Национально-культурная специфика и символическая значимость числительных
Ushbu kitobda sonlar va ularning madaniy ahamiyati lingvistik, mifologik va falsafiy nuqtai nazardan o'rganiladi. Kitobda ingliz va o'zbek tillaridagi sonlarning o'ziga xos xususiyatlari, "Beovulf" va Navoiyning "Sab'ai sayyor" asarlarida sonlarning ramziy ma'nolari tahlil etiladi.
Asosiy mavzular
- Sonlarning rivojlanish tarixi: Son tushunchasining shakllanishi, turli madaniyatlarda sonlarning ahamiyati, matematik va falsafiy qarashlar.
- Sonlarning lingvistik tadqiqoti: Sonlarning grammatik kategoriyalari, semantik xususiyatlari, turli tillarda qo'llanilishi.
- Sonlar mifologiya va falsafada: Sonlarning dunyoqarashga ta'siri, mifologik tasavvurlarda sonlarning roli, turli dinlarda sonlarning ahamiyati.
- Ingliz va o'zbek tillarida sonlarning madaniy o'ziga xosligi: Turli tillarda sonlarning madaniy ma'nolari, maqol va matallarda sonlarning qo'llanilishi, etimologik tahlil.
- "Beovulf"da sonlar ramziy ma'nosi: Qahramonlik eposida sonlarning roli, xristian va butparastlik elementlarining sonlar ramziy ma'nosiga ta'siri.
- Navoiyning "Sab'ai sayyor"ida sonlar ramziy ma'nosi: Asarda sonlarning falsafiy va kosmologik ahamiyati, sufizm ta'limotida sonlarning roli.