Makroiqtisodiyot

Ushbu kitob makroiqtisodiyot fanining asosiy tushunchalarini, tamoyillarini va modellarni o'z ichiga oladi. Unda iqtisodiyotning umumiy holati, milliy hisob tizimi, iqtisodiy o'sish, investitsiyalar, bandlik, ishsizlik, inflyatsiya, pul bozorlari, davlat byudjeti, tashqi savdo va valyuta kurslari kabi muhim mavzular chuqur tahlil qilingan. Kitobda Solou modeli, AD-AS modeli, IS-LM modeli va Mandell-Fleming modeli kabi makroiqtisodiy nazariyaning asosiy modellari ham yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Makroiqtisodiyotga kirish: Makroiqtisodiyot fanining predmeti va ob'ekti, uning boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi, makroiqtisodiy tahlilning usullari va tamoyillari, resurslar, tovarlar va daromadlarning makroiqtisodiy doiraviy aylanishi hamda makroiqtisodiy modellar tushunchasi va ko'rinishlari.
  • Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar: Milliy hisobchilik tizimi makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash asoslari, YaIMni hisoblash usullari, milliy hisoblar tizimida makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, nominal va real YaIM.
  • Biznes-sikllar va iqtisodiy tebranishlar: Iqtisodiy davr tushunchasi va uning bosqichlari, iqtisodiy davrlarni yuzaga kelish sabablari, iqtisodiy davrlarning asosiy tiplari, iqtisodiy davrlarning ta'siri va davlatning davriylikka qarshi siyosati.
  • Ishchi kuchi va ishsizlik: Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o'lchanishi, ish izlash va friksion ishsizlik, real ish haqi va tarkibiy ishsizlik.
  • Inflyatsiya: sabablari, oqibatlari va ijtimoiy xarajatlar: Inflyatsiya tushunchasi, ko'rsatkichlari va o'lchanishi, o'sish sur'atlariga ko'ra inflyatsiya turlari, inflyatsiya sabablari, inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi siyosat.
  • Yalpi talab - yalpi taklif modeli: Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta'sir qiluvchi omillar, yalpi taklif va unga ta'sir etuvchi omillar, AD-AS modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real hajmining muvozanatli darajalari.
  • Iste'mol va jamg'arish: Iste'mol va jamg'arish, ularning grafiklari va funksiyalari, iste'mol va jamg'arishga o'rtacha hamda chegaralangan moyillik, Jon Maynard Keyns va iste'mol funksiyasi, Irving Fisher va vaqtlararo tanlov.
  • Investitsiya va uning iqtisodiyotdagi o'rni: Investitsiya xarajatlari va ularning tiplari, investitsiyalarning mohiyati, ko'rinishlari va ularmiqdorini aniqlovchi omillar, investitsiyalar va jamg'armalar o'rtasidagi bog'liqlik.
  • Pul taklifi, pulga talab va bank tizimi: Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari. Pul taklifi. Bank multiplikatori. Pulga talabning klassik va keynscha nazariyalari. Pul bozorida muvozanat. O'zbekiston Respublikasi bank tizimi.
  • Davlat budjeti. Budjet taqchilligi va davlat qarzi: Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati, byudjet taqchilligi va uni moliyalashtirish vositalari, davlat qarzlari.
  • IS-LM modeli: IS-LM modelining umumiy tushunchasi va AD –AS modeli bilan bog’liqligi, IS egri chizig’ining algebrik tahlili, LM egri chizig’ining algebrik tahlili, tovar va pul bozorlarining birgalikdagi muvozanati.
  • Iqtisodiy o’sish: kapital jamg`arilishi va aholining o’sishi: Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi, kapitalning jamg’arilishi, qanday qilib jamg’armalar iqtisodiyotning o’sish natijalariga olib keladi, Kapitalning “Oltin Qoidasi”, aholini o’sishi.
  • Iqtisodiy o’sishning neoklassik modeli: Solou modelining texnologik jarayonlari, O’sish nazariyasidan o’sish taraqqiyotiga o’tish, Iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish siyosati, Solou modelidan tashqari Endogen o’sish nazariyasi.
  • Ochiq iqtisodiyot. Mandell Fleming modeli: Ochiq iqtisodiyot tushunchasi va uning ko’rinishlari, Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli, qayd etilgan valyuta kursi sharoitida pul-kredit va fiskal siyosat, erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat, foiz stavka differentsiali.
  • Xalqaro savdo nazariyasi: Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko’rinishlari, A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi, Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi, Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi, Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari.
  • Tashqi savdo siyosati: Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari, Importga ta’riflar va ularning ishlab chiqaruvchilarga hamda iste’molchilarga ta’siri, Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar va importni kvotalar orqali tartibga solish, Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash.
  • Valyuta kursi: Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchasi, Valyuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari, Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar, Xarid qobilyati pariteti, Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valyuta kurslariga ta’siri.
  • Barqarorlashtirish siyosati: Barqarorlashtirish siyosati tushunchasi va xususiyatlari, Siyosatni amalga oshirish va uning oqibatlarida vaqt oraliqlari, Siyosat qonun-qoida tomonidanmi yoki mulohazakorlik bilan olib borilishi lozimmi?, Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari.
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Kitobda keltirilgan adabiyotlar ro’yxati.