Elektr o‘lchash asboblari va elektr o‘lchash

Ushbu oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Taʼlim Vazirligi tomonidan nashrga tavsiya etilgan boʻlib, qishloq va suv xoʻjaligini avtomatlashtirish, elektroenergetika, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va elektromexanika yoʻnalishlarida taʼlim olayotgan kollej talabalari uchun moʻljallangan. Qoʻllanmada asosiy oʻlchov birliklari, oʻlchash asboblari, oʻlchash xatoliklari va oʻlchash usullari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Shuningdek, nazorat-oʻlchash asboblarining asosiy elementlari, tuzilishi va ishlash prinsiplari, ularni ishonchliligi va tekshirish masalalari hamda laboratoriya ishlari keltirilgan boʻlib, bu maʼlumotlar kasb-hunar kollejlarida malakali texnik xodimlar tayyorlashda muhim rol oʻynaydi.

Asosiy mavzular

  • I BOB. ASOSIY METROLOGIK TUSHUNCHALAR. O‘LCHASH USULLARI VA XATOLIKLAR: Metrologiyaning asosiy atamalari va ta’riflari, asosiy elektr va magnit kattaliklarni o‘lchash usullari, o‘lchash usullari, o‘lchash vositalari va ularning turlari, o‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi, o‘lchash vositalari va asboblarining asosiy metrologik xarakteristikalari, o‘lchash xatoliklarini kamaytirish usullari, I bobga doir amaliy darslar.
  • II BOB. ELEKTROMEXANIK O‘LCHASH ASBOBLARI: Elektromexanik analog asboblarning tuzilishi va asosiy qismlari, elektr o‘zgartgichlari, raqamli o‘lchash asboblari, II bobga doir masalalar yechish.
  • III BOB. ELEKTR VA MAGNIT KATTALIKLARNI O‘LCHASH: Tok va kuchlanishni o‘lchash, qarshilikni o‘lchash, quvvatni o‘lchash, chastota, faza siljish burchagi va quvvat koeffitsiyentini o‘lchash, magnit kattaliklarni o‘lchashning umumiy masalalari.
  • IV BOB. NOELEKTRIK KATTALIKLARNI O‘LCHASH: Umumiy ma’lumotlar, o‘lchash o‘zgartgichlarining asosiy metrologik xarakteristikalari, o‘lchash o‘zgartgichlarining klassifikatsiyasi, pyezoelektrik o‘lchash o‘zgartgichlari, deformatsiya, mexanik kuchlanish va bosimni o‘lchash, aylanish momenti va aylanish chastotasini o‘lchash, suyuqliklarning sathi va sarfini o‘lchash, namlikni o‘lchash, haroratni o‘lchash.
  • V BOB. NOELEKTRIK KATTALIKLARNI MIKROKONTROLLERLAR YORDAMIDA O‘LCHASH: «Basic stamp editor» paket programmasida ishlashni o‘rganish, muhitning o‘tkazuvchanligini o‘lchash, temperaturani o‘lchash, temperaturani avtomatik nazorat qilish va boshqarish, suv sathini avtomatik nazorat qilish va boshqarish.