“Mintaqaviy iqtisodiyot” fanidan amaliy ishlarni bajarishga oid uslubiy qo’llanma
Ushbu uslubiy qo'llanma «Mintaqaviy iqtisodiyot» fanidan amaliy ishlarni bajarishga oid bo'lib, institutda tayyorlanadigan barcha bakalavriat yo'nalishlari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma amaliy ishlarni tayyorlash va bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatma va tavsiyalar, shuningdek, amaliy darslarning ish dasturi hamda mavzular yuzasidan topshiriqlarni o'z ichiga oladi. Kitobda mintaqaviy iqtisodiyotning nazariy asoslari, iqtisodiyot tarmoqlarini hududiy tashkil etish, mintaqaviy siyosat, urbanizatsiya, iqtisodiy salohiyat, rivojlanish strategiyalari, byudjet tizimi, mintaqaviy diagnostika, prognozlashtirish, hududiy mehnat taqsimoti, Toshkent, Farg'ona, Mirzacho'l, Markaziy, Janubiy, Quyi Amudaryo iqtisodiy mintaqalari kabi mavzular chuqur yoritilgan.
Asosiy mavzular
- “Mintaqaviy iqtisodiyot” fanining mohiyati va vazifalari: Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari, tadqiqot ob'ekti va metodlari, shakllanish davri va boshqa fanlar bilan aloqasi, hududiy makonni o'rganish muammolari, O'zbekistonda fanning shakllanishi va joy (lokatsion)ga baho berish kabi masalalar yoritilgan.
- Iqtisodiyot tarmoqlarini hududiy tashkil qilishning ilmiy asoslari: Mintaqaviy iqtisodiyotda joylashtirish muammolari, asosiy omillari va qonuniyatlari, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tamoyillari, ularning mohiyati va shakllari, A.Lyosh g'oyasi, yer va resurslardan foydalanish masalalari, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish kabi mavzular qamrab olingan.
- Mintaqaviy siyosatning mazmuni, tamoyillari va maqsadi: Mintaqaviy siyosatning mohiyati, vazifalari, tamoyillari, sub'ektlari va dastaklari, rivojlangan mamlakatlarda mintaqaviy siyosatning roli, O'zbekistonda olib borilayotgan mintaqaviy siyosat kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
- Urbanizatsiya va aholi manzilgohlari: Urbanizatsiya jarayoni, hududlar iqtisodiyotining ixtisoslashuvi, shahar hosil qiluvchi omillar, urbanizatsiya ahamiyati, mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatida shaharlarning roli, yirik shaharlar va ularning ahamiyati kabi mavzular tahlil qilingan.
- Minataqalarning iqtisodiy salohiyatini o`rganish muammolari: Mintaqalarni o'rganishdagi nazariy va uslubiy yondashuvlar, O'zbekiston mintaqalarining iqtisodiy salohiyati, ularning tasnifi, tabiiy boyliklari, hududiy rivojlanishni o'rganishdagi metodologik yondashuvlar ko'rib chiqilgan.
- Mintaqalarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalari: Hududiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish zaruriyati, rivojlanish konsepsiyalari va tamoyillari, strategiyalarni amalga oshirish mexanizmlari, mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi va tabiiy-iqtisodiy salohiyatidagi farqlar yoritilgan.
- Hududiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishning xorij tajribalari: AQSh, Sharqiy va G'arbiy Yevropa, MDH mamlakatlari tajribasida hududiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, ularning ustuvor yo'nalishlari va mintaqaviy klasterlarni tashkil etish masalalari ko'rib chiqilgan.
- Mintaqalarda byudjet tizimi va uning asosiy vazifalari: Mintaqa byudjeti va uning tarkibi, hududiy rivojlantirish byudjetlari, mintaqaviy byudjet tizimini shakllantirish tamoyillari va moliyaviy munosabatlarni boshqarishdagi asosiy vazifalar yoritilgan.
- Hududiy rivojlanishda muammoli mintaqalar va ularni tartibga solish zaruriyati: Hududiy rivojlanishni tartibga solish shakllari, muammoli hududlarni tartibga solish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solish shakllari va rivojlangan davlatlar tajribasi ko'rib chiqilgan.
- Mintaqaviy diagnostika va uning mohiyati: Mintaqa iqtisodiyotini diagnostika qilish muammolari, ko'rsatkichlari, mahalliy ishlab chiqarish tizimlarini diagnostika qilish, mintaqaning ekologik vaziyatiga baho berish kabi masalalar tahlil qilingan.
- Mintaqaviy iqtisodiyotda prognozlashtirish muammolari: Mintaqalar rivojlanishini prognozlashtirishning nazariy yondashuvlari, metodlari, usullari, bosqichlari va davriy qatorlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni modellashtirishda qo'llaniladigan dasturlar yoritilgan.
- Hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlar tasnifi: Hududiy mehnat taqsimotining mohiyati va bosqichlari, iqtisodiy rayonlar va ularning shakllanishi, O'zbekistonda iqtisodiy rayonlar tasnifi va rivojlanish dinamikasi ko'rib chiqilgan.
- Toshkent iqtisodiy mintaqasi: Toshkent iqtisodiy mintaqasining joylashgan o'rni, tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi va mehnat resurslari, asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari va iqtisodiyoti ta'rifi tahlil qilingan.
- Farg’ona iqtisodiy mintaqasi: Farg'ona iqtisodiy mintaqasining joylashgan o'rni, tabiiy sharoiti va boyliklari, aholisi va mehnat resurslari, sanoati va qishloq xo'jaligi, ijtimoiy sohalar, investitsiya, transport va tashqi iqtisodiy aloqalari ko'rib chiqilgan.
- Mirzacho’l iqtisodiy mintaqasi: Mirzacho'l iqtisodiy mintaqasining shakllanishi va tarkibi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mintaqaning milliy iqtisodiyotdagi o'rni tahlil qilingan.
- Markaziy iqtisodiy mintaqa: Markaziy iqtisodiy mintaqaning joylashgan o'rni, tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi va mehnat resurslari, mintaqa iqtisodiyotining umumiy ta'rifi ko'rib chiqilgan.
- Janubiy iqtisodiy mintaqa: Janubiy iqtisodiy mintaqasining shakllanishi va tarkibi, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mintaqaning milliy iqtisodiyotdagi o'rni tahlil qilingan.
- Quyi Amudaryo mintaqasi: Quyi Amudaryo iqtisodiy mintaqasining joylashgan o'rni, tabiiy va iqtisodiy sharoiti, resurs salohiyati, aholisi va mehnat resurslari, asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari, ixtisoslashganlik darajasi va rivojlanishdagi roli ko'rib chiqilgan.