Maxsus-fanlarni-o`qitish-metodikasi-fanini-o`rgatuvchi-elektron
Ushbu bitiruv malakaviy ishining mavzusi: “Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi» fanidan elektron o`quv – uslubiy kompleks yaratishga bag'ishlangan bo`lib, kirish, 3 ta bob, 9 ta paragraf, xulosa, foydalangan adabiyotlar va ilova qismidan iborat. Kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, ta`lim tizimida elektron o`quv qo'llanmalarni avtomatlashtirilgan tizimini yaratish zarurligi, maqsadga muvofiqligi asoslanib, uning qisqacha bayoni keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta'lim tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish barkamol avlodni voyaga yetkazish toʻgʻrisida»gi Farmoni «Ta'lim to'g'risida» gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish – davlat siyosatining ustivor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, kadrlar mamlakatimizni iqtisodiy ravnaqini ta'minlashda hal qiluvchi ro'l o'ynashi hisobga olingan. Axborot texnologiyalarining hozirgi rivojlanish tendensiyasi hamda respublikamizda qabul qilingan yana bir qator qonunlar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada takomillashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish haqida»gi 2002 yil 30 maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining <<Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2002 yil 6 iyundagi qarorlari ta'lim jarayoniga hozirgi zamon texnik vositalari, xususan, kompyuter, axborot texnikasi va texnologiyalarini joriy etish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Mamlakatimizdagi ta'lim tizimining har bir bosqichida fanlarni oʻqitishda ularning uzluksizligi va uzviyligini ta'minlash kerak bo'ladi. Shu maqsadda barcha ta'lim bosqichlarida har bir fanlarni mazmunini yaratish va ularni oʻrganish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Davlat ta'lim standartiga muvofiq har bir ta'lim bosqichida maxsus fanlarning maqsad va vazifasi quyidagilardan iborat deb hisobladik: maktabgacha tarbiya va boshlang'ich ta'lim bosqichlarida axborot texnologiyalarining elementlari sifatida kompyuter, disk, xotira, axborot, oʻyinli texnologiyalarni kompyuter o'yinlari yordamida bolalar ongiga singdirish; umumiy o'rta ta'lim bosqichida «Informatika» fanini oʻqitish orqali ta'lim oluvchilarning axborot texnologiyalari fanining elementlaridan savodxonlikni ta'minlash va davlat ta'lim standartlari boʻyicha belgilangan malaka, koʻnikmalar hosil qilish, keyingi ta'lim bosqichiga o'tuvchi yoshlarni fundamental (asosiy) tushunchalarini boyitish; oʻrta maxsus, kasb-hunar ta'limi bosqichida Maxsus fanlarni oʻqitish orqali ta'lim olayotgan yoshlarga fanning amaliy jihatlariga koʻproq ahamiyat berilishi va maxsus dasturlariga asoslanib oʻqitish jarayonini tashkil etish; oliy ta'limning tayanch bosqichi (bakalavriat)da ta'lim yoʻnalishlari boʻyicha Maxsus fanlarning nazariy va ilmiy asoslarini oʻrganish; -oliy ta'limning yuqori bosqichi (magistratura)da ta'lim yoʻnalishlari boʻyicha maxsus kasbiy fanlarning nazariy va ilmiy asoslarini oʻrganish; -malaka oshirish va undan keyingi bosqichlarda maxsus kasbiy fanlarga e'tibor berish, fanga kirib kelayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarga ilmiy yondashuv bilan qarash lozim deb hisoblanadi.
- 1-BOB. ELEKTRON ISHLANMALAR, ULARNING XUSUSIYATLARI VA AFZALLIKLARI: 1.1 Web texnologiyalari va ularning hozirgi zamon axborot texnologiyalari muhitidagi o`rni va istiqbollari XXI asr “Axborot texnologiyalari asri” deb hisoblanadi. Bu asrda Axborot texnologiyalari juda ham tez rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda Internetning ommaviyligi haqida gapirish o'rinsiz. Internet hayotimizning bir bo'lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik. Hozirda ixtiyoriy inson web-texnologiyalarning inson hayotining taʼlim, kommersiya, siyosat, ko'ngil ochar, bolaklariga kirib borganligini tasavvur eta oladi va uning guvohi va foydalanuvchisiga aylanmoqda. Dastlabki web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo'lib, ular matnni formatlash va giperko'rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web texnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga inter faol xususiyati berildi. Web texnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu skript tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad Web serverining ishini yengillashtirish, har xil ishlar uchun Web serverini bezovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyuterining o'zida yaratishdir. Web texnologiyasining oxirgi erishgan yutuqlaridan biri dinamik Web sahifalardir. Dinamik Web sahifalar CGI dasturlar bilan bevosita bog'liq bo'lib, CGI dasturlar serverda joylashgan va server imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir. Ular serverga kelgan so'rovlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijasida yangi Web sahifa hosil bo'ladi. Web sahifa Internet tarmoqlarida joylashgan fayllar to'plami bo'lib, ularni soni soat sayin ko'payib bormoqda. Bu fayllarda ma'lumotlarni turli xillarini: matn, grafik, tasvir, video, audio ma'lumotlarni uchratish mumkin. Bugungi kunda Web Internet resurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tegishli ma'lumotlarni to'ldirish foydalanuvchining qanchadan-qancha vaqtini tejash imkonini beradi. Shu bois matematika va informatika yo'nalishida tahsil oluvchi talabalarga Web texnologiyalarni alohida kurs sifatida o'qitila boshlandi. Biz quyida web-texnologiyaning asosiy tushunchalari bilan tanishib chiqamiz Web-sahifa, Web-sayt, Web-server. Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o'rganishni Web-dizaynning quyidagi uchta tushunchasini o'rganishdan boshlaymiz: 1. Web-sahifa; 2. Web-sayt; 3. Web-server. Texnologiya grek tilidan (techne) tarjima qilganda san'at, maxorat, bilish ma'nolarini anglatadi, bular esa o'z navbatida jarayonlardir. Jarayonlar bu qo'yilgan maqsadga erishish uchun ma'lum xarakatlar majmuasidir. Web-sahifa o'zining unikal adresiga ega bo'lgan va maxsus ko'rish dasturi yordamida (brauzer) ko'riluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma'lumotlar birlashmasi - multimediyali hujjatlar, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin. Web-sayt - bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi. Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni klientga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Internet tarmog'ini foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini beradigan web- serverlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlangan. Web-serverlar ma'lumotlar bazalari va multimediyali ma'lumotlarni bir biriga moslashtiradi. Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi. Web-serverda mijoz kompyuteri tizimini tashkil qilishning umumiy tamoyillari nuqtai nazaridan mijoz-server texnologiyalari ishlatiladi. Hozirgi kunda oddiy web-serverni yaratish texnologiyasini ancha oddiy vazifa deb hisoblasa bo'ladi. Asosiy qiyinchilik server sahifasini badiiy bezashdan iborat.
- 1.2 Htmlda hujjatlar tuzilishi: TEG lar. HTML ning konstruktsiyasi TEG lar deyiladi. Brauzer TEG larni oddiy matnlardan farqlashi uchun ular burchak qavslarga olinadilar. TEG tasvirlash jarayoni hatti harakatlarining boshlanishini bildiradi. Agar bu harakat butun hujjatga talluqli bo`lsa, bunday teg o`zining yopiluvchi juftiga ega bo`lmaydi. Juft teglarning ikkinchisi birinchisining harakatini yakunlaydi. Masalan, har bir Web sahifa <html> tegi bilan boshlanib </html> tegi bilan yopilishi kerak. Etibor bergan bo`lsangiz yopiluvchi teg ochiluvchidan « / « belgisi bilan farq qiladi. Teg nomlari katta yoki kichik harflar bilan yozilishi mumkin, bularni brauzer bir xil qabul qiladi. HTML tilida boshqa kompyuter tillaridagi kabi izoh berish imkoniyati mavjud. Izoh quyidagi «<!- <<« va «- ->« belgilar orsiga yoziladi. Masalan: <!-- Bu izox Har qanday Web sahifa ikkita qismdan tashkil topadi. Bular sarlavha qismi va asosiy qism. Sarlavha qismida Web sahifa haqidagi malumot joylashadi, asosiy qismda esa Web sahifaning mazmuni bilan tasvirlanish qoidalari joylashadi. Sarlavha qismi quyidagi ochiluvchi <head> va yopiluvchi </head> teglari orasida joylashadi. Asosiy qism esa <body> va </body> teglari orasida joylashadi. Odatda sarlavha qismi oldidan qo`llanilayotgan HTML standartlari haqida malumot yoziladi. Har qanday Web sahifaning umumiy ko`rinishi quyidagicha bo`ladi: Birinchi <!Doctype> tegi o`zining parametrlari bilan brauzerga ushbu Websahifani qaysi HTML versiyada yozilganligi haqida malumot beradi. Web sahifa ishga tushurilganda brauzerning eng yuqori satrida yuklanayotgan hujjat mazmunini anglatuvchi qisqacha yozuv turadi. Bu yozuvni hosil qilish uchun quyidagi ochiluvchi <title> va yopiluvchi <title> teglaridan fodalanalamiz. Web sahifaning asosiy qismi <body> va </body> teglari orasida joylashadi. Bu oddiy matn bo`lishi mumkin. Brauzer bu matnni tug`ridan to`g`ri interpretatsiya qilib ekranda tasvirlaydi. Bizga dastlabki Web sahifamizni yaratish uchun oddiy «Bloknot» matn muharriri kifoya. Quyida ko`rsatilgan misolni matn muharririda yozib, uni xotiraga yozishda kengaytmasini html yoki htm deb kiritishimiz kerak. Misol: <html> <head> <title>Mening birinchi Web sahifam </title> </head> <body> Mening bu sahifamga kiruvchilarga alangali salom </body> </html> Bu faylni ishga tushirish uchun sichqoncha ko`rsatkichini shu fayl ustiga keltirib chap tugmasini ikki marta bosish kerak. Natijada ekranda quydagi ko`rinishdagi natija hosil bo`ladi:
- 2-BOB. ELEKTRON O`QUV KOMPLEKSLARNI YARATISH TEXNOLOGIYALARI: 2.1 Elektron o'quv kompleks yaratish uchun kompyuterning texnik ta`minotiga talablar Bizga Web dasturlash fanidan elektron o'quv kompleks yaratish asosiy masala sifatida qo`yiladi. Bunda masalani yechish jarayoni uchun kompyuterning quyidagi konfiguratsiyasi minimum talablarga javob berishi lozim bo`ladi: -Pentium III yoki undan yuqori tezlikka ega bo`lgan protsessor (CPU); -32-razryadli amallar tizimi. Kamida Windows-95 yoki Windows NT operatsion tizimi; -32 Mbaytli operativ xotira (DIM yoki DDR). -agar shaxsiy Web server (Personal Web server) qo`llanilmasa, unda 16 Mbayt operativ xotira; -qattiq disk (vinchester) da kamida 200 Mbayt bo`sh joy; -VGA video adapteri yoki 25 ta rangni qo`llab quvvatlovchi SVGA videoadapteri; -Sichqoncha (manipulyator). Shuningdek kompyuterning quyidagi qo`shimcha qurilmalariga ham talablarni keltirib o`tish mumkin: -natijalarni olish va chop qilish uchun printer; -kerakli axborotlarni skaner orqali o`qitish va kompyuterda tasvirini hosil qilish uchun skaner; -elektron o'quv komplekslardan foydalanish jarayonida eshitish uchun quloqlik (naushnik); -elektron o'quv komplekslardan foydalanish jarayonida eshitish uchun Sound Buffer va h.k. Shuningdek, agar yaratiladigan elektron o'quv komplekslardan elektron kutubxonalarga hamda Internet saytlariga bog'lash uchun moslashtirilsa, HUP qurilmasi, Internet tarmog`iga ulanish uchun zarur bo`lgan barcha texnik vositalar hamda videoproektorlar bo`lishi foydadan holi emas.
- 2.3 “Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi» fanidan elektron o`quv komplekslarni yaratish texnologiyasi: "Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi” fanidan elektron o'quv kompleks yaratish uchun bizga ko'plab dasturlar kerak bo'ldi. Ushbu fanni o'rgatuvchi o'quv kompleks tayyorlash uchun bizga fan haqida to'liq ma'lumotlar kerak bo'ladi. Fan bo`yicha ma'lumotlar to'plangandan so`ng kerakli dizayn shablonini yaratib olinadi. Buning uchun Adobe Photoshop dasturdan foydalaniladi. Dastlab o`quv kompleksning yuqori tomonini yaratib olinadi. Header bo`limiga fon Banner bo`limiga fon Photoshop dasturi yordamida tayyorlangan rasmlarni saytga joylashtiriladi. Barcha sayt sahifalari yuqori qismiga joylashda yoziladigan kodlar hajmini kichiklash maqsadida CSS stillaridan foydalaniladi. CSS stillar obyektlar ko`rinishiga ishlov berishda qulay hisoblanadi. Biz CSS dan foydalanishimizdan maqasad bizning electron o'quv kompleksimiz sifatli va chiroyli chiqishidir. Header qismiga, ya'ni tepa qismi foniga rasmni joylash uchun quyidagi css stil kiritib olinadi: #templatemo_header { width: 980px; height: 120px; margin: 0 auto; background: url(images/template_header_bg_01.jpg) no-repeat; Banner qismi foni uchun css still quyidagicha bo`ladi.
- III-BOB. KOMPLEKSNING FOYDALANISH YO`RIQNOMASI VA MEHNAT MUHOFAZASI: 3.1 Elektron o`quv – uslubiy kompleksning foydalanish yo`riqnomasi. Quyida elektron o`quv – uslubiy kompleksning ishlashi keltirilgan. Bu yerda ushbu “Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi” fanini o'rgatuvchi o'quv kompleksini foydalanish yo'riqnomasi keltirilgan. Elektron ishlanmaning asosiy oynasi. Bu oynada, “Majmua», “Qo'llanmalar», “Onlayn test» va "Mualliflar oynalari joylashgan. Shuningdek foydali saytlar bo`limi ham mavjud.
- 3.2 Mikroiqlimning inson organizmiga ta`siri: Ishlab chiqarish binosining mikroiqlimi xodimga katta ta`sir ko`rsatadi. Tavsiya etish mazmundan mikroiqlimning ayrim o`lchamlarining chetga chiqishi mexnatga layoqatni sustlashtiradi, xodimning xissiyotini yomonlashtiradi va kasbiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Xavo xarorati. Past xarorat organizmning sovub ketishga hamda shamollash kasalliklari chiqishiga sabab bo`ladi. Yuqori xaroratda organizm qizib ketadi, juda ko'p miqdorda terlaydi, mexnatga layoqat sustlashadi. Ishchi e`tibori sustlashib, baxtsiz xodisaga olib kelishi mumkin. Xavoning Yuqori namligi teri va o'pkaning ustki qismidan namlikning bug'lanishini qiyinlashtiradi va ogir – oqibatda organizmning termoregulyatsiyasi bo`zilishiga, inson axvolining yomonlashuvi, mexnatga layoqatlilikning sustlashuviga olib keladi. Past namlikda (< 20%) – Yuqori nafas yo'llarining sxillik pardalari ko`rib qolishi ko`zatiladi. Xavo xarakati tezligi. Inson v k=0,15 m/sek.da xavo xarakatini seza boshlaydi. Xavo oqimining xarakati uning xaroratiga bog`lik. 360 S > t da okim insonga salqinlatuvchi ta`sir, 400 S < t da noqulay, yomon, salbiy ta`sir ko`rsatadi. Mikroiqlim ko`rsatkichlari Mikroiqlim ishchi xududda ishchilarning doimiy va yoki vaqtincha turgan joyidan 2 m balandlikda baholanadi. Eng qulay sharoitlar termoregulyatsiya mexanizmlari kuchlanishisiz organizmning normal issiqlik axvolini ta`minlovchi hamda uzoq va muntazam insonga ta`sir qiluvchi mikroiqlim o`lchamlarining yig'indisi. Ular mexnatga qobiliyatlilikning yuksak saviyasi uchun shart – sharoit yaratadi va issiq - qulay komfort sezuvchanlikni ta`minlaydi. Insonga uzoq muntazam ta`sir etishda termoregulyatsiya mexanizmlari- kuchlanishi bilan davom etadigan organizmning issiqlik holatida darhol normallashuvchi o`zgarishlar chaqiradigan mikroiqlim o`lchamlari yigindisi yo`l qo`yiladigan iqlim sharoitlari deb qaraladi. Bunday holda organizmga shikast yetmaydi yoki salomatlikning axvoliga zarar bo'lmaydi, biroq diskomfort issiqlikni sezish, inson o`zini yomon xis qilishi va mexnatga layoqati pasayishi (sustlashishi) mumkinligi kuzatiladi. Xonani tanlash Xona keng, me'yorida yoritilgan va havosi oson almashtiriladigan bo`lishi kerak. Yorqin quyosh nurlari monitorga salbiy ta'sir etadi. Qorong`u xonada faqat ish joyini yoritish ham maqsadga muvofiq emasdir. Stolni shunday joylashtiring-ki, deraza oynasi qarshingizda bo`lmasin. Agar buning iloji bo`lmasa, u holda qalin parda yoki jalyo`zi sotib oling, shunda derazadan tushayotgan yorug'lik sizga xalal bermaydi. Agar oyna yon tomonda bo`lsa, yana parda yoki jalyo`zi joningizga oro kiritadi. Chang va issiqliq salomatlikka putur yetkazibgina qolmay, texnikaga ham yomon ta'sir o`tkazadi, shuning uchun xonaga konditsioner o`rnatgan ma`qul. Operatorning charchashini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar.
- 3.3 Elektr tokining odamga ta`siri: Elektr jixozlari ishlatishi va tuzilish vaqtida odam elektr toki kuchlanishi ta`siri ostida qolishi mumkin. Kuchlanishga ko`ra elektr qurilmalari 1000 V ga va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarga ajratiladi. Ishlab chiqarish industrgiyasining yanada rivojlanishi mamlakatimizning energiya bilan tasirlanganlik darajasining ustiga chambarchas bog'liqdir. Ishlab chiqarish korxonalarida mexanizatsiyalash texnalogik jarayonlarni avtomatlashtirish keng joriy qilinmoqda. Elektr qurilmalariga xizmat ko`rsatish turli ixtisosliklarda ishlovchi ishchilar soni ko`payib bormoqda. Binobarin, ularning elektr tokidan shikastlanishi extimoli ham ortib bormoqda. Shu bois inson organizmiga elektr tokining ta`sirini o`rganish elektr tokidan shikastlanishi sabablarini taxlil qilish ishlab chiqarishda xavfsiz Mexnat sharoitlarini yaratish uchun juda muhimdir. Inson organizmiga elektr tokining ta`siri. Elektr qurilmalarini ishlatishda izolyatsiya shikastlanishi natijasida mashina korpusi kuchlanish ostida qolib, odam unga tegib ketganida elektr toki uradi. Tokning termik ta`siri terining ayrim joylarini qo`yishida, qon tomirlari, qon, yurak, miya va boshqa a'zolarining yuqori xaroratgacha qizishida nomoyon bo`ladi. Tokning elektr ta`siri qon va boshqa organik suyuqliklarning parchalanishida namoyon bo`ladi. Oqibatda ularning fizik kimyoviy tarkibi buziladi. Tokning biologik ta`siri organizmning tirik to'qimalari yallig'lanishi va asabiylashida namoyon bo`ladi. Bunda mushaklar, shu jumladan, yurak va o'pka mushaklari ixtiyorsiz ravishda tortishib qoladiyu, natijada organizmda xar xil bo`zilishlar ruy berishi, masalan, nafas olish va qon aylanish organlarining ishi buzilishi yoki xatto batamom to'xtab qolishi mumkin. Elektr toki ta`sirining bu turlari shikastlanishining ikki turini keltirib chiqaradi. Elektr toki shikastlanishi va elektr toki urishi. Elektr toki shikastlanishi bu, elektr toki yoyi ta`siri etishi natijasida organizmning ayrim joylaridagi to'qimalarning yaqqol shikastlanishidir. Elektr toki shikastlanishning quydagi turlari bilan farqlanadi: elektr tokidan kuyish, elektr izlari, tarining metallanishi va mexanik shikastlanishlar. Elektr izlari tok ta'sir etgan odamning tanasi sirtida aniq ko`rinib turadigan kulrang yoki och sariq rangdagi dog'lardir. Izlar, tirnalishlar, kichik jaroxatlar kesiklar yoki latlar ko`rinishida bo`ladi. Terining shikastlangan qismi qadoq singari qattiqlashib qoladi. Tering metallanishi elektr yoyi ta`sirida erigan metall mayda zarrachalarning terining ustki qatlamiga kirib qolishidir. Bu xodisa, masalan, qisqa tovushlarda, kuchlanish ostida bo`lgan ajratgich va rubiliniklarni tarmoqdan uzatayotganda ro'y beradi. Mexanik shikastlanishlar odam orqali o'tayotgan tok ta`sirida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda keskin tortishib qolishi oqibatida yuz beradi. Natijada teri, qon tomirlari va asab to'qimalari uzilishi, shuningdek buinlar chiqishi va xatto suyaklar sinishi mumkin.