Elektrotexnika laboratoriya mashg‘ulotlari
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti tomonidan tayyorlangan
Asosiy mavzular
- Laboratoriya ishi №1 Potensiometrni o‘rganish: Potensiometrning tuzilishi va ishlash prinsipi, uning asosiy tavsiflarini o‘rganish va tajriba yo‘li bilan potensiyometrning xususiyatlarini o‘rganish.
- Laboratoriya ishi №2 Aktiv va induktiv qarshiliklar ket-ket ulangan o‘zgaruvchan tok zanjirini tekshirish: Aktiv va induktiv qarshiliklar ketma–ket ulangan o‘zgaruvchan tok elektr zanjirini tuzish va undagi jarayonlar bilan tanishish. Berilgan kuchlanish bilan bu zanjirdan o‘tuvchi tokning faza siljishini aniqlash.
- Laboratoriya ishi №3 Aktiv va sig‘im qarshiliklar ket-ket ulangan o‘zgaruvchan tok zanjirini tekshirish: Aktiv R va sig‘im XC qarshiliklar ketma–ket ulangan zanjir o‘zgaruvchan EYuK manbaiga ulangan bo‘lsa, zanjirga berilayotgan kuchlanish aktiv elementdagi UR=IR va kondensatordagi UC=IXC kuchlanishlarni geometrik yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
- Laboratoriya ishi №4 Induktiv g‘altaklarni ket-ket va parallel ulashdagi jarayonlarni o‘rganish: Ketma–ket va parallel ulangan induktiv qarshiliklar zanjiridagi muhim jarayonlar bilan tanishish, zanjirning har bir qismlaridagi tok, kuchlanish va quvvatni o‘lchash va natijalarni umumlashtirish.
- Laboratoriya ishi №5 Texnik chastotalarda kuchlanish rezonansi: Tajriba asosida o‘zgaruvchan tok zanjiridagi kuchlanish rezonansi hosil qilish va uning muhim xususiyatlari bilan tanishish.
- Laboratoriya ishi №6 Induktiv va sig‘im qarshiliklarni parallel ulash. Texnik chastotalardagi tok rezonansini kuzatish: Tok rezonansi induktiv va sig‘im qarshiliklar o‘zaro parallel ulangan zanjirlarda kuzatiladi. Real induktiv g‘altagi va kondensator aktiv qarshilikdan ham iborat bo‘ladi. Shuning uchun RL va RC parallel ulangan zanjirlarni qarab chiqamiz.
- Laboratoriya ishi №7 Bir fazali transformatorni ishini urganish: Transformator bir xil kuchlanishli o‘zgaruvchan tok energiyasini chastotasini o‘zgartirmay boshqa kuchlanishga aylantirib beradigan elektromagnit apparatdir.
- Laboratoriya ishi №8 O‘zgaruvchan tok zanjirlarini “yulduzcha” usulida ulash: Uch fazali sistemani yulduz shaklida ulab, uni nolinchi sim bilan va nolinchi simsiz tekshirish. Istemolchilardagi liniya va faza kuchlanishlarini hamda toklarini, ular o‘rtasidagi munosabatni aniqlash.
- Laboratoriya ishi №9 Elektroenergiya istimolchilari uchburchak shaklida ulangan uch fazali tok zanjirlarini tekshirish: Uch fazali generator o‘ramlari va iste'molchilarining birinchisining oxiri ikkinchisining boshiga, ikkinchisining oxiri uchinchisining boshiga va h.k. ulanishlar uchburchak ulanish deyiladi.
- Laboratoriya ishi №10 Uch fazali tok transformatorining chulg‘amlarini “yuulduzcha” va “uchburchak” sxemasida ulash va chulg‘am uchlarini aniqlash: Uch fazali transformatorning cho‘lg‘amlarini yulduz va uchburchak sxemasida ulash va cho‘lg‘am uchlarini aniqlash.
- Laboratoriya ishi №11 Uch fazali tok transformatorining ishini urganish: Elektr qurilmalardagi uch fazali tokni transformatsiyalash uchun uch fazali transfarmatorlardan foydalaniladi.
- Laboratoriya ishi №12 Bir fazali o‘zgaruvchan tok schyotchigini o‘rganish: O‘zgaruvchan tok elektr energiyasini sarfini o‘lchash uchun induksion schyotchiklar ishlatiladi.
- Laboratoriya ishi №13 O‘zgaruvchan tok zanjiridagi kuchlanish va quvvat isrofgarchiligini o‘rganish: Istemolchilardagi kuchlanish va kuvvat isrofgarchiligi, F.I.K ni o‘zgartirishni istemolchilarga bog‘liq holda tekshirish.
- Laboratoriya ishi №14 Yarim o‘tkazgichli diodning xarakteristikalarini olish va uni taxlil qilish: Yarim o‘tkazgichli diod bilan tanishish, uni voltmetr-amper xarakteristikasini olish va uni tahlil qilish.
- Laboratoriya ishi №15 Uch elektrodli elektron lampani o‘rganish: Uch elektrodli elektron lampa-1ta, anodga kuchlanish beradigan tug‘rilagich-1ta, to‘rga kuchlanish beradigan o‘zgarmas kuchlanish manbai-1ta.
- Laboratoriya ishi №16 Uch fazali asinxron dvigatelni o‘rganish: Asinxron dvigatelning tuzulishi va ishlash prinsipi yurgizib yuborishdagi xususiyatlari hamda tavsiyalari bilan tanishish.
- Laboratoriya ishi №17 Parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok dvigatelini o‘rganish: Parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok dvigatelining tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish va sxemasini o‘rganish.
- Laboratoriya ishi №18 Ketma–ket uyg‘otishli o‘zgarmas tok dvigatelini o‘rganish: Ketma–ket uyg‘otishli o‘zgarmas tok dvigatelining tuzilishi va sxemasini o‘rganish.
- Laboratoriya ishi №19 Uch fazali qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatelning ish rejimini tekshirish: Uch fazali qisqa tutushtirilgan rotorli asinxron dvigatelning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish.
- Laboratoriya ishi №20 Uch fazali sinxron generatorning ishlash rejimini tekshirish: Uch fazali sinxron generatorning tuzilishini, ishlash prinsipini va ulanish sxemasini o‘rganish.