Standartlashtirish asoslari

Ushbu kitob standartlashtirish, uning nazariy va metodologik asoslari, texnik va iqtisodiy asoslari, shuningdek, xizmatlar sohasidagi standartlashtirishning asosiy tamoyillari va metodlari, sifatni boshqarish tizimlari, shuningdek, raqobatbardoshlikni ta'minlashda standartlashtirishning ahamiyati, xalqaro va davlatlararo standartlashtirish hamda uning O'zbekiston texnik-iqtisodiy rivojlanishidagi o'rni kabi mavzularni o'z ichiga oladi.

Asosiy mavzular

  • STANDARTLASHTIRISH ASOSLARI: Standartlashtirishning umumiy tushunchalari, tarixi, rivojlanish sabablari va omillari, O'zbekistonda standartlashtirishning tarixiy jarayonlari, asosiy tushuncha, maqsad, vazifalari, tamoyil va talablari, standartlashtirish va sifat, ekologiya, tashkiliy va qonuniy asoslari hamda nazariy va metodologik asoslari yoritilgan.
  • STANDARTLASHTIRISHNING TEXNIK ASOSLARI: Kattaliklar, birliklar, o'lchamlarni belgilash va yozish qoidalari, o'lchash usullari, turlari va sifat mezonlari, metrologiya aksiomalari va asosiy postulotlari, o'lchash xatolarini hisoblash usullari, noaniqlikni taqdim etish, aniqlik klassi va metrologiya tavsiflari haqida ma'lumot beradi.
  • STANDARTLASHTIRISHNING IQTISODIY ASOSLAR: Tarmoqlararo standartlashtirish tizimlari, texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlash yagona tizimi, shtrix kodlash, uning xususiyatlari va qo'llanilishi, standartlashtirishdan iqtisodiy samaradorlikni hisoblash va kompleks standartlashtirishning mohiyati kabi mavzular yoritilgan.
  • DAVLATLARARO, XALQARO STANDARTLASHTIRISH VA ULARNING O’ZBEKISTON TEXNIK-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI O’RNI: Davlatlararo va xalqaro standartlashtirish, ISO va uning faoliyatlari, dunyo rivojlangan mamlakatlari xalq xo`jalik taraqqiyotida standartlashtirishning ta’siri va o`rni, O`zbekiston Respublikasi xalq xo`jaligi taraqqiyotida standartlashtirishning samaradorligi kabi mavzularni o`z ichiga oladi.
  • MAHSULOT RAQOBATBARDOSHLIGINI TA'MINLASHDA STANDARTLASHTIRISHNIG AHAMIYATI: Sanoat korxonalarida sifatni boshqarish tizimini joriy etish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish strategiyasi, hududiy miqyosda sanoat korxonalarida sifatni boshqarish tizimini rivojlantirish mexanizmlari va xizmatlar sohasida standartlashtirish kabi mavzular yoritilgan.