Andijon viloyati Shahrixon tumani jamoat markazi rekonstruksiya loyihasi
Ushbu diplom ishi Andijon viloyati Shahrixon tumani jamoat markazi rekonstruksiya loyihasiga bag'ishlangan bo'lib, unda shaharning mavjud holati, asosiy muammolari, ularni bartaraf etish bo'yicha taklif etilayotgan loyihaviy yechimlar atroflicha tahlil qilingan. Loyihada urbanizatsiya va shaharsozlikning asosiy tamoyillari, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi punktlari rejalashtirish va obodonlashtirish, muhandislik infratuzilmasi, transport tizimlari, hayot faoliyati va mehnat xavfsizligi kabi masalalar atroflicha ko'rib chiqilgan. Shahar markazining funksional zonalarini optimallashtirish, ko'kalamzorlashtirish, transport muammolarini hal etish va savdo-maishiy, madaniy ob'ektlarni zamonaviy talablar asosida joylashtirish taklif etilgan. Loyihada me'moriy-rejaviy yechimlar, landshaft arxitekturasi, shaharsozlik normalari, qurilishda mehnat xavfsizligi va yong'in xavfsizligi masalalariga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Zamonaviy shaharni loyihalashda injenerlik masalalari muhim ahamiyatga egadir. Injenerlik obodonlashtirish shaharsozlik ishlarining kata qismini tashkil qiladi. Shaharning bosh rejasini loyihalashda shahar hududini injenerlik tayyorlash va obodonlashtirish bo'yicha juda ko'p va o'ta muhim masalalar ko'ndalang bo'ladi. Shaharsozlik keng mazmunga ega tushuncha. U ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bilan bog'liq bo'lgan aholi turmush tarzi bilan aloqador bo'lgan turar-joylarni yaratish masalalarini ham o'z ichiga oladi.
- ASOSIY QISM: Asosiy qism 4 ta bo'limdan iborat. Birinchi bo'lim "Me'moriy rejaviy yechim"da Andijon viloyati va Shahrixon tumani tarixi, bugungi holati va loyihaviy takliflar, funksional zonalar va yechimlar ko'rib chiqilgan. Ikkinchi bo'lim "Obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish"da landshaft arxitekturasi atamasi, qishloq aholi joylarining markazi rekonstruksiyasi va loyihaviy taklifdagi ko'kalamzor hududlar tahlil qilingan. Uchinchi bo'lim "Hududni muxandislik tashkil etish va transport"da shaharsozlikda transport va muhandislik tarmoqlarining o'rni, avtomobillar va boshqa transport vositalariga xizmat ko'rsatish bo'yicha inshootlar va korxonalar, muhandislik tarmoqlarining joylashuvi, Shahrixon shahrining mavjud ko'cha yo'l tarmog'i va unda loyihalangan transport va muhandislik tarmoqlari ko'rib chiqilgan. To'rtinchi bo'lim "Hayot faoliyati va mexnat xavfsizligi"da hayot faoliyati xavfsizligining bugungi kundagi qurilish sohasidagi ahamiyati, mexnat sanitariyasi va gigienasi, qurilish jarayonlarida mehnat xavfsizligi va yong'in xavfsizligi masalalari yoritilgan.
- XULOSA: O'zbekistonda shaharsozlik sohasiga katta etibor berilayapti. Shahrixon shahrini markazi qismini rekanstruksiyasini amalga oshirish bo'yicha taklif etilgan loyiha asosida qurilish ishlari olib borilsa, Shahrixon markazi poytaxt darajasiga chiqishi mumkin. Loyiha ustida ishlash jarayonida tarixiy shaharlar rekanstruksiyasi o'rganildi va zamon talablariga javob beradigan binolar saqlab qolingan holda yangi binolar va inshootlar joylashtirish taklif etilgan. Obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirishga ham katta ahamiyat qaratilgan. Ushbu loyihaviy yechimlar kelajakda istiqbolli bo'lib, shahar rivojlanishiga hissa qo'shadi.
- ADABIYOTLAR: Diplom ishi uchun foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari ro'yxati keltirilgan.
- ILOVALAR: Ilovalarda taqdim etilgan rasmlar, sxemalar va diagrammalar mavjud.