ТЕХНОЛОГИЯ ОБОГАЩЕНИЯ ПОЛЕЗНЫХ ИСКОПАЕМЫХ

Ushbu darslik boyitish fabrikalarini loyihalash bo'yicha fundamental nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarni beradi. Unda boyitish fabrikasini loyihalashning asosiy bosqichlari, jarayonlari, usullari, tanlash mezonlari va hisoblash uslubiyatlari batafsil yoritilgan. Darslik boyitish sanoatining zamonaviy texnologiyalari, usullari va jihozlari haqida ham ma'lumot beradi. Ayniqsa, texnik-iqtisodiy asoslash, boyitish sxemalarini tanlash, asosiy uskunalarini hisoblash, suv sarfi sxemalarini tuzish va boshqa muhim masalalar atroflicha ko'rib chiqilgan. Mavzularning ilmiy-amaliy ahamiyati va ularning sanoatdagi o'rni ham ko'rsatib o'tilgan.

Asosiy mavzular

  • Boyitish fabrikasini loyihalashning umumiy masalalari: Boyitish fabrikasini loyihalash jarayonining asosiy bosqichlari, loyihalash uchun zarur bo'lgan dastlabki ma'lumotlar, boyitish fabrikalarining turlari, ularning klassifikatsiyasi, boyitish jarayonlarining asosiy tushunchalari va terminologiyasi hamda boyitishning sifatiga qo'yiladigan talablar, boyitish egri chiziqlari haqida ma'lumot beradi.
  • Boyitish fabrikasi va uning seхlаrining ishlаb chiqаrish unumdоrligini hisоblаsh: Boyitish fabrikasi va uning seхlarining ishlab chiqarish unumdorligiga ta'sir etuvchi omillar, ularni aniqlash usullari, dastgohlarni tanlash va texnik hisoblash tamoyillari, ishlab chiqarish unumdorligini aniqlashning nazariy va empirik usullari, energiya sarfiga qarab hisoblash hamda suv sarfi sxemalarini tuzish va hisoblash masalalarini o'z ichiga oladi.
  • Texnologik sxemalarni tanlash va hisoblash: Maydalash, yanchish, saralash, flotatsiya, magnitli boyitish, suvsizlantirish, flotatsiya, quritish va chang ushlash uchun dastgohlarni tanlash va hisoblash uslubiyatlari, sxemalarni tanlash va hisoblash bosqichlari, texnologik hisoblashlar batafsil yoritilgan.
  • Bosh reja va inshootlar sxemasini tuzish: Boyitish fabrikasi uchun maydon tanlash, dastgohlarni joylashtirishning asosiy sxemalari, boyitish fabrikalarining tarkibi va bosh reja loyihalash tamoyillari, chiqindi xo‘jaligi, aylanma suv ta‘minoti va yerlarni qayta tiklash kabi masalalar yoritilgan.