Mikroiqtisodiyot fanidan masalalar to‘plami
Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanma "Mikroiqtisodiyot" fanining asosiy maqsadi talabalarda milliy iqtisodiyotning birlamchi bo'g'ini subyektlari: alohida firmalar, alohida iste'molchilar va alohida bozorlar faoliyati va ularning oqilona qaror qabul qilishi bo'yicha bilim va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o'tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo'jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo'llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o'rgatuvchi bilimga bo'lgan ehtiyoj ortib boradi. Bu masalalarni hal qilishda "Mikroiqtisodiyot" fanining ahamiyati katta, chunki bu fan iqtisodiyot fanining tarkibiy qismi bo'lib, u korxonalar, firmalar, birlashmalar, uy xo'jaliklari va bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining quyi qismida amal qiladigan barcha bozor subyektlarining faoliyatini keng miqiyosda tahlil etish asosida tegishli xulosalar chiqarib, qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi.
Asosiy mavzular
- Kirish: Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning ko'lamini kengaytirish bilan bog'liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o'rganishda "Mikroiqtisodiyot" fani muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bugungi kunda hukm surayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida iste'molchilar talabining o'zgarishi, real sektorda yaratilayotgan tovar va xizmatlar narxining shakllanishi, foydani maksimallashtirish, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish shuningdek, narxga va boshqa omillarga bog'liq talab va taklif elastikligining mazmun mohiyati, davlatning bozorga aralashuvi, ya'ni tovarlarga minimal va maksimal narxlarni o'rnatish va uning oqibatlari bilan bog'liq tushunchalar va qarashlar hamda tizimiy tahlil qilishda "Mikroiqtisodiyot” fani alohida o'rin tutadi.
- I BOB. MIKROIQTISODIYOT FANIGA KIRISH: O'zbekistonlik tadbirkor Moskvaga sayohat qilgani bormoqchi. Moskvaga samolyot va poyezd reyslari har kuni mavjud. Moskvagacha boʻlgan masofani samolyot 4 soatda, poezd esa 6 kunda bosib o'tadi. Agar tadbirkor samolyotda borishni ma'qul ko'rsa parvoz vaqti uning ish vaqtiga to'g'ri kelganligi bois, bir ish kunidan mahrum bo'ladi. Poyezdda boradigan bo'lsa, tadbirkorning ish kuni dushanbadan jumagacha ekanligini inobatga olsak, u har bir ish kuni uchun 80 ming so'm pul mablag'ini olishdan mahrum bo'ladi. Agar, samolyot chiptasi 900 ming so'm, poyezd chiptasi esa 500 ming so'm bo'lsa, tadbirkor uchun maqbul variantni aniqlang.
- II BOB. IQTISODIYOTNING O`NTA TAMOYILI: Quyidagilarning har biri duch kelishi mumkin bo'lgan tanlovlarni ifodalab bering: a. Mashina sotib olish yoki olmaslikni hal qilayotgan oila b. Milliy parklarga qancha sarflash kerakligini hal qilayotgan Kongress a'zosi c. Yangi zavod ochish yoki ochmaslikni hal qilayotgan kompaniya prezidenti d. Darsga qancha tayyorlanish kerakligini hal qilayotgan professor e. Universitetga kirish yoki kirmaslikni hal qilayotgan kollejni yaqinda bitirgan oʻquvchi
- III BOB. TALAB, TAKLIF VA BOZOR MUVOZANATI: "Nozima” savdo do'konida radiopryomniklar narxi 15 400 so'm boʻlib belgilangan va savdo do'konining yonida xuddi shunday tovarlar bilan savdo qiluvchi do'kon mavjudligi tufayli u 1 oyda 15 ta radiopriyomnik sotar edi. Raqobatga chiday olmagan qo'shni do'kon oʻz do'konini yopib, boshqa joyga koʻchirdi. “Nozima
- IV BOB. ELASTIKLIK VA UNING HISOBLANISHI: Kitobning narxi 50% ga o'sgan holda, unga talab 30% ga oshsa, elastiklik koeffitsiyentini toping. Ed=∆Q/AP=30/50=0.6 E<0.6 Javob: elastiklik emas.
- V BOB. NARX USTIDAN NAZORAT VA BOZOR FAOLIYATI: Klassik musiqa ixlosmandlari “Congress'ni konsert bileti uchun eng yuqori narxni 40$ etib belgilashga koʻndirishmoqda. Buning natijasida klassik musiqa konsertida koʻproq odam qatnashadimi yoki kamroq? Hukumat bozordagi pishloq narxi juda pastligi to'grisida qaror qabul qildi: a. Tasavvur qiling, hukumat pishloq uchun bozorda eng past narxni oʻrnatdi. Talab va taklif chizig'ini chizing, bu siyosatning pishloq narxiga va sotilgan pishloq hajmiga ta'sirini grafikda koʻrsating. Bu yerda pishloq yetishmovchiligimi yoki ortiqchaligimi?
- VI BOB. ISTE'MOLCHILAR, ISHLAB CHIQARUVCHILAR VA BOZORLAR SAMARADORLIGI: Erkin Toshkent madaniyat institutida talaba. Kundalik mayda-chuyda xarajatlari uchun kollejda ma'rifiy tadbirlarni uyushtirishda tashkilotchi boʻlib ishlaydi. Bajaradigan ishi badiiy film namoyish etishni tashkil etish. Asosiy ishlaridan biri kinofilm ko'rish uchun biletga narx belgilash. Kinofilmlar zalida 700 oʻrin, film prokati uchun to'lanadigan haq 180 ming so'm, jami ijaraga olish haqi 250 ming so'm. Operatorlarga 15 ming so'm, bilet tekshiruvchilarga 15 ming so'm. Bilet narxiga koʻra quyidagicha
- VII BOB. ISTE`MOLCHI TANLOVI NAZARIYASI: Iste'molchilarning naflili funksiyasi quyidagicha U=2x*y x - apelsin iste'mol hajmi u – banan iste'mol hajmi 1 kg apelsin narxi 2 dollar, 1 kg banan narxi 5 dollar. Iste'molchi ushbu mahsulotni iste'mol qilish uchun 1 haftada 20 dollar sarflaydi. Ma'lumki, banan narxi oshgani uchun uning narxi 3 dollarga tushdi, apelsin narxi oʻzgarmay qoldi?
- VIII BOB. BOZOR VA TAVAKKALCHILIK: Sizning ishga joylashishshingiz uchun 2 yoʻl mavjud: 1) Xususiy korxonaga ishga kirib, korxona muvaffaqiyatga erishsa, 6mln.so'm, muvaffaqiyatga erishmasa 3mln. soʻm oylik olasiz/ 2)Davlat korxonasida ishlasangiz, 451ming so'm, korxona toʻliq ishlashga ulgurmasa 351ming so'm oylik olasiz.
- IX BOB. ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI: Korxona bir kunda umumiy qiymati 30 000 so'mlik bir turdagi 10 birlik mahsulot chiqaradi va sotadi. 1)Mehnat unumdorligi 3 marta oshdi. 2) Mehnat unumdorligi 2 marta oshdi. Mahsulot birligining va barcha mahsulotning qiymati qanchaga oʻzgaradi?
- X BOB. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI: Firma xarajatlari va ishlab chiqarish oʻzgarmagan holda, har bir mahsulot hajmini S ga oshirib sotgan. Firma daromadi necha marta ortadi?
- XI BOB. RAQOBATLASHGAN BOZORLAR DAGI FIRMALAR: Firmada birinchi tur mahsulotdan N dona, ikkinchi tur mahsulotdan esa M dona ishlab chiqarib sotildi. Birinchi tur mahsulotdan S soʻm/dona, ikkinchi tur esa I soʻm/dona. Bu mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan umumiy xarajat K soʻm boʻlsa, olingan umumiy foyda (zarar)ni toping.
- XII BOB. MONOPOLIYA BOZORLARDA FIRMANING QAROR QABUL QILISHI: "Ziyo" aksionerlik jamiyati 2 mln so'm foyda qildi. Firma aksiyalarining 15%i Otabek Murodovga, 25%i Rayim Karimovga, 35%i Begzod Axmedovga tegishli boʻlsa, ular qanchadan divident oladilar?
- XIII BOB. MONOPOLISTIK RAQOBATLASHGAN BOZOR: Duopol bozordagi talab funksiyasi hamda 1 va 2 firmaning xarajat funksiyasi berilgan: Qd=600-2P TC1=0,25*Q12 TC2=30*Q2 Firmalar raqobat yechim strategiyasini tanlasa: 1)Har bir firma qancha mahsulot ishlab chiqaradi? 2) Qancha foyda oladi? 3)Muvozanat narx qancha?
- XIV BOB. OLIGOPOLIYA SHAROITIDA FIRMALAR FAOLIYATI: Bozorda 2 ta firma raqobatlashmoqda, ya'ni duopolist holat vujudga kelgan. Duopolistlarni bozor talabi chizig'i chiziqli funksiya orqali ifodalanadi. Q=40-P yoki P=40-Q Ikkala firmaning umumiy ishlab chiqarish hajmi Q=Q1+Q2. Ikkta firmaning chekli xarajati 4 ga teng: MC1=MC2=4.
- XV BOB. TURLI BOZORLARDA NARXLARNI SHAKLLANTIRISH: Ishlab chiqaruvchi firma, ulgurji savdo bilan shug'ullanuvchi firma chakana savdo firmasi, xaridor tizimidan quyidagilar ma'lum bo'lsin: mahsulotlar tannarxi – 500 so'm; ulgurji savdo xarajatlari – 100 soʻm; Chakana savdo xarajatlari 150 so'm. Taqsimlash kanallari har birlarining foydasi tovar tannarxining 20%iga teng. Xaridor tovarni qanday tannarxda sotib oladi?
- XVI BOB. ISHLAB CHIQARISH OMILLARI BOZORI: Malakali mehnat bozorida mehnatga boʻlgan talab va taklif funksiyalari berilgan. LD=17000-400W Ls= - 5000+700W LD, Ls – ish vaqti soatlari; W - soatbay ish haqi dollarda. Firma mehnat bozorida monopolist hisoblanadi va mahsulotini raqobatlashgan bozorda sotadi. Aniqlansin: a) firmaga yollangan ishchilar soni (soatbay) va ish haqi stavkasi; b) ishchilar tomonidan olinadigan renta; c) ishchilar kasaba uyushmasiga birlashib harakat qilsalar va kasaba uyushmasi mehnat bozorida monopolist sifatida harakat qilsa, firma tomonidan qancha ishchi yollanadi, ish haqi stavkasi va ishchilar tomonidan olinadigan renta.
- XVII BOB. TASHQI TA`SIRLAR VA DAVLAT SIYOSATI: Tashqi ta'sirlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida, iste'molchilar oʻrtasida va iste'molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin. Bir tomonning faoliyati ikkinchi tomon sarf-xarajatini yuzaga keltirsa, tashqi ta'sirlar salbiy boʻlishi mumkin yoki bir tomon faoliyati ikkinchi tomonga foyda keltirsa u ijobiy boʻlishi mumkin.
- XVIII BOB. IJTIMOIY ΝΕ`MATLAR VA UMUMIY RESURSLAR: Firma 100 mln so'm kapital qo'yib, 10 mln so'm foyda koʻrsa, kapital rentabelligini toping.