Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
Ushbu darslikda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi haqida asosiy tushunchalar berilgan. Oʻquv adabiyoti nazariy-amaliy qismdan iborat boʻlib, unda ekologiya, tabiatdan foydalanish, atrof-muhit muhofazasi masalalari va muammolari qarab chiqilgan. Xususan, organizmlar, ularning muhit bilan oʻzaro ta’siri, populatsiyalar, biosenozlar, ekologik tizimlar, biosfera va uning evolutsiyasi, odam ekologiyasi, biosferaga antropogen ta’sirlar, tabiatdan to‘g‘ri foydalanish va atrof-muhit muhofazasining asosiy tamoyillari, sanoat va qishloq xo‘jaligi ekologiyasi asoslari, ekologiya huquqi kabi masalalar tavsifi bayon etilgan. Darslik kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, undan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari ham foydalanishlari mumkin.
Asosiy mavzular
- Umumiy ekologiya: Organizm — yaxlit tirik tizim sifatida, Organizm va muhitning o‘zaro munosabati, Populatsiyalar, Biotik uyushma — biosenozlar, Ekologik tizimlar.
- Biosfera haqida ta’limot: Biosfera — yerning global ekologik tizimi, Yerning tabiiy ekotizimlari — biosferaning makoniy-hududiy birligi, Biosfera evolutsiyasining asosiy yo‘nalishlari.
- Odam ekologiyasi: Odamning bioijtimoiy tabiati va ekologiya, Antropogen ekologik tizimlar, Ekologiya va inson salomatligi.
- Biosferaga antropogen ta’sirlar: Biosferaga antropogen ta’sirning asosiy turlari, Atmosferaga antropogen ta’sirlar, Gidrosferaga antropogen ta’sirlar, Litosferaga (tuproqqa) antropogen ta’sirlar, Nabotot va hayvonot dunyosiga antropogen ta’sirlar, Biosferaga ta’sir ko‘rsatishning alohida turlari, Biosferaga favqulodda ta’sirlar.
- Atrof-muhitning ekologik himoyasi va muhofazasi: Tabiatdan to‘g‘ri foydalanish va atrof-muhit muhofazasining asosiy tamoyillari, Atrof-muhit sifatini me’yorlash, Atmosfera havosi himoya qilish, Suvni himoya qilish, Tuproqni himoya qilish, Nabotot dunyosini himoya qilish, Hayvonot dunyosini himoya qilish, Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, Alohida ta’sirlardan himoya qilish, Ekologik favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, Sanoat ekologiyasi asoslari, Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekologiyasi — agroekologiya asoslari.