Strategik menejment
Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Strategik menejment" fanining asosiy tushunchalari, tamoyillari va zamonaviy menejmentda tutgan o'rni haqida batafsil ma'lumot beradi. Unda strategik rejalashtirish, kompaniya holatini tahlil qilish, raqobat strategiyalari, diversifikatsiya va marketing strategiyalarini ishlab chiqish kabi muhim mavzular yoritilgan. Har bir mavzu bo'yicha nazariy materiallar, nazorat savollari va mavzu bo'yicha tavsiya etilgan adabiyotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Strategik menejment: Fanining mohiyati, asosiy vazifalari, jarayonning ta'rifi, ijrochilari, rejalashtirish va uning afzalliklari, strategik fikrlash va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida strategik menejmentning ahamiyati.
- Strategiya yaratishning vazifalari: Strategik ko'rishni shakllantirish, kompaniya maqsadlarini o'rnatish (uzoq va qisqa muddatli maqsadlar), strategiyani ishlab chiqish, uning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar, strategiya yaratishga turli xil yondashuvlar, g'alaba qozonish strategiyasini belgilovchi mezonlar, missiya, maqsadlar, strategiyalar birligi, raqobat kurashida ustunlik.
- Tarmoqdagi umumiy holat va undagi raqobatning tahlili: Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va usullari, tarmoqni ta'riflovchi umumiy iqtisodiy ko'rsatkichlar, raqobat kuchlari va ularning ta'sirining darajasi, raqobat kuchlari tarkibida o'zgarish yasovchi omillar, kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari, raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari, soha va raqobat tahlillarini umumlashtirish, tajoovuzkor kompaniyalarni aniqlash, raqiblarning maqsadlari va strategiyalarini turkumlash, muvaffaqiyatning kalit omillari, tarmoqdagi vaziyatni umumiy baholash.
- Kompaniya holati tahlili: Kompaniya strategik pozitsiyasini baholash uslubi, amaldagi strategiyaning samaradorligi, kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari, narxlari va xarajatlari raqobatbardoshligi, kompaniya raqobat pozitsiyasining mustahkamligi, kompaniya duch keladigan strategik muammolar, qadriyatlar zanjiri, muammolarni aniqlash va ifodalash, kompaniya avvalgi strategiyasini amalga oshira olishi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kompaniyalar holatini tahlil qilish.
- Strategiya va raqobat ustunligi: Raqobatning 5 ta umumiy strategiyasi, raqobat ustunligini saqlab qolish uchun hujumkorlik strategiyasi, raqobat ustunligini himoya qilish uchun mudofaa strategiyalari, vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi, boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari.
- Marketing strategiyasini mavjud vaziyatga moslashtirish: Korxona strategiyasini mavjud sharoitga ko’niktirish, yangi tarmoqlarda raqobat strategiyasi, etuklik bosqichida bo’lgan tarmoqlarda raqobat strategiyasi, depsinayotgan yoki tushkunlik holatidagi korxonalar uchun strategiya, tarqoq tarmoqlarda raqobat strategiyasi, xalqaro bozorlarda raqobat strategiyasi, ikkinchi darajali o’rinda bo’lgan korxonalar strategiyasi, muvaffaqiyatli ishbop strategiya ishlab chiqish uchun tavsiyalar.
- Diversifikatsiyalashning korporativ strategiyalari: Korporatsiyaning o’sishi va rivojlanishi, diversifikatsiyalashni qo’llash, vertikal integratsiya, yangi tarmoqlarga kirish strategiyasi, turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi, noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi, qisqartirish va tugatish strategiyasi, qayta tarkiblashtirish strategiyasi, ko’pmillatli diversifikatsiyalash strategiyasi, noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalanish strategiyalari, diversifikatsiyalanishning ko’p millatli strategiyalari.
- Kompaniya strategik tahlili: Kompaniyaning joriy strategiyasini belgilash, matritsali tahlil yordamida diversifikatsiyalangan portfelni baholash, o’rta korxonalar evolyutsiyasining matriksasi, diversifikatsiyalangan kompaniyaning strategiyasini aniqlash, korporativ strategiyani ishlab chiqish, bozorga kirish va chiqish strategiyasi.