Iqtisоdiyot nazariyasi

Ushbu kitob iqtisodiyot nazariyasining asosiy tushunchalari, qonuniyatlari va tamoyillarini ochib beradi. Kitobda iqtisodiyotning predmeti, metodologiyasi, bozor munosabatlari, talab va taklif, raqobat, pul muomalasi, kredit-bank tizimi, moliya, investitsiyalar, mehnat bozori, ish haqi, aholi daromadlari va iqtisodiy o'sish masalalari batafsil yoritilgan. Materiallar O'zbekiston iqtisodiyotiga o'tish davrining o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'langan holda bayon etilgan.

Asosiy mavzular

  • "Iqtisodiyot nazariyasi" fanining predmeti va o'rganish metodlari: Iqtisodiyot tushunchasi, iqtisodiy bilimlarni vujudga kelishi, iqtisodiyot muammosi va uning asosiy masalasi, iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va o'rganish metodlari.
  • Bozor tushunchasi, uning mohiyati va vazifalari: Bozor tushunchasi va bozorlarning paydo bo'lishi, bozor turlari, bozorning vazifalari va iqtisodiy ahamiyati, bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.
  • Bozor iqtisodiyotiga o'tish davri va uning O'zbekistondagi xususiyatlari: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari, bozor islohotlari, O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o'tish modeli, bozor iqtisodiyotining afzalliklari va kamchiliklari.
  • Talab va taklif. Bozor muvozanati: Talab tushunchasi, talab qonuni, talab miqdoriga ta'sir qiluvchi omillar, talabning turkumlanishi, taklif tushunchasi, taklif qonuni, taklif miqdoriga ta'sir qiluvchi omillar, muvozanatli baho.
  • Tadbirkorlik faoliyati va kichik biznes tushunchasi va ularning mohiyati: Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifasi va rivojlanish shart-sharoitlari, tadbirkorlik faoliyati shakllari va asosiy turlari, menejment va marketingni tadbirkorlik faoliyatida tutgan o'rni, tadbirkorlik kapitali va uning harakati, O'zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish.
  • Iqtisodiy faoliyat va uning samaradorligi. Sarf – xarajatlar va foyda: Iqtisodiy faoliyat va uning mazmuni va turlari, ishlab chiqarish jarayoni mazmuni va uning o'ziga xosligi, ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi, mehnat unumdorligi va unga ta'sir etuvchi omillar, iqtisodiy xarajatlar tushunchasi, doimiy, o'zgaruvchan va umumiy xarajatlar, foyda mazmuni. Foyda me'yori va massasi.
  • Ish haqi. Aholi daromadlari va turmush darajasi: Ish haqining tashkil etishning shakllari, ish haqi tizimi, nominal va real ish haqi, ish haqi darajasining tabaqalashuvi, mehnat tushunchasi va munosabatlari va shartnomalari tizimi, aholi daromadi va turmush darajasi, kasaba uyushmalarining tadbirkorlar va davlat bilan o'zaro aloqasi.
  • Raqobat nazariyasi: Raqobat tushunchasi va uning mohiyati, monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari, antimonopol qonunchilik va raqobat uchun shart-sharoitlarni yaratish.
  • Narxning mohiyati va shakllanish mexanizmi: Narx tushunchasi va vazifalari, narxning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar, O'zbekistonda amaldagi narx tizimi va turlari, raqobatning turli ko'rinishlari sharoitida narxning shakllanishi.
  • Bozor iqtisodiyotining tartiblanishi: Iqtisodiyotni tartiblash va uning zarurligi, iqtisodiyotni tartiblashda bozor mexanizmi, iqtisodiyotni tartiblashda davlatning roli va vazifalari, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning monetar va yangi klassik modellari.
  • Agrar munosabatlar: Agrar munosabatlar va jamiyatning agrar sektorlari, yer mulk hamda xo'jalik yuritish ob'ekti sifatida ijara munosabatlari, renta va uning miqdoriga ta'sir etuvchi omillar, agrasanoat integratsiyasi, agrosanoat kompleksi va uning tarkibi.
  • Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o'lchamlari. Yalpi milliy mahsulot: Milliy iqtisodiyot va uning ko'rsatkichlari, YaMMning mazmuni va tarkibiy qisimlari, YaMMni hisoblash usullari.
  • Iste'mol, jamg'arish va investitsiyalar: Iste'mol va jamgarmaning iqtisodiy mazmuni, iste'mol va jamgarish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, ularni belgilovchi omillar, investitsiyaning iqtisodiy mazmuni, O'zbekistonda investitsiya faolligini ta'minlash.
  • Ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik: Ishchi kuchi va uni takror xosil qilish xususiyatlari, ishchi kuchiga talab va taklif, ishsizlikni mazmuni, kelib chiqish sabablari, Ouken qonuni va fillips egri chizig'i, O'zbekistonda ishsizlarni ijtimoiy himoyalash.
  • Moliya tizimi: Moliya tushunchasi va moliya munosabatlari, moliyaviy resurslar va moliyaviy vazifalar, O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitidagi moliyaviy siyosatining asosiy yo'nalishlari, davlat budjeti va uning shakllanishi, byudjet taqchilligi va O'zbekistonda budjet tizimini takomillashtirish, davlatning soliq tizimi va uning vazifalari.
  • Kredit va bank tizimi. Pul muomalasi: Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari, kreditning turlari va tamoyillari, bank tizimi, Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari, pul muomalasi tizimi nazariyasi, pul muomalasi qonuni va pul miqdoriga ta'sir etuvchi omillar, inflyatsiya, uning sabablari, oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi chora-tadbirlar, O'zbekistonda milliy valyutani joriy qilinishi.
  • Jahon bozori va xalqaro savdo. Xalqaro iqtisodiy integratsiya: Jahon bozori va xalqaro savdo-sotiq, mamlakat to'lov va savdo balansining asosiy mazmuni, xalqaro valyuta tizimi va valyuta munosabatlari, xalqaro iqtisodiy integratsiya.