“ТАПАЗ” МЧЖ шароитлари учун 800.05.10 “Ричаг” деталини тайёрлаш технологик жараёнини ва операцияларининг технологик таъминот воситалари конструкцияларини ишлаб чиқиш
Ushbu kitob mashinasozlik texnologiyasi, ishlov berish, montaj vaqtini hisoblash, kesish maromlarini aniqlash, mashinalarning texnik holati, ishchi joylar xavfsizligi va iqtisodiy samaradorlik kabi muhim texnologik jarayonlarni qamrab oladi. "Richag" detalini tayyorlash texnologiyasi va uning jarayonlari, qoʻshimcha jihozlar, moslamalar, kesuvchi asboblar tanlanishi va loyihalanishi, hamda ularning hisob-kitoblari bilan tanishish mumkin.
Asosiy mavzular
- Umumiy qism: Detalning xizmat vazifasi, ishlab chiqarish turini aniqlash va uning texnologik jihatdan qulayligi, hamda materiallar tarkibi va mexanik xossalari bilan tanishish.
- Texnologik qism: Zagotovka turini tanlash, texnologik jarayon marshrutini ishlab chiqish, zagatovka ishlov berishda qoʻyim hisobi, kesish maromlarini hisoblash va vaqt me'yorini aniqlash.
- Konstruktorlik qism: Dastgoh moslamasini bayoni va hisobi, nazorat moslamasini bayoni va hisobi, hamda kesuvchi asbobni bayoni va hisobi.
- Hayot faoliyati xavfsizligi: Mexanika sexida ishlov berish jarayoni, ishchi joyi sharoitlari, yoritish tizimi, elektr xavfsizligi, yongʻin havfsizligi va boshqalar bilan tanishish.
- Iqtisodiy qism: Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi, asosiy jamg'armalar xarajatlari, dastgohlar, jihozlar va asbob-uskunalar qiymati, ishchilarning ish haqi fondi hisobi, hamda iqtisodiy samaradorlikni aniqlash.