Materialshunoslik. O’zbikiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi harbiy-texnika instituti kursantlari uchun darslik

Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy-texnika institutining "Ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarishning taktik muhandisligi" mutaxassisligi bo'yicha tayyorlangan bo'lib, u undan avvalgi va keyingi boblar bilan uzviy bog'liq holda materialshunoslik, metallarning xossalari, ularni qayta ishlash texnologiyalari va materialshunoslikning asosiy qismlarini qamrab oladi. Darslikda qora va rangli metallar metallurgiyasi, metallshunoslik asoslari, metallarni bosim bilan ishlash va metallmas materiallardan detallar tayyorlash texnologiyasiga oid masalalar bayon etilgan. Shuningdek, Materialshunoslikning asosiy turlari, ularning xossalari, qo'llanilishi va ishlatilishi haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • metall: Metallar haqida umumiy ma'lumot, qora va rangli metallar, ularning qotishmalari, metallarning xossalari, mexanik sinash usullari, konstruksion materiallar, rangli metallar va ularning qotishmalari, qattiq qotishmalar, metall va qotishmalarning tarkibi, strukturalari, xossalari, metallmas materiallar, nanotexnologiya, kompozitsion materiallar, yangi materiallar va ularni olish bo'yicha ma'lumot berilgan.
  • po'lat: Po'lat ishlab chiqarish jarayoni, kislorodli-konverter, marten, elektr pechlarda po'lat olish usullarini o'rgatish, sanoatda, transportda, harbiy texnikada ishlatiladigan po'latning markalari, po'lat qotishmalari, konstruksion, legirlangan, asbobsozlik va uglerodli po'latlar haqida, qora va rangli metallarning korroziyalanishi, korroziyaning harbiy texnikadagi zarari, korroziyaning turlari, korroziyaning ko'rinishi va yemirilish turlarini o'rgatish.
  • bosim bilan ishlash: Metallardan harbiy texnikada ishlatiladigan turli detall va buyumlar tayyorlashda metallning ichki tuzilishi, plastik va elastik deformatsiyalanishini o'rgatish, metallar qizdirilganda rekristallanishini tushuntirish. Shuningdek, qizdirish qurilmalari–pechlar, bosim bilan ishlashning asosiy usullari-prokatlash, kiryalash, presslash, erkin bolg'alash, hajmiy shtamplash, sovuqlayin list shtamplash yordamida detallar olish yo'llarini o'rgatish.
  • yog'och va kukun materiallar: Yog'och materiallari bobining maqsadi kursantlarga yog'och va yog'och materiallarining xossalari, turlari, xusuiyatlari, fizik va mexanik xossalari, teksturasi, og'irligi, yog'och materiallarning harbiy texnikadagi roli va namligi to'g'risida, kukun metallurgiyasida olinadigan metall va metall bo'lmagan materallardan tayyorlanadigan detal va buyumlarni tuzilishi, texnologiyasi va ishlatilish sohalari haqida tushuncha va ko'nikmalar hosil qilishdan iborat.
  • plastmassa materiallari: Konstruksion materiallar sifatida sanoatning turli sohalarida metall qotishmalari bilan birgalikda metallmas materiallar ishlatiladi. Metall bo'lmagan materiallarning sanoatda keng qo'llanailadigan turlariga plastik massalar, rezina, lok, bo'yoq, yelim, asbest, shisha, keramika, moylar va boshqalar ham keng qo'llanilmoqda. Metall bo'lmagan materiallarning puxtaligi, termik, kimyoviy chidamliligi, texnoligik va ekspluatatsiya xossalarining yuqoriligi ko'pgina hollarda ulardan metallar o'rnidagina emas, zarur materiallar sifatida ham foydalaniladi.
  • keramika materiallari: Keramika materiallarining asosiy alomati bo'lib tayyor holatida bu materiallar qattiq va mo'rt bo'ladi. Tabiiy tuproqni birlamchi holatidan 1200-1600°C gacha yuqori haroratga qadar qizdirib reaksiya orqali keramika materiali olinadi. Ushbu guruh materiallari noorganik materiallar toifasiga kiradi hamda ularning tarkibida metall va nometall elementlar o'zaro kimyoviy birikkan holda shakllangan bo'ladi. Keramik materiallar kristall, amorf yoki ularning aralashmalari asosida shakllanadi.
  • lok va bo'yoq materiallari: Mashina va mexanizmlar ustki qismlari, konstruksiyalar, turli detallarning ustki qismini lok, bo'yoqlar bilan qoplashning bir necha usullari mavjud. Bularga qo'lda bo'yash, pnevmatik, gidravlik apparatlar yordamida siqilgan havo orqali purkash usullari kiradi. Bo'yoqlanadigan yuza notekis, chuqurliklarga ega bo'lsa, bunday sirtlar gruntlanadi, shpaklyovkalanadi.
  • rezina, kauchuk va yelim materiallar: Rezina materiallari, kauchuk va ularning xossalari. Yelim materiallar. Texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, axborot texnoligiyalari asrida harbiy texnikada, sanoat va ishlab chiqarishda rezina, kauchuk va yelim materiallari haqida bilim va ko'nikmalarni kursantlarga etkazish shu bobning maqsadi bo'lib hisoblanadi.
  • nanotexnologiya va nanokompozitlar: Bu X-bobning maqsadi, kursantlarga fan sohasida yangilik bo'lib hisoblanadigan nanotexnologiyalar asosida olinadigan materiallar, nanokompozitlar xususida bilim va ko'nikmalar hosil qilish. Shu bilan birga ularda yangi texnologiya xususida, kompozit materiallar va ularni harbiy texnikada qo'llanishi haqida tasavvur hosil qilinadi.