Kasb-hunar ta’limi jarayonida topshiriqli yondashuvga asoslangan holda “Bel kiyimlarining andozalarini tayyorlash”ni loyiha texnologiyasi
Ushbu malakaviy ish kasb-hunar kollejlarida "Bel kiyimlari andozalarini ishlab chiqish" mavzusini o'qitishda topshiriqli yondashuv texnologiyasini qo'llashga bag'ishlangan. Ishda erkaklar shimining konstruktiv va texnologik yechimi shakllantirilgan, mavzu bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlar yaratilgan, shuningdek bitiruv malakaviy ishi kasb-hunar kollejlarida interfaol metodlar yordamida «Bel kiyimlari andozalarini ishlab chiqish» mavzusini o'qitish jarayonida qo'llaniladigan ta'lim vositalari va metodlari ishlab chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Andozalar tayyorlashni texnik shartlari: Andozalar turlari va ularga qo'yiladigan talablar, asosiy andozalarni ishlab chiqish, hosila andozalar, yordamchi andozalar, andozalarni rasmiylashtirishga qo'yiladigan texnik talablar.
- Modelning konstruktiv yechimini shakllantirish: Asos konstruksiya qurish usulini tanlash va asoslash, asosiy konstruksiyani qurish uchun dastlabki ma'lumotlar, asosiy konstruksiyani hisoblash va qurish, konstruktiv modellash.
- Modelning texnologik yechimini shakllantirish: Asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash va asoslash, buyum tikish texnologik tartibini tuzish.
- Kasb-hunar kollejlarida topshiriqli yondashuvni tatbiq etish texnologiyasi: Kasb-hunar kollejlarida topshiriqli yondashuv asosida loyihalar ustida ishlash, kasb-hunar kollejlarida “Bel kiyimlarining andozalarini tayyorlash" mavzusini o'qitish mazmuni va texnologiyasi.
- Ishlab chiqarishda baxtsiz va ishlovchilar sog'ligiga zarar keltiruvchi boshqa xodislarni taftish qilish: Ishlab chiqarishda xodimning baxtsiz hodisa natijasida mehnat qobiliyati yo'qotilishi, ish beruvchining majburiyatlari, baxtsiz hodisani tekshirish tartibi va oqibatlari.