirtualDub dasturida kliplarni kesish, birlashtirish, paketli qayta ishlash, ravshanlikni sozlash va video lavhalarni montaj qilish.
- Markerlar va hududlar: Markerlar va hududlar bilan ishlash, trimmer instrumenti, videoni tezlashtirish va sekinlashtirish.
- Niqoblar: Niqoblarni qo'llagan holda kombinatsiyalangan syomkalar effektini yaratish, bir-birini ustiga joylashtirish rejimlari va niqoblar bilan ishlash.