O‘zbek tili fonetikasi
Ushbu kitob o'zbek tili fonetikasiga bag'ishlangan bo'lib, unda fonetikaning umumiy tushunchalari, fonetik va fonologik tizimlar, unlilar va undoshlar tasnifi, fonetik o'zgarishlar, urg'u va intonatsiya kabi mavzular yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Fonetika va Fonologiya: Ushbu mavzuda fonetikaning o'rganish ob'ekti, vazifalari, fonetikaning tilshunoslikning boshqa bo'limlari bilan aloqasi, fonetikaning yo'nalishlari hamda fonologiya va fonetika orasidagi farqlar, umumiylik va xususiylik dialektikasi, invariant-variantlilik asosida namoyon boʻlishi kategoriyalari haqida fikr yuritiladi.
- Tilshunoslik Maktablarida Fonema Nazariyasi: Ushbu mavzuda fonemaning ikki tomoni, Praga va Leningrad maktabida fonema nazariyasi hamda Moskva fonologiya maktabining fonologik qarashlari haqida malumot beriladi.
- O'zbek Tilshunosligida Fonologik Qarashlar: Ushbu mavzuda oʻzbek tili fonologiyasining rivojlanishi, Oʻzbek tilida fonemalarni tasniflash muammolari masalalari yoritilgan.
- O'zbek tili vokalizmi: Ushbu mavzuda unlilarning fonologik muhim belgilari, ularning paradigmatik tavsifi, unlilarning fonologik nomuhim belgilari va unli fonemalar tavsifi (xarakteristikasi) haqida fikr yuritiladi.
- O'zbek Tili Konsonantizmi: Ushbu mavzuda undoshlarning asosiy, fonologik muhim belgilari, undoshlarning qoʻshimcha, fonologik nomuhim belgilari va undoshlar tavsifi (xarakteristikasi) masalalari yoritilgan.
- Fonologik Zidlanishlar: Ushbu mavzuda zidlanish va uning turlari hamda Zidlanishlar moʻtadillashuvi haqida malumot beriladi.
- Akustika va Artikulatsiya: Ushbu mavzuda Akustika va fonetika hamda Akustik hodisalar va tushunchalar haqida malumot beriladi.
- Transkripsiya: Ushbu mavzuda Transkripsiya haqida umumiy ma'lumot, transkripsiyaning tamoyillari, turlari hamda transliteratsiya masalalari yoritiladi.
- Nutq Apparati: Ushbu mavzuda faol va nofaol nutq organlari va nutq apparatining vazifalari haqida malumot beriladi.
- Nutqning Fonetik Bo'linishi: Ushbu mavzuda Segment birliklar, Fraza, takt, Fonetik soʻz va Boʻgʻin haqida batafsil malumot beriladi.
- Prosodika: Ushbu mavzuda aksentuatsiya - urg'ular tizimi va Intonatsiya, uning prosodik elementlari haqida batafsil malumot beriladi.
- Fonetik Oʻzgarishlar: Ushbu mavzuda fonemalarning sintagmatik munosabati, unlilar reduksiyasi va tovush oʻzgarishining turlari haqida malumot beriladi.
- Oʻzbek tilida singarmonizm taʼsirida oʻzgarishlar: Ushbu mavzuda singarmonizm hodisasi, singarmonizmning undoshlarga ta'siri va morfologiyaga ta'siri haqida malumot beriladi.