Sug‘urta ishi

Uslubiy qo‘llanma “Sug‘urta ishi” fanidan amaliy mashg‘ulot o‘tish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda sug‘urta nazariyasi va amaliyotini chuqur o‘rganishga yordam beradigan ma’lumotlar, nazorat savollari, mustaqil ish mavzulari, testlar va glossariy keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • SUG‘URTANING IQTISODIY MOHIYATI VA UNING BOZOR MUNOSABATLARIDA TUTGAN O‘RNI: Mazkur mavzu sug‘urta munosabatlarining paydo bo‘lishidan tortib to bugungi kungacha rivojlanish bosqichlari, sug‘urta munosabatlarining qonunlar orqali tartibga solish, sug‘urta fondlari va funksiyalari, sug‘urta tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakllari, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy asoslari, sug‘urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari va ularni amalga oshirilishi tartibi, sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish tizimi, sug‘urtada tarif siyosatining yuritilishi hamda sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligiga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha maqsad va vazifalar to‘g‘ri aniqlangan.
  • SUG‘URTA MUNOSABATLARIDA QO‘LLANILADIGAN IBORA VA TUSHUNCHALAR: Quyidagi atamalarga izoh berilgan: Sug‘urta bozori, sug‘urta vositachilari, sug‘urta hodisasi, sug‘urta qoplamasi, sug‘urta mukofoti, sug‘urta polisi, sug‘urta shartnomasi, sug‘urta dalolatnomasi, franshiza, anderrayter, kargo, kasko, mulkiy sug‘urta, ixtiyoriy sug‘urta, majburiy sug‘urta, shaxsiy sug‘urta, javobgarlik sug‘urtasi, aktuariy, abandon, broker, adjaster, syurveyr.
  • SUG‘URTA FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA SUG‘URTA KOMPANIYALARINING TASHKILIY-HUQUQIY SHAKLLARI: Sug’urta munosabatlarini tartibga solishda huquqning ahamiyati, sug’urta huquqi va uning mazmuni, sug’urta qonunchiligi va uning tarkibiga kiruvchi asosiy qonunchilik hujjatlari, umumiy sug’urta qonunchiligi, maxsus sug’urta qonunchiligi, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida sug’urta munosabatlarining aks ettirilishi, sug’urta qonunchiligida Fuqarolik kodeksining tutgan o’rni va ahamiyati, Fuqarolik kodeksi 52-bobidagi ayrim moddalarning talqini va amaliyotda qo’llanilishi kabilar yoritilgan.
  • SUG‘URTADA TARIF SIYOSATI: Quyidagi atamalarga izoh berilgan: Aktuar hisob-kitoblar, sug’urta tarifi tushunchasi va unga ta’sir etuvchi omillar, brutto stavka, netto stavka, netto stavkasiga ustama, aktuariylar faoliyati, hayot sug‘urtasi zahiralari, umumiy sug‘urta zahiralari.
  • SUG‘URTA BOZORI VA UNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH: Quyidagi atamalarga izoh berilgan: Sug‘urta bozori, milliy sug‘urta bozori, mntaqaviy sug‘urta bozori, halqaro sug‘urta bozori, sug‘urta bozori ishtirokchilari, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari, sug‘urta bozorini davlat tomonidan nazorat qilish shakllari, davlat sug‘urta nazorati inspeksiyasining funksiya va vazifalari.
  • SUG‘URTA KOMPANIYASINING MOLIYAVIY ASOSLARI: Quyidagi atamalarga izoh berilgan: Sug’urtalovchining moliyaviy holatini belgilovchi elementlar: aktiv, majburiyat, kapital, sug’urta tashkiloti moliyaviy natijasini baholash bilan bog’liq elementlar: daromad va xarajatlar, sug’urta tashkiloti buxgalteriya hisobotining tarkibi: balans, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot va boshqalar.
  • SHAXSIY SUG‘URTA: Quyidagi atamalarga izoh berilgan: Shaxsiy sug’urta, shaxsiy sug’urtani amalga oshirishning asosiy tamoyillari, shaxsiy sug’urta shartnomalarining muhim bo’lgan shartlari, hayot sug’urtasi, o’lim hodisasidan sug’urtalash, ma’lum yoshgacha sug’urta qilish, renta sug’urtasi, hayotni aralash sug’urtasi, baxtsiz hodisalardan, kasalliklardan sug’urtalash, tibbiy sug’urta.
  • JAVOBGARLIKNI SUG‘URTA QILISH: Quyidagi atamalarga izoh berilgan: Javobgarlik sug’urtasi, javobgarlik sug’urtasida sug’urta ob’ekti va sub’ekti, fuqarolik javobgarligi: uning namoyon bo’lish shakllari, javobgarlik sug’urtasi turlari, chet mamlakatlarga chiquvchi transport egalarining fuqarolik javobgarligi sug’urtasi: xalqaro “Yashil karta” tizimi, kasbiy javobgarlik sug’urtasi.
  • MULKIY SUG‘URTA: Quyidagi atamalarga izoh berilgan: Mulkiy manfaatlarni sug’urtalash, mulk sug’urtasida ob’ekt va sub’ektlar, mulk sug’urtasi boyicha shartnomalarni tuzilishi va ijro etilishi, jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug’urtalash, fuqarolarga tegishli uy-joylar, qishloq xo’jalik hayvonlarini sug’urtalash, fuqarolarning shaxsiy transport vositalarini sug’urtasi: asosiy turlari va javobgarlik hajmi.
  • MAJBURIY DAVLAT SUG‘URTA TURLARI VA ULARNI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI: Quyidagi atamalarga izoh berilgan: Majburiy sug‘urta haqida tushuncha, majburiy sug‘urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari, sug‘urta tariflari, summasi, shartlari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari hamda xodimlarini majburiy davlat sug‘urtasi, Davlat bojxona va soliq organlari xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasiga olish tartibi.
  • QISHLOQ XO‘JALIGINI SUG‘URTALASH: Quyidagi atamalarga izoh berilgan: Qishloq xo’jalik hayvonlarini sug’urta qilishning zarurligi va ahamiyati, sug’urta sub’ekti va ob’ekti, sug’urta faoliyati klassifikatori 8 va 9-klasslarining mazmun-mohiyati, benefitsiar, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga tegishli mol-mulklar va ularni sug’urta qilishning zarurligi, qishloq xo’jalik mahsuloti etishtiruvchi xo’jaliklarning ekinlardan kam hosil olish natijasida ko’radigan moliyaviy zarari miqdorini-sug’urta summasini aniqlash uslubi, sug’urta risklarini tahlil etish.
  • QAYTA SUG‘URTA QILISH ASOSLARI: Quyidagi atamalarga izoh berilgan: qayta sug’urtalashni tashkil etishning zarurligi va mohiyati, sug’urta portfelini muvozonatlashtirishda va risklarni taqsimlashda qayta sug’urtalashning roli, qayta sug’urtalash shartnomasining tuzilishi va asosiy shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, qayta sug’urtalash sohasida qo’llaniladigan asosiy ibora va atamalar, kvotali qayta sug’urtalash, nisbiy va nonisbiy qayta sug’urtalash, fakultativ va obligatorli qayta sug’urtalash.
  • SUG‘URTA TASHKILOTINING IQTISODIYOTI VA UNI MOLIYAVIY BARQARORLIGI: Quyidagi atamalarga izoh berilgan: Sug’urtalovchining moliyaviy holatini belgilovchi elementlar: aktiv, majburiyat, kapital, sug’urta tashkiloti moliyaviy natijasini baholash bilan bog’liq elementlar: daromad va xarajatlar, sug’urta tashkiloti buxgalteriya hisobotining tarkibi: balans, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot va boshqalar.