"Xitoy fond bozorining shakllanish va rivojlanish xususiyatlari "
Ushbu kitob Xitoy Xalq Respublikasining moliyaviy bozorlari, xususan, fond birjalarining rivojlanish tarixi, xususiyatlari va jahon iqtisodiyotidagi o'rni haqida ma'lumot beradi. Kitobda Shanxay fond birjasining tuzilishi, qimmatli qog'ozlar indeksi tarkibi, turli ko'rsatkichlar va O'zbekistonda Xitoy tajribasini qo'llash imkoniyatlari tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Fond birjalarining nazariy asoslari: Fond birjalarining mohiyati, jahon iqtisodiyotdagi o'rni, boshqaruv tizimi va birja bitimlarining xususiyatlari ko'rib chiqilgan.
- Xitoy Xalq Respublikasida fond birjalarining ahamiyati: Xitoyda fond bozorining tashkil etilishi, rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari, qimmatli qog'ozlar bozori, aksiyalar bozori va ularning turlari tahlil qilingan.
- Globallashuv jarayonida Xitoy fond bozorining xalqaro fond bozorlariga integratsiyalashuvi: Shanxay fond birjasining rivojlanish istiqbollari, Xitoy tajribasini O'zbekistonda tadbiq etish imkoniyatlari va fond bozorini rivojlantirish masalalari yoritilgan.