Soliqlar va soliqqa tortish
Ushbu kitob soliq tizimi va uning asosiy elementlari, xususan, soliqqa tortishning nazariy, uslubiy va amaliy masalalari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining soliq tizimi, soliqlarning mohiyati, turlari, ularning tasnifi, funktsiyalari, vazifalari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar, shu jumladan foyda solig'i, mol-mulk solig'i, yer solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i, aktsiz solig'i hamda boshqa soliqlar va soliqsiz tushumlar kabi mavzularni o'z ichiga oladi. Kitobda amaliy mashg'ulotlar va test topshiriqlari ham mavjud.
Asosiy mavzular
- Soliqlar va soliqqa tortishning iqtisodiy mohiyati: Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, obyektiv zarurligi, soliq siyosati va soliq tizimi. Soliqlarning asosiy elementlari va soliqqa tortish tamoyillari, funktsiyalari va vazifalari. Umimdavlаt va mahalliy soliqlar.
- Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i: Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq ob‘ekti va soliq bazasi. Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar. Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar. Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni byudjetga to‘lash muddatlari.
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining mohiyati, soliq to‘lovchilar va jami yillik daromadlari tarkibi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari va soliqdan imtiyozlar. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi.
- Egri soliqlar va ularning iqtisodiy mohiyati: Qo‘shilgan qiymat solig‘ining iqtisodiy mohiyati va soliqni hisoblash tartibi. Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o‘rni.
- Mol-mulk solig‘i: Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining iqtisodiy mohiyati va soliqni hisoblash tartibi. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining iqtisodiy mohiyati va soliqni hisoblash tartibi.
- Resurs soliqlari: Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq.
- Yer solig‘i: Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘i. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i.
- Soddalashtirilgan soliq tizimi: Yagona soliq to‘lovi va uni hisoblash. Yagona yer solig‘i va uni o‘ziga xos xususiyatlari. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat‘iy belgilangan soliq.
- Boshqa soliqlar va soliqsiz to‘lovlar: Mahalliy soliqlar va yig‘imlar tarkibi va ularni hisoblash hamda byudjetga to‘lash tartibi. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste‘moliga soliq. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari.