Akusherlik va ginekologiya
Ushbu kitob akusherlik va ginekologiya fanining asosiy tushunchalari, homiladorlikning fiziologik kechishi, tug'ruqni boshqarish, ayollar jinsiy a'zolarining kasalliklari va ularni davolash usullari haqida ma'lumot beradi. Kitob tibbiyot kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, fanni mukammal o'zlashtirishlariga yaqindan yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Akusherlik va ginekologiya faniga kirish: Akusherlik va ginekologiya fanining tushunchasi, rivojlanish tarixi, etika va deontologiya asoslari, O'zbekistonda tug'ruq xizmatining rivojlanishi, onalik va bolalikni himoya qilish bo'yicha hukumat qarorlari, tug'ruq kompleksi xodimlarining deontologiyasi.
- Fiziologik akusherlik: Ayol jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi, ayol chanog'i, homiladorlik fiziologiyasi, urug'lanish, murtak pardalari va ona qornidagi homilaning taraqqiy etishi, homilador ayol organizmidagi fiziologik o'zgarishlar, homiladorlik diagnostikasi.
- Patologik akusherlik: Homiladorlik bilan bog'liq kasalliklar: gestozlar, homiladorlikning ilk va kechki gestozlari, gipertenziv sindrom, homiladorlar istisqosi (shishi), homiladorlar nefropatiyasi, preeklampsiya, eklampsiya, abort, tug'ruq jarohatlari.
- Ginekologiya: Ginekologik bemorlarni tekshirish usullari, jinsiy a'zolarning yallig'lanish kasalliklari, tuxumdonlarning xavfli o'smalari, hayz faoliyatining buzilishi, bachadon miomasi, bachadon bo'ynining raki.
- Akusherlik va ginekologiyada amaliy ko'nikma va muolajalar: Akusherlik va ginekologiyada qo'llaniladigan amaliy ko'nikma va muolajalar, homilador ayolning tana vaznini aniqlash, plasentada suv-havo sinamasini o'tkazish, qindan surtma olish, diagonal konyugatani aniqlash, Leopold-Lazarevichning 4 amali.