Polimerlarni qayta ishlash jarayoni
Ushbu o'quv qo'llanma polimerlarni qayta ishlash jarayoniga bag'ishlangan bo'lib, unda polimer kompozitsion materiallar olish texnologiyalari, yuqori sifatli materiallar ishlab chiqarish, ularni qayta ishlash usullari, qoliplash jarayonlari, lok-bo'yoq materiallari va ularning turlari hamda qo'shimcha ma'lumotlar berilgan. Kitobda polimerlar kimyosi, ularning fiziko-mexanik xossalari, qayta ishlash texnologiyalari va ekologik masalalar yoritilgan. Qo'llanma kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Polimer kompozitsion materiallar olish texnologiyalari: Polimer kompozitsion materiallar, ularning turlari, fizik-mexanik xossalari, tayyorlash usullari va ularning vazifalari haqida ma'lumot beriladi.
- Plastmassa buyumlar ishlab chiqarish: Plastmassa buyumlar, ularning ekspluatatsion xossalari, ishlatiladigan polimerlar, ishlab chiqarish usullari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini yoritadi.
- Elastomerlar va ularni qayta ishlash: Rezina sanoati, elastоmerlar, ularni vulkanlash jarayonlari, rezina qorishmalarini tayyorlash va qayta ishlash usullari, rezina aralashtirgichlar va ularning detallari haqida ma'lumot beriladi.
- Lok-bo'yoq materiallari texnologiyasi: Lok-bo'yoq materiallari, ularning turlari, texnologik jarayoni, emulsiyali bo'yoqlar, ranglar hosil qilish, suvli-dispersion bo'yoqlar, lok-bo'yoq qoplamalar ishlab chiqarish texnologiyasini yoritadi.