Bitiruv malakaviy ishini bajarish

Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Urganch davlat universiteti tomonidan tasdiqlangan bo'lib, unda bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va rasmiylashtirishga qo'yiladigan talablar yoritilgan. Qo'llanma talabalarga bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida mavzuning dolzarbligini asoslash, maqsad va vazifalarini aniqlash, tadqiqot predmeti va ob'ektini aniqlash va tavsiflash, tadqiqot natijalarini tahlil qilish va qayta ishlash, xulosalar chiqarish, taklif va tavsiyalar berish kabi ko'nikmalarni shakllantirishda yordam beradi. Shuningdek, qo'llanmada bitiruv malakaviy ishining tuzilishi, mazmuni, rasmiylashtirish tartib-qoidalari, baholash mezonlari va himoya qilish bosqichlari haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: “Bitiruv malakaviy ishi” oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalarining 4 yil davomida olgan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, kengaytirish hamda o'zlashtirgan bilimlari orqali muayyan ilmiy, texnikaviy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy, madaniy sohalardagi muammolarni hal etish, o'z bilimlarini amaliyotda qo'llash maqsadida tayyorlaydigan ilmiy ishidir. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2010 yil 25 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida bakalavrlarning bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo'yiladigan talablarni tasdiqlash to'g'risida”gi 225-sonli buyrug'i bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash va bajarishga qo'yiladigan talablarni belgilab beruvchi asosiy me'yoriy hujjat hisoblanadi. Mazkur buyruqda bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari, mavzusi, bajarilishi, bitiruv malakaviy ishni bajarishga rahbarlik qilish, va bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartiblari to'liq bayon qilingan.
  • BITIRUV MALAKAVIY ISHNING TUZILISHI VA MAZMUNI: Bitiruv malakaviy ishini talabalar bitiruv kursi davomida bajaradilar. Bitiruv malakaviy ish malakaviy faoliyat bo'lib, u talabaning nazariy va amaliy bilimlarni o'zlashtirganligini hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini belgilashning muhim omili hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba: tanlangan ilmiy mavzuning dolzarbligini asoslashi; tadqiqotning maqsadi va uni amalga oshirishda hal qilinishi lozim bo'lgan masalalarni aniqlashtirishi; tadqiqot predmeti va ob'ektini aniqlashi va tavsiflashi; tadqiqot natijalarini tahlil qilishi va qayta ishlashni olib borishi; xulosalar chiqarishi, olingan natijalarni baholashi va ilmiy tadqiqoti bo'yicha taklif va tavsiyalar berishi lozim.
  • Malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi: Malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi: titul varag'i; mundarija; kirish; asosiy qism (mavzuning batafsil bayoni); xulosa; foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro'yxati; bitiruv malakaviy ish bilan bog'liq ilovalardan iborat bo'ladi. Titul varag'i bitiruv malakaviy ishning birinchi sahifasi hisoblanadi va u belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi. Titul varag'idan keyin mundarija keladi. Mundarija qismida bitiruv malakaviy ishning boblari, paragraflari va bandlari keltiriladi. Bitiruv malakaviy ishning boblari, paragraflari va bandlarining nomlari qisqartirilmaydi va asosiy matn sarlavhasiga muvofiq tarzda berilishi zarur.
  • Kirish qismining umumiy hajmi va tarkibi: Kirish qismida quyidagilar keltirilishi shart: bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va ahamiyati; mavzuning oldiga qo'ygan maqsadi va undan kelib chiqadigan vazifalar; mavzuning o'rganilganlik darajasi; tadqiqotning ob'ekti va predmeti; tadqiqotning ilmiy yangiligi; tadqiqotning tarkibiy tuzilishi; tadqiqot bo'yicha chop qilingan maqola va tezislarning manbalari (bu band faqat maqola nashr qildirganlarga tegishli). Kirish qismining umumiy hajmi A4 format varaqda kamida 3 bet ko'pi bilan 6 bet bo'lishi mumkin.
  • Asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar: Asosiy qismda o'rganilayotgan mavzuning nazariy va amaliy jihatlari boblarga va paragraflarga ajratilgan holda bayon qilinadi. Bitiruv malakaviy ishning matnini bayon qilish tartibi alohida qism sifatida keltirilgan. Asosiy qismdan keyin ishning xulosa qismi keladi. Xulosada talaba tanlagan mavzusi bo'yicha nazariy va amaliy shart-sharoitlarni o'rganib, mavjud muammolarni bartaraf qilish va jarayonni yanada faollashtirish borasida qisqa, aniq va lo'nda fikrini muxtasar shaklda bayon qiladi. Bitiruv malakaviy ishda xulosaning hajmi A4 format varaqda 2-5 bet bo'lishi mumkin. Xulosadan keyin foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati keltiriladi.
  • Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro'yxati: Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro'yxati bitiruv malakaviy ish muallifi tomonidan foydalanilgan barcha rasmiy hujjatlar, ilmiy manbalar, statistik va tahliliy materiallar, shuningdek, ilmiy maqola va tezislar to'plamidan tashkil topadi. Adabiyotlar va ulardan foydalanish tartibi alohida qismda keltirilgan.
  • Ilova: Ilovada mavzuni yoritish uchun to'liq foydalanilmaydigan ma'lumotlar, jadvallar, grafiklar, rasmiy hujjatlar nusxalari, diagrammalar keltiriladi va belgilangan tartibda ketma-ketlik asosida raqamlab chiqiladi. Bitiruv malakaviy ish asosiy hajmiga ilova kiritilmaydi
  • BITIRUV MALAKAVIY ISHNI TAYYORLASHGA QO'YILADIGAN TALABLAR: Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash va rasmiylashtirishda quyidagi mezonlarga amal qilinadi: bitiruv malakaviy ish bob va bo'limlarining mazmuni BMIning asosiy maqsadiga mos va talablariga javob berishi lozim; BMI matni kompyuterda teriladi; BMI umumiy qabul qilingan standart bo'yicha muqovalanadi; BMIning hajmi qat'iy ravishda chegaralanmaydi, ammo uning kompyuterdagi matni hajmi 65-70 bet atrofida bo'lishi tavsiya etiladi; bitiruv malakaviy ishi A4 formatdagi qog'oz varag'ining bir tomonida joylashishi va qoida tariqasida, standart varaq 1,5 qator oralig'ida yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o'ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda bo'lishi lozim. Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 14 o'lchamli shriftda «Misrosoft Word» matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi;
  • Betlarni raqamlash va tarkibiy qismlarni rasmiylashtirish: betlar titul varag'idan boshlab oxirgi varaqgacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning o'rta qismida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Titul varag'iga 1 raqami qo'yilmaydi; bitiruv malakaviy ishining mundarijasi, kirish qismi, har bir bobi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan rasmiylashtiriladi; bitiruv malakaviy ishining tarkibiy qismlarining bosh sarlavhalari («Mundarija», «Kirish», «Xulosa», «Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati» va boshqalar) bosh harflarda yoziladi; boblar rim raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo'ladi. Bo'limlar arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo'ladi;
  • Havola qoidalari va rasm/jadval ko'rsatkichlari: bitiruv malakaviy ishi matnida foydalanilgan adabiyotlardan olingan materialga havola qilinganda, uning foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidagi tartib raqami va shu adabiyotga iqtibos material joylashgan bet qavs ichida, dissertastiya matnining o'zida alohida ko'rsatiladi (masalan: [1; 25 26-b.]) yoki adabiyotlar ro'yxatidagi raqam ko'rsatiladi (masalan: [2]); rasm, fotosurat, karta, grafik, chizma, diagramma va shu kabilar <<«rasm» so'zi bilan ifodalanib, ular varaqda ko'rish uchun qulay tarzda joylashtirilishi kerak; rasmlar ular joylashgan boblar tartib raqami ko'rsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, rasmning pastida o'rta qismida raqamlanadi (masalan: «1.1-rasm.»), ilovalarda keltirilgan rasmlar bundan mustasno; har bir rasm nomlanishi kerak. Rasmning nomi uning ostiga yoziladi; zarur hollarda rasmga izoh berilishi mumkin va u ham rasmning ostiga qo'yiladi;
  • Jadval ko'rsatkichlari va izohlari: raqamli materiallar jadval ko'rinishida rasmiylashtirilishi mumkin. Jadvallar ular joylashgan boblar tartib raqami ko'rsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, jadvalning tepa o'ng burchak qismida raqamlanadi (masalan: «1.1-jadval.»); har bir jadval nomlanishi kerak. Jadvalning nomi uning ustiga yoziladi. Jadvallar, rasmlar, chizmalar, grafiklar, fotorasmlar BMI ichida ham ilovada ham standart varaqlarda (A4 formatda) bo'lishi lozim. Rasmlar skaner yordamida matnning kerakli joyiga qo'yiladi; jadval yarmi keyingi betga o'tadigan bo'lsa, keyingi bet jadvalning ustki qismiga (jadvalning davomi) deb yoziladi;
  • Formulalar va belgilar: bitiruv malakaviy ishi matnida beriladigan formulalar (tenglamalar) <<<Misrosoft Word» matn redaktorining «Formula» funkstiyasi yordamida aniq yozilgan bo'lishi shart. Katta va kichik harflar, yuqori va pastki indekslar formulada aniq berilishi kerak; formula uchun belgilarning o'lchami quyidagicha ifodalanishi tavsiya etiladi; katta harflar va raqamlar 5-6 mm; kichik harflar 3 mm dan kam bo'lmagan; daraja ko'rsatkichlari va indekslari 2 mm dan kam bo'lmagan hajmda. Formula va tegishli material “LaTeX” formatida berilishi mumkin;
  • Formula va belgilarni tushuntirish: belgilarning ma'nolari bevosita formula ostida ularning formuladagi ketma-ketligi bo'yicha beriladi. Har bir belgining ma'nosi yangi qatordan berilishi lozim. Berilgan ma'nolarning birinchi qatori «bunda» degan so'z bilan ikki nuqtasiz boshlanadi; formulalar matndan alohida bo'sh qatorlar bilan ajratib yoziladi. Har bir formulaning yuqori va pastki tomonlaridan 12 o'lchamli («pt») oraliq qoldirilishi kerak; agar tenglama bitta qatorga sig'masa, sig'magan qism tenglik belgisi "=" yoki qo'shish “+”, ayirish “-“, ko'paytirish “x” va bo'lish “:” belgilaridan keyin ko'chirilishi kerak;
  • Formula va havola qoidalari: har bir formula u joylashgan bob tartib raqami ko'rsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, formulaning o'ng tomonida qavs ichida raqamlanadi (masalan: “(1.1)); bitiruv malakaviy ishini matnida ko'rsatilgan rasm, jadval yoki formulaga havola qilinganda, qavs ichida tegishli rasm, jadval yoki formulaning raqami (belgisi) keltirilib, «qarang» degan so'z qo'llaniladi (masalan, (“1.3-jadvalga qarang);
  • Ilovalarni rasmiylashtirish: bitiruv malakaviy ishining ilovalari alohida betlarda rasmiylashtirilib, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi va “ilova
  • Ilovalarni alohida jildda rasmiylashtirish: ilovalar bitiruv malakaviy ishidan alohida jildda rasmiylashtirilganda, jildning titul varag'ida Bitiruv malakaviy ishi mavzusining nomi va uning ostida bosh harflar bilan “Ilovalar” degan so'z yoziladi.(12-ilova)
  • Iqtiboslar va havola qilish: bitiruv malakaviy ish matnini yozish jarayonida muallif ishda keltirilgan barcha ixtiboslar, jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar, boshqa ma'lumotlar va ko'rgazmali vositalarni ular tegishli joyning o'zidagina iqtibos va havola qilishi zarur.
  • Adabiyotlar va manbalar ro'yxatini tuzish tartibi: Adabiyotlar va manbalar ro'yxatini tuzishda quyidagi tartibga rioya qilish zarur: birinchi me'yoriy hujjatlar yillar bo'yicha ketma-ketlikda beriladi va unda oldin O'zR Qonunlari, keyin O'zR Prezidentining Farmon va qarorlari, undan keyin O'zR Vazirlar Mahkamasining Qaror va farmoyishlari, oxirida O'zR Vazirliklari va Qo'mitalarining Qarorlari va nizomlari keltiriladi; O'zbekiston Respublikasi Prezidentivning asarlari va ma'ruzalari; mavzuga tegishli ilmiy-uslubiy va nazariy manbalar; mavzuga tegishli dissertastiya va avtoreferatlar; jurnallardagi ilmiy maqolalar;
  • Boshqa adabiyotlar ro'yxati: ilmiy ishlar to'plamlari va konferenstiya materiallari tezislar; O'zR rasmiy idoralari tomonidan chop qilingan statistik to'plamlar va tahliliy materiallar; xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning rasmiy idoralari tomonidan chop qilingan statistik to'plamlar va tahliliy materiallar keltiriladi; bitiruv malakaviy ishda kiril yozuvidagi adabiyotlar alohida, lotin yozuvidagi adabiyotlar alohida, xorijiy tillardagi ilmiy manbalar va internet saytlari alohida rasmiylashtiriladi.
  • Kitoblar va jurnallardan foydalanish tartibi: kitoblar, ya'ni ilmiy-uslubiy va nazariy manbalar hamda statistik va tahliliy materiallar keltirilganda quyidagi tartibga amal qilish zarur: muallifning familiyasi (to'liq), ismi-sharifi (bosh harflari), nuqta belgisi, kitobning nomi, nuqta, tire, chop qilingan shahar, ikki nuqta, nashriyot nomi, vergul, nashr qilingan yil, nuqta, tire, kitobning "Ixtibos yoki havola” keltirilgan beti. Masalan, Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – engilmas kuch. – Toshkent: Ma'naviyat, 2008. – B.30-31; jurnal va to'plamlar adabiyotlar manbasi sifatida keltirilganda quyidagi tartibga amal qilish zarur: maqola muallifining familiyasi (to'liq), ismi-sharifi (bosh harflari), nuqta belgisi, maqolaning to'liq nomi, parallel ishorasi, jurnal, to'plam nomi qo'shtirnoqsiz holda, nuqta, chop qilingan shahar, ikki nuqta, nashriyot yoki tashkilot nomi, nuqta, nashr qilingan yil, nuqta, tire, jild soni, nuqta, tire, maqola yoki tezis bosilgan betlar;
  • Mualliflar soni ko'p bo'lganda: bitiruv malakaviy ish yozish jarayonida foydalanilgan adabiyotning muallifi uch va undan ortiq bo'lsa, boshdagi ikkita muallif yuqorida keltirilgan talab bo'yicha rasmiylashtirilib, qolganlari uchun “va boshqalar” deb yoziladi;
  • Adabiyot nomlarini tarjima qilish: BMI da foydalanilgan adabiyotlarning nomi tarjima qilinmaydi va yozuv imlosi o'zgartirilmaydi, ya'ni lotin imlosidagi manbalar lotin imlosida berilishi zarur.
  • BITIRUV MALAKAVIY ISHNI RASMIYLASHTIRISRNING YAKUNIY BOSQICHI: Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba tomonidan ilmiy rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so'ng, “Bitiruv malakaviy ishi bo'yicha rahbarning mulohazalari” bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. “Bitiruv malakaviy ishi bo'yicha rahbarning mulohazalari”da talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Xususan, “Bitiruv malakaviy ishi bo'yicha rahbarning mulohazalari”da quyidagilar: bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi; olib borilgan tadqiqotning kafedra ilmiy yo'nalishi bilan bog'liqligi; tadqiqot ishining yangiligi; talabaning ilmiy ishga yondashuvi va layoqatiga qisqacha tavsif; xulosalarning sifati; BMIga qo'yilgan talablarga mosligi o'z aksini topishi lozim.
  • Kafedra mudiri va dekan tomonidan ishni muhokama qilish: Kafedra mudiri o'rnatilgan tartibda malakaviy ishning tayyorgarlik holatini aniqlaydi va taqdim etilgan materiallar asosida, bitiruv malakaviy ishni himoyaga kiritish masalasini kafedra yig'ilishida muhokama qilib, tegishli qaror qabul qilinishini ta'minlaydi. Himoyaga kiritilgan bitiruv malakaviy ishi fakultet dekani imzosi bilan o'rnatilgan tartib bo'yicha mutaxassislarga taqrizga yuboriladi.
  • Tashqi va ichki taqriz: Tashqi va ichki taqrizda quyidagilar o'z aksini topishi lozim: mavzuning dolzarbligi; tadqiqot yangiligining asoslanganligi; tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati; BMIning mazmuni va tugallanganlik darajasi bo'yicha tanqidiy mulohaza; BMIga qo'yilgan talablarga mosligi. Taqrizlar iste'molchi korxona va tashkilotlardan, soha mutaxassislaridan, shuningdek, boshqa oliy ta'lim muassasalarining turdosh kafedra professor-o'qituvchilari hamda sohaga tegishli ilmiy tadqiqot markazlarining ilmiy xodimlaridan olinishi mumkin.
  • Fakultet dekaniga hujjatlarni taqdim etish: Fakultet dekani BMIni “Taqriz”, “Ilmiy rahbar xulosasi” va “Topshiriq” bilan himoya uchun Yakuniy davlat attestastiya komissiyasiga taqdim etadi. Talaba tomonidan taqdim etilgan BMI belgilangan me'yorlar darajasida bajarilmagan taqdirda ish kafedra majlisida, ilmiy rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiqlanib, tegishli qaror qabul qilish maqsadida universitet rektoriga taqdim etiladi. Talaba himoya kunidan 10 kun oldin quyidagi hujjatlarni bitiruv malakaviy ishi bajarilgan kafedraga taqdim qilishi shart: 1.BMI ni belgilangan tartibda rasmiylashtirib, taqdim qiladi. 2.Ilmiy rahbar xulosasi. 3.Tashqi va ichki taqriz. 4.BMIning kafedrada muhokama qilinganligi va Yakuniy davlat attestastiyasi komissiyasi yig'ilishida himoya qilishga tavsiya etilganligi to'g'risidagi bayonnomadan ko'chirma. 5.Talaba BMI bo'yicha 5-7 bet hajmda kompyuterda annotastiya yozadi va 10-12 ta taqdimot tayyorlab himoyaga chiqish tavsiya qilinadi 6.Xulosa va taqriz hajmi 1,5-2 betni tashkil etishi kerak. 7.Ilmiy rahbar xulosasi, Tashqi taqrizav ichki taqriz, topshiriq va BMIning kafedrada muhokama qilinganligi.
  • Bitiruv malakaviy ishini muqovalash: Bitiruv malakaviy ishini muqovalashda quyidagi ketma-ketlik amalga oshiriladi: 1.Titul varaq (1-ilova) 2. Mundarija(2-ilova) 3. Topshiriq (3-11-ilovalar) 4.Bitiruv malakaviy ishining kirish, asosiy qism, xulosasi 5. Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro'yxati 6.ilovalar (12-ilova) 7.Rahbar xulosasi (5-ilova) 8.Ichki taqriz 9.Tashqi taqriz (6-ilova) 10.Konvert yopishtirilib, diskka taqdimot va Bitiruv malakaviy ishi elektron matni solinadi
  • Bitiruv malakaviy ishni baholash MEZONLARI: Bitiruvchi 10-15 daqiqa davomida Yakuniy davlat attestastiya komissiyasi (YDAK) oldida bitiruv malakaviy ishining maqsadi, vazifalari, mazmuni hamda o'z tavsiyalari va takliflari to'g'risida chiqish qiladi. Shundan so'ng talaba bitiruv malakaviy ishi mavzusi doirasida komissiya a'zolari savollariga javob beradi. Bitiruv malakaviy ish komissiya tomonidan ilmiy rahbar va taqrizchi xulosasi va bitiruvchining javoblari asosida quyidagi mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholanadi: BMI ni baholashda talaba tomonidan mavzu yuzasidan chop etilgan 2 ta ilmiy maqola uchun qo'shimcha 20 ball beriladi. BMI ni baholashda talabaning universitetdagi 4 yillik tahsili davomida ko'rsatgan o'rtacha o'zlashtirish darajasi, intizomi, xulqi va jamoat ishlarida faol qatnashganligi, shuningdek, chop ettirgan ilmiy maqola va tezislari, fan olimpiadalaridagi ishtiroki va undagi muvaffaqiyati kabi omillar ham e'tiborga olinadi.