Mahalliy hokimiyat organlarining konstitutsiyaviy asoslari
Ushbu uslubiy-risola O'zbekistonda shakllanayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini asoslaridan boʻlgan davlat organlarining ayrim vakolatlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oʻtkazish orqali bu fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarni tashkil etilishi, takomillashuvi, huquqiy maqomi va vazifalarining konstitutsiyaviy huquqiy asoslariga bag'ishlangan. Shuningdek, davlat boshqaruvini takomillashtirish, amalga oshirilayotgan islohotlardan kutilgan maqsadlarga erishish davlat hokimiyati va boshqaruvi, xususan mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish tizimining mavqeyini bundan ham mustahkamlash, ularning tashkiliy-huquqiy faoliyatini muntazam takomillashtirib borish masalalari keng tadqiq qilingan. Uslubiy-risola talabalar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey oʻquvchi-yoshlari hamda keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
Asosiy mavzular
- Mahalliy davlat hokimiyati organlarining jamiyatdagi tutgan oʻrni: O'zbekiston Respublikasi o'z taraqqiyot yo'lini o'zi belgilab olar ekan, mahalliy davlat hokimiyati tizimi masalalasi huquqiy tomondan mustahkamlandi. 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi qonunning 5-moddasida ushbu masalaga aniqlik kiritilib, unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi davlat idoralarining tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida qurilishi belgilab berildi.
- Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari, vakolatlari va konstitutsiyaviy asoslari: 1992-yil 8-dekabrdagi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlarini rivojlantirishdagi muhim davrni boshlab berdi. Konstitutsiyaning 11-moddasiga asosan «O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinish prinsipiga asoslanadi». O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 102-moddasida ilk bora mahalliy davlat hokimiyatini vakillik va ijro hokimiyati organlariga bo'linish prinsipi konstitutsiyaviy normalarda mustahkamlab qo'yildi.
- Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqiy asoslari: O'zbekiston Respublikasi oʻz taraqqiyot yo'lining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini belgilab oldi. Davlat boshqa barcha institutlar singari jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqlari hamda manfaatlarini muhofaza etadi, bu organlarga ijtimoiy turmushda ishtirok etish uchun teng huquq va erkinliklar yaratib beradi. Dunyoning aksariyat rivojlangan mamlakatlarida mahalliy doirada barcha ishlar saylov asosida shakllantiriladigan yoxud mahalliy boshqaruv organi sifatida markazdan maxsus tayinlanadigan mahalliy oʻzini o'zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.