Iqtisodiy ta`limotlar tarixi

Ushbu kitobning asosiy mazmuni iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganish, ya’ni iqtisodiy fikrlar, g‘oyalar, nazariyalar va ta’limotlarning asrlar davomida shakllanishini, rivojlanishini va ularning o‘ziga xosligini o‘rganishga qaratilgan. Kitobda iqtisodiy nazariyadagi asosiy uslubiy masalalar, iqtisodiy nazariyaning fan sifatida rivojlanishi va o‘sha davrning iqtisodiy holati o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda yaratilgan nazariyaning mazmunini to‘laroq tushuntirib beruvchi uning ichki bog‘liqliklari va ishlash mexanizmlari ko‘rib chiqilgan va tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanining predmeti va o‗rganish usuli: Bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonida iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fani insonlarning iqtisodiy bilim saviyasini oshirish, iqtisodiy fikr, g‗oya, nazariyalarning kelib chiqish tarixini, ularning mohiyatini, iqtisodiy maktablar, hozirgi zamon iqtisodiy yo‗nalishlari, ularning asosiy qoidalarini yaxshi bilish, har bir nazariyaning o‗ziga xosligini, uning asosiy tomonlarini, nazariya bilan amaliyotni bir-biriga bog‗lab o‗rganish zarurligini, har qanday iqtisodiy xulosa universal bo‗lmasligini, shu bois ularning amal qilish xususiyatlarini to‗g‗ri tushinishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  • Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy qarashlar: Kishilik jamiyatining dastlabki davrlaridan boshlab xo‗jalik yuritish to‗g‗risida u yoki bu ko‗rinishdagi iqtisodiy fikrlar amal qilib kelgan. Lekin o‗sha paytdagi iqtisodiy fikrlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bizning davrimizga yetib kelmagan. Chunki ularni avlodlardan avlodlarga, asrlardan asrlarga olib o‗tuvchi vosita – yozuv bo‗lmagan. Yozuv qachon paydo bo‗lgan? Yozuv bundan olti ming yil avval, miloddan to‗rt ming yil oldin, o‗sha davrning madaniyat o‗chog‗i hisoblangan Mesopotamiyada ijod qilindi. Qadimgi yunon tarixchilari hozirgi Iroqdagi Dajla va Frot daryolari oralig‗idagi joylarni «Mesopotamiya» deb atashgan.
  • Qadimgi Xitoy iqtisodiy g„oyalari: Qadimgi Xitoy iqtisodiy g„oyalari. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m.av. 551 – 479-y.) alohida o‗rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat va mulohaza») to‗plamida aks ettirilgan. Uning fikricha, mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko‗paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko‗proq qo‗llaydi. Bu yerda u xo‗jalik yuritishda xususiy mulkni ustun qo‗yadi.
  • Merkantilizm iqtisodiy ta‟limoti: Merkantilizm iqtisodiy ta‘limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur va nufuzli oqim bo‗lib, bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago universitetining professori, iqtisodiyot sohasida Nobel mukofoti sohibi Milton Fridmen (1912) o‗z g‗oyadoshlari – monetaristlar bilan birga pul massasi bilan ishlab chiqarish o‗rtasidagi bog‗liqlikni tadqiq qildilar. Monetarizm keynschilar ta‘limotiga muqobil tarzda yuzaga kelgan bozor iqtisodiyoti davrida pulni olqishlovchi nazariyadir. Bozor mexanizmi ustunligiga asoslangan M.Fridmen nazariyasiga ko‗ra erkinlik va xususiy tadbirkorlik o‗rtasida ichki bog‗liqlik mavjud. Faqat xo‗jalik erkinligi sharoitida siyosiy erkinlikka, iqtisodiy samaradorlikka va tenglikka erishish mumkin.
  • Neoliberalizm va ijtimoiy bozor xo„jaligi: Liberalizmning asosiy belgilari erkin raqobat davrida tovarli iqtisodiyotning o‗ziga xosligini aks ettirganligidir. Liberalizm iqtisodiy siyosat sifatida erkin tadbirkorlik tizimini xo‗jalikni tashkil etishning ancha qulay shakli, deb qaragan. Erkin bozor mexanizmi iqtisodiy resurslarni optimal taqsimlash va foydalanishni ta‘minlaydigan yagona tartiblovchi mexanizm hisoblangan, davlat esa, ba‘zi bir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi kuch sifatida amal qilgan (A.Smit bo‗yicha ―tungi qorovul‖).
  • Xalqaro savdo nazariyalari: Adam Smit turli mamlakatlarda tovarlarni ishlab chiqarishda mutlaq xarajatlardagi farq xalqaro savdo rivojlanishining asosini tashkil etadi, degan tezisni asoslab berdi. Unga ko‗ra ba‘zi mamlakatlar boshqa mamlakatlarga nisbatan tovarlarni kam xarajat sarflab, samarali ishlab chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu mamlakatlar mazkur tovarlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Mutlaq ustunlik yuqori mehnat unumdorligida va tovarlarni ishlab chiqarishda kam xarajatlarda namoyon bo‗ladi.
  • Iqtisodiy o„sish to„g„risidagi nazariyalar: Makroiqtisodiyotga berilgan e‘tibor va taqsimot masalalari Rikardoning 19-asrning 1 choragida olib borilgan ta‘limotlaridan tortib to 1930-yillarigacha, ya‘ni sanoatlashgan dunyoni larzaga solgan Buyuk depressiya sharoitlarigacha o‗z ustunligiga ega bo‗lib keldi. Ko‗pchilik iqtisodchilar nazariyasini qo‗llashda, taklif va talab o‗rtasidagi bog‗liqlikni nazarda tutiladi. Shuningdek, ishlab chiqarish omillari qiymatlari va ularning o‗zaro ta‘sirini hisobga olgan holda nazariyalar rivojlanishi mumkin.