Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti MIGRANOVA ELVIRA ASLOMOVNA, POZILOVA SHAHNOZA HAYADARALIYEVNA 5350400 – AKT SOHASIDA KASB TAʼLIMI BAKALAVR TALABALARI UCHUN «KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA KIRISH» fanidan OʻQUV-QO‘LLANMA Toshkent -2017 MUNDARIJA: Kirish......................................................................................................... I-bob. Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish fanining maqsad va vazifalari. Oliy va o‘rta kasbiy pedagogik ta‘lim tizimining tuzilmasi. Uning hususiyatlari va rivojlanish istiqbollari........................................... 1.1. Kirish. Kasbiy pedagogika faoliyatiga kirish fani bo‗yicha maqsad va vazifalari, mazmun va ishlash shakli, boshqa fanlar bilan o‗zaro bog‗liqligi.................................................................................................. 1.2. Kasbiy-pedagogik ta'limning tarixi: muammolar va rivojlanish istiqbollari.................................................................................................. 1.3. Zamonaviy oliy va o‘rta kasbiy pedagogik ta‘lim tizimining tuzilmasi, xuxusiyati va rivojlanish istiqboli ............................................ II-bob. O‘zbekiston respublikasida oliy ta‘lim tizimi. Ta‘lim muassasalarining faoliyati. Shaxs sotsializasiyasi.................................... 2.1. O‗zbekiston respublikasida oliy ta'lim tizimi, uning o‗rni, tuzilmasi va ahamiyati. Oliy ta'lim vazirligining pedagogni kasbiy o‗qitishga tayyorlashda o‗rni va ahamiyati................................................................ 2.2. O‗zbekiston respublikasida oliy ta'lim tizimi, uning o‗rni, tuzilmasi va ahamiyati. Oliy ta'lim vazirligining pedagogni kasbiy o‗qitishga tayyorlashda o‗rni va ahamiyati (davomi) .................................................. 2.3. Ta‘lim muassasalarining faoliyati. Oliy ta‘lim vazirligining o‘quv va ilmiy faoliyati. Oliy ta‘lim tizimining talabasi. Talabaning qoidasi va majburiyatlari ....................................................................................... 2.4. Ta‘lim muassasalarining faoliyati. Oliy ta‘lim vazirligining o‘quv va ilmiy faoliyati. Oliy ta‘lim tizimining talabasi. Talabaning qoidasi va majburiyatlari. (davomi)....................................................................... 2.5. Oliy kasbiy ta'lim jarayonida shaxsning sotsializatsiyasi. «o‗qimishli inson» tushunchasi................................................................. III-bob. Kasb ta‘limi pedagogini tayyorlash mazmuni. Nazorat shakllari va turlari ................................................................................... 3.1. Kasbiy ta'lim pedagogini tayyyorlash mazmuni. 5350400 yo‗nalishi bo‗yicha oliy kasb ta'limning davlat ta'lim standarti ............ 3.2. Oliy o‗quv yurtida o‗qitishning tashkiliy shakllari........................... 3.3. Talabalar bilimini nazorat qilish tizimi. Nazorat turlari .................... IV-bob. Mustaqil ta‘lim. Ilmiy loyihalar va konferensiyalarda talabalarning ishtiroki. Pedagogik muloqot .............................................. 4.1. Mustaqil ta'lim olish – mutaxassisning intelektini shakllantirish usullari........................................................................................ 4.2. Talabalarni ilmiy loyixalar va konferensiyalarga tayyorlash va ularning ishtiroki. ...................................................................................... 4.3. Shaxsning o‗z-o‗zini tarbiyalashi va har tomonlama rivojlanishi. 4.4. Pedagogik muloqat tushunchasi. Pedagogik vaziyatlarning turlari V-bob. Shaxsning pedagogik qobiliyati. O‘qituvchi muvaffaqqiyati. O‘qituvchining kasb-ta‘limda roli va o‘rni.............................................. 5.1. O‗qituvchining kasbiy sifati. Shaxsning pedagogik qobilyati va unga tavsif ................................................................................................. 5.2. Kasbiy o‗sish. Kasbiy faoliyatga kirishda o‗qituvchining muvaffaqqiyatining o‗ziga xos xususiyati .................................................. 5.3. O‗qituvchining kasbiy ta'limda roli va o‗rni...................................... Sinov uchun test topshiriqlari ................................................................... Glossariy.................................................................................................... Foydalanilgan adabiyotlar:........................................................................
Asosiy mavzular
- KIRISH: Mamlakatimiz prezidenti SH.M.Mirziyoyev- ning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan birgalikda va jamoat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar ishtirokida 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakat strategiyasini ishlab chiqildi. Ushbu strategiyada davlat qurilishi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va ijtimoiy sohani rivojlantirish, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash bo‘yicha eng dolzarb vazifalar aniq belgilab berildi. Bunga asosan uzoq-yaqindagi barcha xorijiy mamlakatlar, jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorligimizni davom ettirilishi, ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat olib borish tamoyiliga sodiq qolinihsi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar va hamkorlik olib borish O‘zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qilishi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, boshqa xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirilishi haqida fikir yuritildi. 1 Ta‘limdagi yangilanish ta‘lim jarayoni orqali o‘quvchini o‘z kelajagini yorqin tasavvur qila oladigan, bu borada o‘z taqdiri va o‘z shaxsiga ongli munosabatda bo‘lib, turli faoliyatlarda o‘zini-o‘zi rivojlantira oladigan erkin faol va mustaqil shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Mustaqillik tufayli o‘z taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekistonda yangicha fikrlaydigan bo‘layotgan voqea-hodisalarga erkin munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy mushohada yuritadigan muloqotning sir asrorlarini o‘rgangan yoshlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Endilikda oliy ta‘lim muassasalari oldiga faqatgina o‘qimishli insonnigina emas, balki voqealarni oldindan ko‘ra biladigan, to‘g‘ri qaror qabul qila olish uquviga ega, o‘zini o‘zi rivojlantirish
- I-BOB. KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA KIRISH FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI. OLIY VA O‘RTA KASBIY PEDAGOGIK TA‘LIM TIZIMINING TUZILMASI. UNING HUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: Kadrlarning tasnifiy tavsifi, davlat ta‘lim standartlari, me‘yorlar, ta‘lim mazmunini, moddiy texnika bazasini, moliyalashtirishni, professor–o‘qituvchilar tarkibini, ta‘lim muassasasining o‘quv–ilmiy, ishlab–chiqarish va boshqa faoliyatlarini aniqlovchi Nizomlar va boshqa hujjatlar Milliy dastur markaziy strategiyasining huquqiy me‘yoriy bazasi bo‘lib hisoblanadi. Yuqoridagi dolzarb vazifalarni hisobga olgan holda ushbu ma‘ruzalar matni universitetning barcha fakultetlari kasbiy–pedagogik tayyorgarlik ta‘lim yo‘nalishlari talabalari uchun 18 soatli ma‘ruza, 18 amaliy mashg‘ulot, 20 soatli mustaqil ta‘lim shaklida mustaqil fan sifatida 1–kursda o‘tilishi lozim bo‘lgan "Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish" fani bo‘yicha tayyorlandi. "Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish" fani o‘qitish jarayonining asosiy shakllari, o‘quv rejasining mazmuni, ilmiy–tekshirish ishlari, o‘qish va ilmiy ishlarni bajarishda texnika vositalaridan foydalanish, talabalarning huquq va burchlari, kundalik ish rejimi va mustaqil ishlashni to‘g‘ri tashkil etish, kitob ustida ishlash kabilarni talabalarga tanishtiradi. Talabalar kurs materiallarini o‘zlashtirish uchun nimalar qilinishi lozimligi, o‘zlashtirishni hisobga olish, talabalarni yakuniy nazorat va reyting ishlariga tayyorlash hamda ularni o‘tkazishni tashkil etish, talabalar o‘quv–tadqiqot va ilmiy – tekshirish ishlarining asosiy mazmuni, ularning turmushi, madaniyati va dam olishini tashkil etish, o‘quv – mehnat va turmush nafosati kabi sohalarga ham "Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish" fanida alohida o‘rin ajratiladi.
- II-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA‘LIM TIZIMI. TA‘LIM MUASSASALARINING FAOLIYATI. SHAXS SOTSIALIZASIYASI: Jamiyatni rivojlantirishdagi zamonaviy tamoyillar yuqori sifatli kasbiy ta'lim olish imkoniyatini yaratishning tubdan yangi bosqichiga o‘tishni talabqiladi. Jomten, Dakar anjumanlari va bundan oldin 1998 yilda bo‘lib o‘tgan butunjahon konferensiyasi qoidalarini rivojlantirish yuzasidan 2000 yili Parijda bo‘lib o‘tgan oliy ta'lim masalalari bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi hozirgi zamon oliy maktabining imkonlikni yaxshilash, barchaga teng imkoniyatlarni ta'minlash, sifatni oshirish kabi eng ahamiyatga molik muammolarini hal etishga, shuningdek oliy ta'limning ijtimoiy mas'uliyati masalalariga qaratildi. Zamonamizning kambag‘allikni bartaraf etishdan boshlab to barqaror insoniy rivojlanishgacha bo‘lgan global muammolarini hal etish maqsadida bilimlar yaratish va almashishda oliy maktabning eng muhim rolo‘ynashigashubhayo‘q. Hozirgi paytda O‘zbekiston oliy maktabi tizimida 60 ta oliy o‘quv yurti mavjud bo‘lib, shundan 19 tasi universitetlar, 2 tasi akademiya va 39 tasi institutlardir. Bundan tashqari, Toshkent shahrida Vestminster universiteti, G.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot akademiyasi, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universiteti filiallari mavjud. Toshkentda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti ish boshladi, Turin politexnika universitetining filiali ilk talabalarniqabulqildi. Bugungi kunda turli oliy o‘quv yurtlari filiallarini hisobga olganda O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalarining soni 71 ta yetdi, shundan 35 tasi yoki deyarli yarmi hududlarda joylashgan, bu esa ushbu ta'lim turining imkonliligini oshiradigandek tuyuladi. 2007/2008 o‘quv yilida oliy o‘quv yurtlaridagi talabalarning umumiy soni 296,6ming kishini tashkil etdi(251,3 ming talaba kunduzgi ta'limda va 45,3 ming talaba sirtqi ta'limda). Biroq mamlakatda 10 ming nafar aholi soniga nisbatan talabalar soni 109 kishini tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich juda pastligicha qolmoqda. Hozirgi paytda ko‘zga tashlanayotgan talabalar kontingentini oshirish tamoyiliga qaramasdan mazkur ko‘rsatkich MDH davlatlaridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan hamon pastligicha qolmoqda, aytaylik, Qozog‘istonda ana shunday ko‘rsatkich 497 nafarni, Qirg‘izistonda 426, Moldovada 338, Gruziya 355 nafarni4 tashkil etadi. O‘zbekiston aholisi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar aholisidan ancha ko‘pligini hisobga oladigan bo‘lsak, o‘rtacha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan oliy o‘quv yurtlari talabalari soni bo‘yicha O‘zbekiston autsayderlar guruhidan joy olgan. 1-diagramma. Barcha talabalar hamda ta'lim shakllari bo‘yicha talabalar soni Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika 1-diagrammadan ko‘rinib turibdiki, talabalarning umumiy soni 19981999 o‘quv yilida barcha ta'lim shakllari bo‘yicha sezilarli qisqarganidan so‘ng faqat 2005 yilga kelibgina o‘sish tamoyillari ko‘zga tashlanmoqda, biroq qayd etish zarurki, hattoki 2008 yilda ham oliy o‘quv yurtlarida ta'lim olayotgan talabalar soni
- IV-BOB. MUSTAQIL TA‘LIM. ILMIY LOYIXALAR VA KONFERENSIYALARDA TALABALARNING ISHTIROKI. PEDAGOGIK MULOQOT: Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish ularda axborotlar va ular bilan ishlashga doir bilim, dunyoqarash, ijtimoiy faollik va mustaqil fikrlashni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi. U o‘quv rejasi va fanlar dasturlarida ko‘zda tutilgan zarur bilimlar va ko‘nikmalarning talabalar tomonidan oqilona, kam vaqt va kuch sarflab o‘zlashtirilishini ta'minlaydi. Fanni o‗qitish jarayonini takomillashtirish, talabaning qiziqishlarini, anglash faolligini va mustaqil ishlarini rivojlantirish yo‗nalishida boradi, bunda talabalarning ijodiy fikrlashi, mustaqil o‗qish ko‗nikmasi va layoqatlari shakllanadi. Talaba mustaqil ishi – muayyan fandan o‗quv dasturida belgilangan bilim, ko‗nikma va malakaning ma'lum bir qismini talaba tomonidan fan o‗qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‗zlashtirishiga yo‗naltirilgan
- V-BOB. SHAXSNING PEDAGOGIK QOBILIYATI. O‘QITUVCHINING MUVAFFAQIYATI. O‘QITUVCHINING KASB-TA‘LIMDA ROLI VA O‘RNI: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi raqobatbardosh kadrlar tayyorlovchi pedagogga qo`yiladigan zamon talablari majmuini belgilaydi. Bir-biriga bog`liq bo`lgan talablarning majmui, pedagogning umumlashtirilgan modelini tashkil etadi. Umumlashgan modelga muvofiq o`qituvchiga qo`yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: • ta`lim berish mahorati; • tarbiyalay olish mahorati; • o`quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta`minlovchi shaxsiy fazilatlari; • ta`lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati va h.k.. Umumlashtirilgan modelning doirasidagi malakaviy zamon talablari pedagog «qiyofa»sini ifodalaydi. O`zbekiston Respublikasi aholisi uchun ta`lim darajasini oshiruvchi omillardan biri bo`lib ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga jadal sur`atlar bilan kirib borish jarayoni hisoblanadi. Bu birinchi navbatda, bozor munosabatlarining rivojlanishiga bog`liq bo`lib, u jarayon bilim darajasiga, iqtisodiyot va ekologiya (atrof muhit), kompyuter texnikasi va ilmbardosh texnologiyalar ustuvor bo`lgan va xalk xo`jaligining rivojlangan tarmoqlariga, ta`lim tizimining takomillashuvi va kadrlar tayyorlashga bog`liq bo`ladi. Kadrlarning yangi avlodini tayyorlash muammosining samarali yeçimi, birinchi navbatda, hozirgi kun talablariga javob bera olanigan psixologiya, pedagogika, iqtisodiyot, ekologik madaniyat, xuquqshunoslik va shunga o`xshash boshqa fanlarning bilim asonlarini chuqur biladigan professional malakaga ega bo`lgan har tomonlama chuqur bilimga ega bo`lgan o`qituvchi kadrlarning tayyorlanishi bilan bog`liqdir.