Milliy beqasam gazlamasidan foydalanib erkaklar to’nini konstruktsiyasini qurish, modellashtirish, ishchi andozalarini tayyorlash va texnologik ketma-ketligini tuzish
Ushbu bitiruv malakaviy ishi «Milliy beqasam gazlamasidan foydalanib erkaklar to'nini konstuktsiyasini qurish, modellashtirish, ishchi andozalarini tayyorlash va texnologik ketma-ketligini tuzish» mavzusiga bag'ishlangan. Ishda O'zbekiston Respublikasining yengil sanoat sohalarida rivojlanishi, yengil sanoatni rivojlantirish yuzasida qabul qilinayotgan qarorlar, farmonlar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan «2016-2019 yillarda Namangan viloyatining sanoat saloxiyatini rivojlantirish dasturi» to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Mavzuning dolzarbligi, ahamiyati, ishning maqsadi va vazifasi, milliy kiyimlarda qo'llaniladigan bezaklar nomi va ularning ahamiyati, kiyim bichimi, model ko'rinishi va tasnifi, bitiruv malaka ishida tanlangan modelning vazifasi, gazlama va tikuv mashina jihozlarini tanlash, ularni asoslash bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Eksperimental qismda tanlangan optimal variantdagi eskiz model konstruktsiya chizmalari, ishchi andazalari va konstruktiv modellashtirish amaliy ishlari bajarildi. Texnologik qismda tannovor ayollar milliy kiyimini tikish texnologik tartibini tuzildi. Ko'ylakni ishlab chiqarish oqim shakllari, turlari va parametrlari hisoblanib, tashkiliy-texnologik sxemasi tuzildi. Ijtimoiy-iqtisodiy qismda "Beqasam matosidan erkaklar to'nini tayyorlash biznes rejasini loyihalash" mavzusida biznes reja tuzildi. 2016 yil yakuni bo'yicha "Nuriddin” kichik korxonasining oladigan yalpi foydasi 3942540 ming so'mni tashkil etib, shundan moliyaviy faoliyatdan boshqa xarajatlarga 20300 ming so'm, foydadan soliq yig'imlariga 604501 ming so'm to'lanib, 574275,95 ming so'm sof foyda ko'rish ko'zlangan. Mehnat muhofazasi qismida ishlab chiqarishda mehnat muhofazasini me`yoriy xujjatlarini rasmiylashtirish va asosiy xujjatlar haqida ma`lumotlar yoritib berildi. Bitiruv malaka ishi VII ta: kirish, asosiy qism, eksperimental qism, texnologik, ijtimoiy-iqtisodiy, mehnat muhofazasi va yakuniy qismlardan iborat bo'lib, mavzuga oid 24 ta jadval, 11 ta rasmlardan tashkil topgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: O'zbekiston Respublikasining yengil sanoat sohalarida rivojlanishi, yengil sanoatni rivojlantirish yuzasida qabul qilinayotgan qarorlar, farmonlar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan «2016-2019 yillarda Namangan viloyatining sanoat saloxiyatini rivojlantirish dasturi» to'g'risida ma'lumotlar.
- Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati: Mavzuning dolzarbligi, ahamiyati, ishning maqsadi va vazifasi, milliy kiyimlarda qo'llaniladigan bezaklar nomi va ularning ahamiyati.
- Model ko'rinishi va tasnifi: Kiyim bichimi, model ko'rinishi va tasnifi.
- Gazlama va tikuv mashina jihozlarini tanlash: Gazlama va tikuv mashina jihozlarini tanlash, ularni asoslash bo'yicha ma'lumotlar.
- Eksperimental qism: Tanlangan optimal variantdagi eskiz model konstruktsiya chizmalari, ishchi andazalari va konstruktiv modellashtirish amaliy ishlari.
- Texnologik qism: Tannovor ayollar milliy kiyimini tikish texnologik tartibini tuzish. Ko'ylakni ishlab chiqarish oqim shakllari, turlari va parametrlari hisoblanib, tashkiliy-texnologik sxemasi tuzilgan.
- Ijtimoiy-iqtisodiy qism: "Beqasam matosidan erkaklar to'nini tayyorlash biznes rejasini loyihalash" mavzusida biznes reja tuzilgan. 2016 yil yakuni bo'yicha "Nuriddin” kichik korxonasining oladigan yalpi foydasi 3942540 ming so'mni tashkil etib, shundan moliyaviy faoliyatdan boshqa xarajatlarga 20300 ming so'm, foydadan soliq yig'imlariga 604501 ming so'm to'lanib, 574275,95 ming so'm sof foyda ko'rish ko'zlangan.
- Mehnat muhofazasi qismi: Ishlab chiqarishda mehnat muhofazasini me`yoriy xujjatlarini rasmiylashtirish va asosiy xujjatlar haqida ma`lumotlar.
- Yakuniy qism: Umumiy xulosa va takliflar, mavzuga oid 24 ta jadval, 11 ta rasmlardan tashkil topgan.