1-sinfda matematika darslari

Ushbu kitob, N.Abduraxmonova va M.Jumayev tomonidan yozilgan bo'lib, 1-sinf o'quvchilari uchun matematika darslariga mo'ljallangan. Kitobda narsalar, miqdorlar, o'rinlar va vaqtga oid tasavvurlar, sonlarni taqqoslash, bir xil va har xil narsalar, uzun-qisqa, baland-past tushunchalari, bir, hammasi, qolganlari, sonlarni qo'shish va ayirish kabi matematik mavzular qamrab olingan. Shuningdek, kitobda o'quvchilarni geometrik shakllar bilan tanishtirish va ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar mavjud.

Asosiy mavzular

  • Narsalar, miqdorlar, o'rin va vaqtga doir tasavvurlar: Maktabga ilk bor qadam qo'ygan o'quvchilarda maktabga mehr-muhabbatni uyg'otish, matematika faniga qiziqishni oshirish, Vatan tushunchalarini kengaytirish, o'z Vataniga muhabbatli bo'lishga, uni qadrlashga o'rgatish, ahillik va birodarlik ruhida tarbiyalash.
  • Narsalarni katta-kichikligiga ko'ra taqqoslash. Narsalar sanog'i: O'quvchilarni narsalar, tovushlar va harakatlarni sanashga o'rgatish, hayotga bog'lash, turli musiqa asboblarining tovushlarini qiyoslash, daftarda shakllarni chizishni o'rgatish.
  • Bir xil, har xil. Uzun-qisqa, baland-past: O'quvchilarga turmushda uchraydigan bir xil, har xil, uzun-qisqa, baland-past bo'lgan narsalar haqida bilim berish, fazilatlarini tarbiyalab borish, ularning faolligini rivojlantirish.
  • Har biri, hammasi, qolganlari...: O'quvchilarga har biri, hammasi iboralari yuzasidan bilim berish, so'ng og'zaki savol-javob orqali bilimlarini aniqlash.
  • «... TA KO'P», «... TA KAM». KATTA, KICHIK, BARAVAR: O'quvchilarga «... ta ko'p», «... ta kam», katta, kichik, baravar mavzusi haqida bilim berish, matematika faniga qiziqishini orttirish, diqqatini jamlash.
  • Yuqorida, pastda, chapdan o'ngga, o'ngdan chapga...: Yuqorida, pastda, chapdan o'ngga, o'ngdan chapga so'zlari haqida tushuncha beriladi va savol-javob orqali bilimlarini aniqlash.
  • Qancha bo'lsa, shuncha: Juft, kam, ortiq, teng degan so'zlarni ishlata olish va qaysi vaqt qo'llash mumkinligini mustahkamlash, o'quvchilarga 2 ta atirgul nechta bolsa atirgul xam shuncha yuzasidan bilim berish.
  • 1 soni bilan tanishtirish: Bir raqami va soni bilan tanishtirish, 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligi va narsalarni sanashni mashq qilish.
  • 4 soni ichida qo'shish va ayirish: O'quvchilarni o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini boyitib borish, 4 soni ichida qo'shish va ayirishga doir misol, masala yechish.
  • 7 soni bilan tanishtirish: Ushbu dars o'quvchilarga 7 soni bilan tanishish, uning qatordagi o'rni, yozilishi va o'qilishi haqida bilim berishga qaratilgan.
  • Kilogram: Ushbu dars o'quvchilarni og'irlik o'lchov birligi - kilogramm bilan tanishtirishga, ularning taxminiy vaznini aniqlash, o'lchov asboblaridan foydalanishga o'rgatishga qaratilgan.
  • Litr: Ushbu dars o'quvchilarni hajm o'lchov birligi - litr bilan tanishtirishga, suyuqliklarni o'lchash usullari va ularning turmushdagi ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan.
  • Nol soni: Ushbu dars o'quvchilarga nol soni va uning matematik amallardagi xususiyatlari (qo'shish, ayirish) bilan tanishtirish, sonlar qatoridagi o'rnini tushuntirishga qaratilgan.
  • Ikkitalab sanash: Ushbu dars juft va toq sonlar tushunchalarini kiritish bilan birga, o'quvchilarga ikkitalab sanashni o'rgatishga qaratilgan.
  • 10 Soni bilan tanishtirish: 10 soni bilan tanishtirish, uning tartibi va tarkibi haqida bilim berish