UVP ventilyatoriga servis xizmatni ko‘rsatishni tashkillashtirish

Ushbu diplom loyihasi Oʻzbekiston toʻqimachilik va yengil sanoat institutining 5610600-“Xizmat koʻrsatish texnika va texnologiyasi (toʻqimachilik, yengil va paxta tozalash sanoati)” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bitiruv malaka ishini o'z ichiga oladi. Loyihaning asosiy mavzusi UVP ventilyatoriga servis xizmat koʻrsatishni tashkil etishni oʻrganishga bagʻishlangan. Loyihada paxta xom-ashyosini qabul qilish uskunalari va mexanizmlari tahlil qilingan, UVP ventilyatorining ish jarayonida texnik holati va unga servis xizmat koʻrsatish tartiblari oʻrganilgan, shuningdek, mexnat muhofazasi va ekologiya masalalari hamda iqtisodiy samaradorlik hisob-kitoblari keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Uzluksiz taʼlim tizimini takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda taʼlim moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdagi chora-tadbirlar tizimi. O'zbekiston paxta tolasi ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda oltinchi, eksport qilishda ikkinchi o'rinni egallaydi. Mato ishlab chiqarishda qo'llaniladigan tolaning 60-80 foizi Yevropaning yetakchi davlatlariga jo'natiladi. Jahon bozorida paxta tolasini sotish hisobiga Respublika xazinasiga katta miqdorda valyuta tushmoqda.
  • Analitik-tahlil qismi: Paxta xom-ashyosi va uni qabul qilishdagi uskunalar. G'o'za eng qadimgi dehqonchilik ekinlaridan biri bo'lib, insoniyat bu o'simliklardan juda qadim zamonlardan beri foydalanib kelmoqda. Hozirgi vaqtda g'o'zaning 35 turi ma'lum bo'lib, bulardan sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan to'rt turi ekiladi. Mamlakatimiz paxtachiligida esa ikki turi ekiladi: Gossipium-xerbaseum va Gossipium-barbadenze. G'o'zaning morfologik va xo'jalik belgilariga ko'rsatkichlar kiradi. Paxta tozalash korxonasida paxta xom-ashyosidan olinadigan mahsulotlar - tola, momiq va chigit hisoblanadi. Paxta tolasi to'qimachilik, trikotaj, poyafzal, yengil sanoat va boshqa tarmoqlar uchun xom-ashyo sifatida xizmat qiladi. Paxta chigiti - momiq (lint) hamda xalq iste'moli uchun tozalangan paxta yog'i, uning chiqindilaridan gliserin hamda yog' kislotalari ishlab chiqariladi.
  • Servis xizmati qismi: Ventilyatorlarga servis xizmat koʻrsatish. Ventilyatorlar xavo bilan birga paxta va paxta maxsulotlarini pnevmotransport va aspiratsiya tizimlarida materialga turli dvigatellar bilan toliq bosim korinishida mexanik energiya berish yoli bilan joylarini ozgartirishga xizmat qiladi. Ventilyatorning ishi uch korsatgich: toliq bosim, xavo sarfi va foydali ish koeffitsienti bilan tavsiflanadi. Paxta tozalash korxonasidagi asosiy ventilyator qurilmalarining ish rejimlari.
  • Mehnat muhofazasi va ekologiya: Ishlab chiqarishda ventilyatsiya sistemasi. Toʻquv dastgoxlarini ta'mirlashda ishlab chiqarishda shamollatish sistemasi, ish jarayonida ishchilarga meyoriy sharoit yaratib berishdan iboratdir. Inson organizmi shunday tuzilganki, odam tanasidagi boʻlgan issiqlik doimo uzatilib turishi kerak. Ishlab chiqarish muhitining meteorologik sharoiti havoning harorati, namligi, tezligi bilan, ishlov berilayotgan ashyolar va buyumlardan, uskunalarning qizigan sirtlaridan issiqlik tarqalishi bilan belgilanadi. Shovqin meyorlariga, uning ta'sir qilish vaqtining uzunligiga qarab tuzatishlar kiritiladi. Aerodinamik shovqinlarda soʻndirgichlarning turlari va oʻlchamlari ulardan o'tayotgan havoning hajmi, tezligi va shovqinning talab qilinadigan darajasi va boshqa sharoitlarga bog'liq.
  • Iqtisodiyot qismi: UVP ventilyatorini ishlab chiqarishga tadbiq etishdan olinadigan iqtisodiy samaradorligini hisoblash. Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida O'zbekistonning iqtisodiy strategiyasi uzoq vaqtga muljallangan maqsadlarni o'rtaga qo'yish bilan bir qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yo'llarini belgilashni xam o'z ichiga oladi. Samaradorlik sanoat ishlab chiqarish faoliyatining barcha natijalarini koʻrsatib berishi mumkin. Yillik iqtisodiy samaradorlik - bu yangi texnika va texnologiyaning iqtisodiy samaradorligini tahlil etish va baholashda qoʻllaniladigan muhim koʻrsatkichlardan biridir. Ushbu loyihada yangi konstruksiyadagi UVP ventilyatorini ishlab chiqarishga tadbiq etishdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik 12 million so'mdan oshdi.