Микробиология ва вирусология

Ushbu kitob mikrobiologiya fanining asosiy tushunchalari, virusologiya, bakteriya va ularning turlari, hayot faoliyati, ko'payishi, tuzilishi, viruslarning o'rganilish tarixi va tabiatdagi o'rni kabi keng qamrovli ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Kitobda mikroorganizmlarning oziqlanishi, tabiatga ta'siri, klassifikatsiyasi, genetikasi, metabolizmi, tabiatdagi aylanishi va ulardan qishloq xo'jaligi, sanoat hamda tibbiyotda foydalanish kabi mavzular chuqur yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Mikrobiologiya: Mikrobiologiya fanining kirish qismi, uning ahamiyati, boshqa fanlar bilan munosabati, rivojlanish tarixi, asosiy tadqiqot metodlari, mikroorganizmlarning tashqi muhit omillarining ta'siri.
  • Virusologiya: Viruslarning predmeti, vazifalari, rivojlanish tarixi, viruslarning ochilishi va ahamiyati, viruslarning shakli, guruhlari va sistematikasi, viruslarning ko'payishi, biosfera va mikroorganizmlar ekologiyasi, tabiatda azot aylanishi.
  • Bakteriya: Bakteriyalarning tuzilishi, morfologik tiplari, hujayra tuzilishi, metabolizmi, tabiatda azot aylanishi, mikroorganizmlarning oziqa moddalarga bo'lgan ehtiyoji, klassifikatsiyasi.