Savod o’rgatish davri yozuv darslarida imlo ustida ishlash

Ushbu kurs ishi boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi

Asosiy mavzular

  • Savod o'rgatish davri yozuv darslarini o'rgatish usullari: Ushbu bo'limda savod o'rgatish, o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to'g'ri talaffuzini o'rgatish orqali bolalarda to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o'quvchilar lugatini boyitish, boglanishli nutqini o'stirish, bilimini boyitish, mavxum tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o'stirishda ham bu davr mas'uliyatliligi bilan alohida o'rin tutadi. Tayyorgarlik davri o'qishda o'rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o'zgalar nutqing eshitish, diqqatni to'plash, til birikmalarini (tovush, bo'gin, so'z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllanadi. Bular o'quvchilarniig o'qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi.
  • Savod o'rgatish davrida yozuvga tayyorlash: O'zbekiston Respublikasi "Davlat tili to'g'risida”gi, “Talim to'g'risida
  • Savod o'rgatishda tayyorgarlik davri va imlo ustida ishlash: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi" ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha-barchaga katta vazifalar yukladi. Jumladan yoshlarni har tomonlama bilimli, yetuk, komil inson bo'lib yetishishlari uchun avvalo ularni savodli o'qish va yozishga o'rgatish zarur. Bu vazifa avvalo ona-tili darslarida amalga oshiriladi. Yangi tahrirdagi DTS lari asosida o'quvchilarga puxta bilim berish uchun 1-2-sinflarda haftasiga 4 soatdan, 3-4-sinflarda esa haftasiga 5 soatdan vaqt ajratilgan. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ona-tilidan bilim va malakalarni hosil qilish ishlari asosan yozuv darslarida amalga oshiriladi. Yozuv darslarining mazmuni boshlang'ich sinf ona-tili dasturini va maktab oldiga qo'yilgan talablar asosida belgilanadi.
  • Savod o'rgatish jarayonida imloga o'rgatish: O'zbekiston Respublikasining mustaqilikka erishishi jahonshumul voqea bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Respublikamizdagi barcha sohalarda bo'lgani kabi yozuvda ham tub o'zgarish bo'ldi. 1993-yil 2-sentabrda "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy qilish to'g'risida" qabul qilingan qonun fikrimizning dalilidir. Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohatlarimizning provard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqorolar uchun munosib shart-sharoitlarni tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy o'yg'onish g'oyasini ruyobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoladi-degan edi, Prezdentimiz I.A. Karimov 1995-yil fevral oyidagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sesiyasida.