Молия
Ushbu kitob "Moliya" fanidan ma'ruzalar matni bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Kitobda moliya tizimi, davlat moliyasi, budjet, soliqlarning mohiyati, turlari va ularning iqtisodiyotga ta'siri kabi asosiy masalalar batafsil yoritilgan. Bundan tashqari, kitobda xalqaro moliya munosabatlari va O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashkilotlardagi ishtiroki ham ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Moliya fanining predmeti va vazifalari: Bozor iqtisodiyotida moliya tizimining ahamiyati, moliya fanining vazifalari, moliya munosabatlarining tarkibi, shakllari va ularni boshqarish xususiyatlari.
- Moliya tizimi: Moliya tizimining mohiyati, funktsiyalari, moliya tizimi taraqqiyotini boshqarish yuzasidan davlat siyosati.
- Qiymatni taqsimlash jarayonida moliyaning boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan bog'liqligi: Moliya iqtisodiy taqsimlash kategoriyasi sifatida, xo'jalik yuritish amaliyotida baho, ish haqi, kredit va moliya kategoriyalaridan kompleks foydalanishning zarurligi.
- Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyadan foydalanish: Ijtimoiy takror ishlab chiqarishda moliyadan foydalanishning ob'ektiv shart-sharoitlari va imkoniyatlari, takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy ta'minlash, moliyaviy bozor xususida tushuncha.
- Moliya haqidagi iqtisodiy ta'limot: Moliyaning ob'ektiv zaruriyati va funktsiyalari, Moliyaning mohiyati uning funktsiyalarida namoyon bo'ladi, Jamiyat taraqqiyotining turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarida, turli moliya tizimlari amal qiladi, bazisi hollarda mavjud iqtisodiy munosabatlarni muvaffaqiyatli obektiv namoyan kiladi, boshqa hollarda esa, muvaffaqiyatsizroq, biroq moliya har doim taksimlash funktsiyasini bajaradi.
- Moliya siyosati va moliya mexanizmi: Moliyaviy siyosatning mazmuni va ahamiyati, moliya mexanizmi haqida tushuncha, moliya mexanizmini tashkil etuvchi soha va zvenolariga tavsif.
- Moliyaviy nazorat: Moliyaning nazorat funktsiyasi va moliyaviy nazorat, moliyaviy nazoratning ob'ektlari va sub'ektlari, moliyaviy nazoratning usullari: tekshiruv, tahlil, taftish.
- Faoliyatning turli sohalarida moliyaning amal qilish asoslari: Faoliyatning turli sohalari moliyasi, noishlab chiqarish sohasida sodir bo'ladigan moliyaviy munosabatlarga xarakteristika, tijorat hisobi asoslari, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning moliyaviy masalalari.
- Mulkni va shaxsni sug'urta: Sug'urtaning mohiyati, sug'urta turlari, sug'urta bozor va uning tarkibiy tuzilishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida sug'urta munosabatlarining rivojlanishi.
- Mavzusi: Moliyaning ijtimoiy taraqqietga tasiri: Ijtimoiy taraqqiyotda moliyaning roli va ahmyati, ijtimoiy islohotlarui ug mohiyatini ta'minlanishi.
- Budjet qurilishi va budjet jarayeni: Davlat budjetini tayyorlash tartibi, uuzlashtirish va unga ta'luqli barcha jarayonlar.
- Nodavlat fondlar: nodavlat tashkilotlari funktsiyasi, ularning moliyalash manbalari.
- Davlat krediti: Qarzga olingan va jalb kilingan mablaglar ,Bank kreditlari. kreditorlik karzlari. aksiya va obligatsiyalar chikarishdan tushumlar.