Тасвирларга ишлов бериш жараёнининг дастурий таъминотини MATLAB муҳитида ишлаб чиқиш

Ushbu kitob raqamli tasvirlarga ishlov berish va ularni tahlil qilish usullarini MATLAB muhitida qo'llashga bag'ishlangan. Unda tasvirlarni yaxshilash, segmentlash, filtrlash, hamda gidrogeologik obyektlar tasvirlarini raqamli qayta ishlash algoritmlarini ishlab chiqish masalalari ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • MATLAB muhitida tasvirlarga ishlov berish dasturiy vositalari: Tasvirlarga ishlov berish va tahlil qilishning umumiy masalalari, MATLAB dasturi kutubxonalaridan foydalanish, Image Processing Toolbox paketining dasturiy vositalari tahlili, Notebook dasturida grafik tasvirlarni chiqarish formatlari ko'rib chiqilgan.
  • MATLAB muhitida tasvirlarga ishlov berish algoritmlari: Tasvirlarga ishlov berishda Furye o'zgartirishidan foydalanish, Image Processing Toolbox muhitida tasvirlarni filtrlash, tasvirning kontrastini o'zgartirish, tasvir sohasini segmentlash algoritmlari batafsil yoritilgan.
  • IRT muhitida Ayidar-Arnasoy ko'li tizimining tahlili: Ayidar-Arnasoy ko'li tizimining qisqacha gidrogeologik tavsifi, tasvirini raqamli filtrlash, diskret Furye o'zgartirish yordamida raqamli modelini yaratish bosqichlari tahlil qilingan.