Суғурта иши
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, bozor munosabatlariga moslashtirilgan sug‘urta tizimini barpo etish va uning rivojlanishiga bag‘ishlangan. Qo‘llanmada sug‘urta turlari, sug‘urta faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, funksiyalari, sug‘urta fondini tashkil etish va undan foydalanish, sug‘urta bozori, uning sub’ektlari, xalqaro sug‘urta bozori, bank risklarini sug‘urtalash, avtotransport vositalari egаlarining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash kabi muhim mavzular yoritilgan. Shuningdek, sug‘urta faoliyatini huquqiy tartibga solish, sug‘urta tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari, qayta sug‘urta qilish, maxsus sug‘urta turlari kabi masalalar ham atroflicha tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- 1-mavzu: Sug‘urtaning mohiyati va funksiyalari: Ushbu mavzuda sug‘urta faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va uning asosiy funksiyalari, jumladan sug‘urtaning himoya funksiyasi, ogohlantirish funksiyasi, investitsiya funksiyasi hamda jamg‘arma funksiyasi yoritilgan. Shuningdek, sug‘urtaning iqtisodiy hayotdagi o‘rni va ahamiyati ham tushuntirilgan.
- 2-mavzu: Sug‘urta sohаsidа qo‘llаnilаdigаn аsоsiy аtаmа vа tushunchаlаr: Mavzuda sug‘urta fondini tashkil etish va undan foydalanish bilan bog‘liq asosiy atamalar va tushunchalar, jumladan sug‘urtalovchi, sug‘urtalanuvchi, sug‘urta shartnomasi, sug‘urta polisi, sug‘urta mukofoti kabi tushunchalar tahlil qilingan.
- 3-mavzu: Sug‘urta zаhirаsi vа uning turlаri: Mavzuda sug‘urta zaxirasi, uning shakllanishi va turlari, jumladan sug‘urta zaxiralarining ahamiyati, ularning moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi roli hamda sug‘urta zaxiralarining qanday qilib shakllantirilishi va ularning turlari tushuntirilgan.
- 4-mavzu: Sug‘urta faoliyatida risklar va risklar transfеri: Ushbu mavzu sug‘urta faoliyatida risklar, ularning turlari, risklarni tanlash, baholash va ularni boshqarish hamda risklarni transfer qilish mexanizmlari haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, risklarni transformatsiya qilish va sug‘urta qoplamaasi tushunchalari ham yoritilgan.
- 5-mavzu: Sug‘urta huquqi: Mavzu sug‘urta huquqi tushunchasi, sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar, sug‘urta shartnomalari, ularning turlari va sug‘urta huquqiy munosabatlarning shakllanishi kabi masalalar bilan tanishtiradi.
- 6-mavzu: Sug‘urta tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakllari: Mavzu sug‘urta sohasida davlat monopoliyasining tugatilganligi, aksiyadorlik jamiyatlari, xususiy va boshqa mulk shaklidagi sug‘urta tashkilotlarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularning tashkiliy tuzilmalari haqida batafsil ma’lumot beradi.
- 7-mavzu: Sug‘urta tarifi va uning tarkibi: Mavzu sug‘urta tarifining mohiyati, uni shakllantiruvchi omillar, sug‘urta tarifining tarkibiy qismlari, jumladan sof va yalpi tariflar, shuningdek, tariflarni hisoblash uslubiyatlari haqida tushuncha beradi.
- 8-mavzu: O‘zbekiston sug‘urta bozori: Ushbu mavzu sug‘urta bozori tushunchasi, uning ishtirokchilari, bozorning turlari va rivojlanish ko‘rsatkichlari, jumladan sug‘urta mukofotlarining YAIMdagi salmog‘i, sug‘urta bozoridagi raqobat va uning umumiy holati haqida batafsil ma’lumot beradi.
- 9-mavzu: O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning hozirgi holati: Mavzu O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatining rivojlanish dinamikasi, sug‘urta mukofotlari tushumi va sug‘urta qoplamalari ko‘rsatkichlari hamda sug‘urta shartnomalari va majburiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, mamlakatdagi yirik sug‘urta kompaniyalari faoliyati ham ko‘rib chiqilgan.
- 10-mavzu: O‘zbekistondagi ayrim yirik sug‘urta kompaniyalari faoliyatining tahlili: Mavzu O‘zbekistondagi ayrim yirik sug‘urta kompaniyalari faoliyatini, jumladan ularning sug‘urta mukofotlari tushumi va sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini, sug‘urta shartnomalari sonini hamda sug‘urta majburiyatlarini tahlil qiladi.
- 11-mavzu: Sug‘urta bozori infratuzilmasi: Ushbu mavzu sug‘urta bozori infratuzilmasi tushunchasi, uning funksiyalari va tarkibi, jumladan aktuar, nazoratchi, broket, advokat kabi sub’ektlarning roli va ahamiyati haqida ma’lumot beradi.
- 12-mavzu: Sug‘urta bozorida vositachilar faoliyati: Mavzu sug‘urta agentlari va sug‘urta brokerlarining asosiy vazifalari va ularning sug‘urta bozoridagi o‘rni hamda faoliyatini huquqiy tartibga solish haqida batafsil ma’lumot beradi.
- 13-mavzu: Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish: Ushbu mavzu sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning zaruriyati, shakllari, davlat nazoratining funksiyalari va vazifalari, sug‘urta litsenziyalash tartibi hamda shu kabi muhim masalalar yoritilgan.
- 14-mavzu: Sug‘urta tashkilotining daromad va xarajatlari: Mavzu sug‘urta tashkilotlarining daromadlari, ularning tarkibi va tasnifi, jumladan sug‘urta faoliyatidan olingan daromadlar, investitsiya faoliyatidan olingan daromadlar hamda xarajatlar va ularning tasnifi haqida batafsil ma’lumot beradi.
- 15-mavzu: Majburiy sug‘urta turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari: Ushbu mavzu majburiy sug‘urta tushunchasi, uning paydo bo‘lishi sabablari, asosiy tamoyillari hamda ularning turlari, jumladan transport vositalari egаlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash, yo‘lovchilarni majburiy sug‘urtalash, davlat majburiy sug‘urtasi kabi masalalar yoritilgan.
- 16-mavzu: Qayta sug‘urta: Mavzu qayta sug‘urtalashning mohiyati, uning turlari va shakllari, jumladan faqultativ, obligator va kvoтали qayta sug‘urtalashning o‘ziga xos xususiyatlari hamda qayta sug‘urta risklarini boshqarish va nazorat qilish masalalari tahlil qilingan.
- 17-mavzu: Shaxsiy sug‘urtaning mazmuni va turlari: Ushbu mavzu shaxsiy sug‘urta tushunchasi, uning rivojlanish tarixi, turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan hayot sug‘urtasi, baxtsiz hodisalardan sug‘urta va tibbiy sug‘urta kabi masalalar batafsil yoritilgan.
- 18-mavzu: Yuridik shaxslar mol-mulklarini sug‘urta qilish: Mavzu yuridik shaxslarning mol-mulklarini sug‘urtalashga oid klassifikatsiyalar, sug‘urta holatlari, ularning huquq va majburiyatlari hamda sug‘urta shartnomalarini amalga oshirish va tugatish tartiblari haqida ma’lumot beradi.
- 19-mavzu: Avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urtasi: Ushbu mavzu avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashning zaruriyati, ahamiyati, asosiy shartlari va tariflari, shuningdek xalqaro tajriba va bu sohadagi huquqiy tartibga solish masalalari haqida batafsil ma’lumot beradi.
- 20-mavzu: Notariuslar qasbiy javobgarligini sug‘urta qilish: Mavzu notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalashning mohiyati, shartnomalari, tariflari va sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish tartiblari haqida tushuncha beradi.
- 21-mavzu: Auditor qasbiy javobgarligini sug‘urtalash: Ushbu mavzu auditorlarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalashning zaruriyati, sug‘urta shartnomalarini tuzish hamda sug‘urta tariflarini aniqlash va sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish tartiblari haqida ma’lumot beradi.
- 22-mavzu: O‘zbekistonda va xorijiy mamlakatlarda bank riskini sug‘urtasi: Mavzu bank depozitlarini sug‘urtalashning zaruriyati, mexanizmi, jumladan xorijiy mamlakatlardagi tizimlar, O‘zbekistondagi holat va bank risklarini sug‘urtalashning ahamiyati haqida ma’lumot beradi.
- 23-mavzu: Buyuk Britaniyaning sug‘urta tizimi: Ushbu mavzu Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning o‘rni va ahamiyati, asosiy sug‘urta turlari hamda davlat tomonidan sug‘urta tizimini tartibga solish masalalari batafsil yoritilgan.
- 24-mavzu: Amerika Qoshma Shtatlarida sug‘urtaning rivojlanishi: Mavzu Xalqaro sug‘urta bozorida AQShning o‘rni, Amerika Qoshma Shtatlarida sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish hamda yirik sug‘urta kompaniyalari haqida batafsil ma’lumot beradi.