Mikroiqtisodiyot
Ushbu o'quv-uslubiy majmua mikroiqtisodiyot fanining asosiy tushunchalari, qonuniyatlari va modellarini o'z ichiga oladi. Unda talab, taklif, bozor tuzilmalari, firma xatti-harakati va narxlash kabi mavzular yoritilgan. Shuningdek, resurslar taqsimoti, samaradorlik va davlat aralashuvi masalalari ham ko'rib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- Fanning mazmuni, maqsadi va vazifalari: Resurslarning cheklanganligi, resurslarni taqsimlashda narxning ahamiyati, bozor va uning vazifasi
- Iqtisodiy bazis tushunchalari: Iqtisodiy ehtiyoj, iqtisodiy ne'matlar va ularning xususiyatlari, alternativ harajatlar
- Talab va taklif tahlili asoslari: Talab chizig'i, talab funksiyasi, bir omilli va ko'p omilli talab funksiyalari, taklif chizig'i, taklif funksiyasi
- Bozor muvozanati, maksimal va minimal narxlar: Bozor muvozanati, muvozanat narx, muvozanat nuqta, maksimal va minimal narxlar
- Talab va taklif elastikligi: Elastiklik tushunchasi, talabni narxga ko'ra elastikligi, elastik va elastik bo'lmagan talab