Veterinariya parazitologiya
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan nashr etilgan «Veterinariya parazitologiyasi» nomli o'quv qo'llanmasidir. Kitobda parazitologiyaning umumiy biologik asoslari, invazion kasalliklar, ularga qarshi kurash choralari, gelmintlar, protozoylar, bo'g'imoyoqlilar, jumladan kanalar, hasharotlar va ular chaqiradigan kasalliklar, shuningdek ularning oldini olish usullari keng yoritilgan. Qishloq xo'jalik hayvonlari va parranda kasalliklarining oldini olish va davolash bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Kitob kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Parazitologiyaning biologik asoslari: Organizmlarning o'zaro munosabatlari, parazitizmning kelib chiqishi, parazitlar turlari, xo'jayin turlari, parazit va xo'jayin munosabatlari, tashqi muhitning parazitlarga va xo'jayinlarga ta'siri.
- Invazion kasalliklar haqida umumiy ma'lumot: Invazion kasalliklar, ularning epizootologiyasi, qo'zg'atuvchining patogenligi va virulentligi, invazion kasalliklardan chorvachilikka keladigan iqtisodiy zararlar, hayvonlarga invazion kasalliklarning yuqish yo'llari va manbalari, parazitar kasalliklarning kechishiga tashqi muhit ta'siri, transmissiv kasalliklarning tabiiy o'choqlari haqida akademik Y. N. Pavlovskiy ta'limoti.
- Parazitlarga qarshi kurash chora-tadbirlari: Dezinvaziya, odamlarni antropozoonoz kasalliklardan himoya qilishda veterinariya chora-tadbirlari, akademik K. I. Skryabinning «Devastatsiya» ta'limoti.
- Veterinariya gelmintologiyasi: Gelmintologiyaning mazmuni, gelmintozlarga tashxis qo'yish usullari, trematodalar va trematodozlar, sestodalar va sestodozlar, nematodalar va nematodozlar, araxnologiya, akantosefala va akantosefalyozlar, gamazoid kanalar.
- Veterinariya protozoologiyasi: Protozoylarning umumiy morfologiyasi va biologiyasi, protozoy kasalliklarda patogenez va immunitet, protozoy kasalliklar tashxisi, protozoy kasalliklarni davolash va oldini olish, piroplazmidozlar, babezioz, piroplazmoz, teylerioz, nuttalioz, itlar piroplazmozi, koksidiozlar, eymerioz, toksoplazmoz, trixomonoz, siliatozlar, balantidioz.
- Veterinariya araxno-entomologiyasi: Hasharotlar morfologiyasi va biologiyasi, insektitsidlar, repelentlar, veterinariya entomologiyasi, qoramollar gipodermozi, qo'ylar estrozi, toq tuyoqlilar gastrolyozi, volfartioz, qo'ylar melafagozi, hayvonlar gematopinozi.