Bibliografiya

Ushbu o'quv qo'llanmada umumiy bibliografiyaga oid nazariy va uslubiy masalalar yoritilgan. Mamlakatimizda bibliografiya tarixi, rivojlanish yo'llari, shakllanib va takomillashib borish jarayonlari, asosiy bibliografik markazlar, ularning faoliyati, bibliografik va axborot xizmati ko'rsatish usullari, turlari haqida ham ma'lumotlar berilgan. Mazkur o'quv qo'llanma madaniyat kollejlarining "Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik" yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Bibliografiya tushunchasi, uning kelib chiqish tarixi haqida ma'lumot: "Bibliografiya" so'zi birinchi marta Qadimgi Gretsiyada qo'llanilgan. Soʻzma-so'z tarjima qilinganda biblion „kitob", grapho - „yozaman" degan ma'noni anglatadi. Kitob nashr etish ishi boshlangunga qadar bu tushuncha kitobni yozish, ko'chirib yozish ma'nosida qo'llanilgan. U vaqtlarda kitobni yozish va ko'chirib yozish qo'l mehnati bilan amalga oshirilgan. Bu ishni bajarganlarni bibliograflar deb atashgan. O'sha paytda bibliograflardan alohida mukammal bilim talab etilmasdan, faqat yozishni va o'qishni bilish talab qilingan bo'lsa-da, bu ish juda yuqori malakali va istiqbolli ish hisoblangan. Qog'oz kashf bo'lgunga qadar O'rtayer dengizi mamlakatlarida papirus, Mesopotamiyada loy plastinkalardan, Xitoyda ipakdan, Hindistonda palma daraxti barglaridan foydalangan holda axborotning qo'lyozma shakllarini tarqatishgan. Ikkinchi darajali axborotning qadimgi shakllari yozma madaniyat tarixi bilan bog'liq boʻlib, Vizantiyaning bibliografik yodgorliklari, Shumerning bibliografik matnlari, amerikalik tadqiqotchi S. N. Kramerning va boshqa Assuriya madaniyati namoyandalarining asarlarida tasdiqlangan. Eramizdan oldingi uchinchi ming yillikda yer yuzidagi birinchi kutubxonalar Qadimgi Shumerda paydo boʻlgan. Shumer xonligidagi kutubxona xodimlari loy-tablichkalardagi klin yozuvlarini katta yopiq qutilarda va savatlarda saqlaganlar. Nishopur saroyida Lagash arxeologlari tomonidan minglab (20000 dan koʻp) ana shunday loy-tablichkalar topilgan. Ana shunday katta fondga ega bo'lgan kutubxonalar jamg'armasidan o'ziga kerakli tablichkani topishning o'zi boʻlmagan. Qadimgi Shumer kutubxonachilari bunday holatdan chiqa bilganlar. Ular har bir qutini yoki savatni alohida oʻziga xos va undagi materiallar mazmuniga muvofiq nomlar bilan ataganlar. Bunday tartibga solish kutubxonachilik ishidagi birinchi kataloglardir. Bu foydalanuvchiga kutubxonada mavjud hujjatni qidirishga va oson topishga yordam bergan. Shunday qilib, kutubxona xodimi birinchi bo'lib kutubxona katalogi ko'rinishida oʻz kutubxonasida maxsus tablichka-ko'rsatkichlarni qoʻllash bilan katalog shaklidagi bibliografik axborotni kashf etdi. Keyinchalik kataloglar bibliografik axborotning manbasi sifatida anchagina qadimgi yirik kitob saqlash muassasalariga bo'ysungan. O'sha vaqtda Jenevada mavjud bo'lgan kutubxona katalogi haqidagi ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan. U Assuriya shohi Ashshurbanipalga qarashli boʻlgan. Bu eramizdan oldingi VI asrga oid juda katta bir qancha o'n ming dona loy-tablichkalaridan iborat kutubxona boʻlib, adabiyotlar, asosan, o'sha davrga xos grammatika, she'riyat, tarix, huquq, tabiat haqidagi fan, geografiya, matematika va dinga oid edi. Kutubxonaning sistemali katalogi unda ishlaydigan juda katta olimlar va yozuvchilar (xattotlar) guruhi tomonidan yaratilgan.
  • KIRISH: O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan soʻng jamiyat taraqqiyotining barcha bo'g'inlarida - siyosatda, iqtisodda, shuningdek, ma'naviyatda va madaniyatda ham tub oʻzgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida to'plangan tajribalar, dunyo jamoatchiligi tomonidan oʻzbek modeli deb tan olingan oʻzimizga xos va oʻzimizga mos bo'lgan taraqqiyot yo'li - kelajagi buyuk davlatni barpo etish yo'lidagi amalga oshirilayotgan barcha tarixiy oʻzgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimizning qalbi va ongiga hamda shuuriga ulkan ta'sir ko'rsatmoqda. Ma'naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, o'zligimizni chuqurroq anglash, milliy g'oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini xalqimiz ongiga singdirish asosiy vazifalarimizdandir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan vazifalarimizni izchil davom ettirish, ta'lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida takomillashtirib borish davlatimiz qudrati va mamlakatimiz kelajagi boʻlgan bilimli, dono va ma'naviy barkamol kadrlarga bog'liq. Bu har bir kishidan ana shunday ulkan axborot olamiga kirib borishda, undan oʻziga zarur va eng qimmatli axborotni ola bilish ko'nikmasini, mahoratini, san'atini egallashni talab etmoqda. Internet tizimi ham juda kengaydi. Endi kitobxon dunyo miqyosida oʻzi istagan davlatning kutubxonasi fondidagi adabiyotlar haqida ham, dunyo ma'naviyatidagi oʻzgarishlar haqida ham bemalol oʻz kutubxonasida oʻtirib ma'lumot olish imkoniga ega. Bu esa axborot manbalari bilan axborot iste'-molchilari oʻrtasida qarama-qarshiliklarga sabab bo'lmoqda. Endi iste'molchi tobora axborot qidirishda, uni tanlashda, undan unumli foydalanishda, uni qayta ishlab chiqishda yordamga muhtojlik sezmoqda. 2006-yil 20- iyunda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning „Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlash toʻgʻrisidagi qarori"da aholiga axborot-kutubxonachilik xizmati koʻrsatishni yaxshilash, axborot-resurs markazlari sifatida kutubxonalarni qayta tashkil etish, buning uchun chora-tad-birlar belgilash, ularda o'sib kelayotgan yosh avlodning intel-lektual salohiyatini o'stirishga e'tiborni qaratish, aholining olamshumul axborotga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot texnologiya-larining ham imkoniyatlaridan foydalanish vazifasi qo'yildi.
  • Bibliografiya: Bibliografiya kursi 3 yil davomida o'qitilib, 2 ta asosiy qismga bo'linadi: 1. Umumiy bibliografiya. 2. Soha bibliografiyasi. Bibliografiyaning umumiy qismida bibliografiya nazariyasi va tashkil qilinishi, uning ijtimoiy roli, turlari, bibliografiyaning obyektlari, bibliografik faoliyat turlari, uning asosiy jara-yonlari, axborot-bibliografik resurslar, bibliografiyalash meto-dikasi, Oʻrta Osiyoda bibliografiya tarixi, Oʻzbekistonda retro-spektiv, tavsiya va ilmiy-yordamchi bibliografik qoʻllanmalar va boshqa masalalar oʻrganiladi. Ushbu o'quv qo'llanma bibliografiya kursi boʻyicha ma-daniyat kollejlari o'quvchilari uchun, umuman, mazkur kurs bo'yicha tayyorlangan birinchi adabiyotdir. Biz o'quv qoʻllan-mada iloji boricha, mamlakatimiz bibliografiyasi tajribalaridan foydalanishga, uni keng va atroflicha yoritib berishga, nazariy masalalarni amaliy va tajriba mashg'ulotlari bilan mustah-kamlashga harakat qildik.