Mashinasozlik texnologiyasi asoslari
Ushbu kitob mashinasozlik texnologiyasining asosiy tushunchalari, ishlab chiqarish turlari, zagotovka materiallari, yuzalarga ishlov berish, yig'ish jarayonlari va boshqa muhim jihatlarni qamrab olgan.
Asosiy mavzular
- Ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari: Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar, ularning tarkibi, turlari (donali, seriyali, yalpi), mashinasozlikda ishni tashkil etish shakllari.
- Detallarni ishlov berishda bazalash va o'rnatish: Detallarning yuzalari, bazalari, bazalarni doimiylik va kushilish tamoyillari, detallarni dastgohlarda o'rnatish usullari (olti nuqta qoidasi).
- Detallarga mexanik ishlov berish aniqligi: Aniqlik tushunchasi, unga ta'sir etuvchi omillar, ishlab chiqarish xatoliklari (sistemali va tasodifiy), turli ishlov berish usullarining aniqligi, detal yuzasi sifati.
- Mashina detallari uchun zagotovka turlari. Mexanik ishlov berishda qo'yimlar: Zagotovka turlari, ularni tanlash, qo'yimlar (aniqlik, ishlov berish usullari) va ularni hisoblash.
- Texnik me'yorlash asoslari: Texnik asoslangan vaqt me'yori, uni aniqlash usullari, vaqt me'yorining tarkibi, ishchining malakasini aniqlash.
- Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash: Loyiha uchun dastlabki ma'lumotlar, mexanik ishlov berish rejasi, dastgohlar, moslamalar, kesuvchi asboblar tanlash, kesish ma'romlarini aniqlash.
- Yig'ish texnologik jarayonlarini loyihalash: Mashina va mexanizmlar ishlab chiqarishda yig'ish jarayonlarining o'rni, yig'ish davrlari, texnologik jarayonining tarkibi, yig'ish sxemasi, jarayonlarni me'yorlash, tashkil qilish shakllari va tamoyillari.
- Tashqi silindrik sirtlarga ishlov berish: Aylanma jismlarga ishlov berish, ko'p keskichli tokarlik dastgohlari, tashqi silindrik sirtlarni pardozlash (turlari va usullari).
- Ichki silindrik sirtlarga ishlov berish: Tig'li asboblar yordamida teshiklarga ishlov berish, abraziv asboblar yordamida teshiklarga ishlov berish, kichik diametrli teshiklar hosil qilish usullari.
- Rezbali sirtlarga ishlov berish: Rezbalarning turlari, rezba hosil qiluvchi asboblar, rezbalarni keskichlar va taroqlar yordamida kesish, plashka yordamida rezba kesish.
- Yassi va shakldor sirtlarga ishlov berish: Detallarning yassi sirtlariga tig'li asboblarda ishlov berish, Detallarning yassi sirtlariga yakuniy ishlov berish
- Shakldor sirtlarga ishlov berish: Shakldor sirtlarga yo'nish va parmalash orqali ishlov berish,Shakldor sirtlarga frezalash, randalash va sidirish usullari bilan ishlov berish, Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda shakldor sirtlarga ishlov berish
- Tishli gildiraklarni tayyorlash texnologiyasi: Tishli gildiraklarning turlari, tuzilishi, ularni tayyorlash bo'yicha texnik talablar, qo'llaniladigan materiallar va zagotovka turlari,Mexanik ishlov berish texnologik jarayonining ketma-ketligi va uni bajarish tartibi
- Tipaviy detallarga ishlov berish kompleks texnologiyasi: Tanasimon detallarni tayyorlash texnologiyasi Detallarni sinflarga bo'lish asoslari,Qutisimon detallarga RDB datsgoxlarida tayyorlash Qutisimon detallarni nazorat qilish