Meteorologik kuzatish ishlari

Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari va meteorologik asboblarni ishlab chiquvchi hamda ulardan foydalanuvchi mutaхassislarga mo‘ljallangan bo‘lib, atmosferaning tuzilishi va хossalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Qo‘llanmada meteorologik stansiyalarda qo‘llaniladigan asboblar va usullarning fizik asoslari batafsil yoritib berilgan. Unda havo harorati, namlik, bosim, shamol, aktinometrik kattaliklar, yog‘inlar, bulutlilik kabi meteorologik kattaliklarni hamda ba’zi meteorologik hodisalarni o‘lchashning asbob va usullarining fizik asoslari keltirilgan. Shuningdek, masofaviy va avtomatik o‘lchash tizimlarining ko‘payishi va kengayishi bilan bog‘liq yaqin kelajakda qo‘llanilishi kutilayotgan usullar haqida ham ma’lumot beriladi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Meteorologik kuzatishlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularga qo‘yiladigan talablar, meteorologik maydoncha, kuzatishlar muddati va tartibi bayon qilingan.
  • Muhit haroratini o‘lchash asboblari va usullari: Tabiiy sharoitda haroratni o‘lchashning xususiyatlari, suyuqlikli, deformatsion, termoelektrik, qarshilikli, radiatsion va akustik termometrlarning ishlash prinsipi va qo‘llanilishi tushuntirilgan.
  • Havo namligini o‘lchash asboblari va usullari: Namlikni psixrometrik usulda, kondensatsion, deformatsion va radiatsion gigrometrlar, shuningdek, soch tolali va pardali gigrometrlarning ishlash tamoyillari yoritilgan.
  • Atmosfera bosimini o‘lchash asboblari va usullari: Simobli barometrlar, aneroidlar va gipsotermometrlarning tuzilishi, ishlash prinsipi va qo‘llanilishi tushuntirilgan.
  • Shamolning tezligi va yo‘nalishini o‘lchash asboblari va usullari: Rotoanemometrlar (kosali, aylanishlar sonini elektromeхanik hisoblagichli, optoelektron, induksion), havo oqimlari yo‘nalishini o‘lchash asboblari (flugarka) va elektr issiqlik anemometrlarning ishlash tamoyillari bayon qilingan.
  • Aktinometrik o‘lchash asboblari va usullari: To‘g‘ri quyosh radiatsiyasini o‘lchash (aktinometr), tarqoq, yalpi va qaytgan radiatsiyani o‘lchash (piranometr), yer yuzasi radiatsiya balansini va quyoshning nur sochib turishi davomiyligini o‘lchash (geliograf) usullari va asboblari tushuntirilgan.
  • Bulutlar, yog‘inlar, meteorologik ko‘rinuvchanlik uzoqligi va uni yomonlashtiradigan hodisalar hamda qor qoplamini kuzatishlar: Bulutlarning tasnifi, miqdori, shakli va balandligini aniqlash, atmosfera hodisalari (tuman, dimka, g‘ubor, qor bo‘roni, changli bo‘ron, momaqaldiroq), yog‘inlar va qor qoplamini kuzatish usullari bayon qilingan.