«Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi fanini o`qitishda zamonaviy o`qitish metodlaridan foydalanish uslublari»

Ushbu bitiruv malakaviy ishida materiklar va okeanlarning tabiiy geografiyasi kursi bo'yicha zamonaviy o'qitish metodlaridan foydalanish uslublari, ularning samaradorligini oshirish yo'llari va o'quvchilarda geografik tushunchalarni shakllantirish uslublari haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Ishning birinchi bobida materiklar va okeanlarning tabiiy geografiyasi fanini o'qitishning maqsadi va vazifalari, ikkinchi bobida esa zamonaviy metodlardan foydalanish uslublari ko'rib chiqilgan. Xususan, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va boshqa me'yoriy xujjatlar asosida ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, hayot faoliyati xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni muhofaza qilish masalalari ham o'z ifodasini topgan.

Asosiy mavzular

  • Materiklar va okeanlarning tabiiy geografiyasi kursini o'rganishning maqsadi va vazifalari: Bu bo'limda materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursining maqsadi va vazifalari, jumladan, o'quvchilarda geografik qobiqning yagona TTK ekanligini, umumiy geografik qonuniyatlarni, sayyoramiz aholisi va ularning xo'jalik faoliyatida, inson bilan tabiat o'rtasidagi muhim aloqadorlik jarayonlarini materiklardagi yirik davlatlarni o'rganish, tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi muammolarni, o'quvchilarda tabiat hodisalariga nisbatan to'g'ri ilmiy dunyoqarash shakllantirish, materiklarni kashf etgan, tadqiq qilgan sayyoh va olimlar faoliyatini, o'z vataniga muhabbat, dunyodagi barcha xalq va millatlar bilan hamdo'stlik, tabiatga nisbatan mehr-muhabbat, nafosat tarbiyalarini singdirish, kursni o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kabi fikrlash usullarini o'quvchilarda shakllantirish kabi masalalar atroflicha o'rganilgan.
  • Materiklar va okeanlarning tabiiy geografiyasi kursini o'rganishning asosiy xususiyatlari: Ushbu bo'limda maktablarda o'qitiladigan materiklar va okeanlar geografiyasining mazmunini umumiy tabiiy geografik tushunchalar, hududiy tabiiy geografiya va landshaftning ayrim xususiyatlari haqida tushunchalar berilgan. Kurs mazmunini har xil bilimlar tashkil etishi, jumladan, umumiy yer bilimiga tegishli bo'lgan tushuncha va atamalar, tabiiy hududiy komplekslari, uning komponentlari, tabiiy protsesslari va hodisalar, yer shari hududilarining tabiiy geografik ta'rifi, aholisi va uning xo'jalikdagi o'rni kabi masalalar tahlil qilingan.
  • Materiklar va okeanlarning tabiiy geografiyasini o'qitishda bilim va ko'nikmalarni shakllantirish uslublari: Bu bo'limda materiklar geografiyasi kursi bilimlar xajmining ko`pligi va har hilligi bilan boshqa kurslardan ajralib turadi. Kursda geografik tushinchalarni shakllantirish alohida ahamiyatga ega. O`quvchilarning tabiiy ob'ektlar va hodisalar haqidagi tushunchalar ikki gruxga ajratiladi: eslash tushunchalari va tushunchalar olish. Kurs uchun ikkinchi tushunchalar ko`proq mos keladi, sababi ba`zi o`rganiladigan geografik ob'ekt va hodisalarni o`quvchilar ko`rish, sezish imkoniga ega emas. Bunday vaqtda ko`rgazmali qo`llanmalar va o`quvchilvrning jonli so`zi tushunchalarni paydo qilishda etakchi o`rinni egallaydi.
  • Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati: Ushbu bo'limda zamonaviy sharoitda ta'lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo'li – bu mashg'ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish ekanligi ta'kidlangan. Interfaol metodlarning ma'nosi, ularning turlari va qo'llanilishi bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Xususan, "Insert", "Fikrlarning shiddatli hujumi",
  • Materiklarning rel`efi va foydali qazilmalarini o`rganish metodikasi: Materiklar relefi haqida tushunchalar bilan o`quvchilar 5 sinfdan boshlab tanishadi. Materiklar relefiga mos bo'lgan ba'zi bilimlar materiklar relefini o`rganishda yanada murakkablashadi. O`quvchilarning relef kartasini o`qish ko`nikma va tajribalari bu kursda yana murakkablashadi. Ushbu bo'limda materiklar relefini o'rganish orqali o'quvchilarning egallashi kerak bo'lgan bilim va ko'nikmalar, jumladan, har bir materik relefiga mos bo'lgan umumiy o'zgachaliklarni bilishi va ajrata olishi, materik relefining shakllanish jarayonlarini bilishi, materik tabiiy kartasida tog' tizmalari, past tog'lar, tekisliklar va boshqa relef shakllarini topa olishi kabi masalalar o'rganilgan.
  • Materiklarning iqlimi va ichki suvlarini o`rganish metodikasi: Har bir materik geografik o'rniga ko'ra hilma-hilligi tufayli iqlim jihatdan ham bir-biridan keskin farq qiladi. Ulardagi iqlim hosil qiluvchi omillar ham bir-biriga o'xshamaydi. Bularning barchasi materiklarda o'ziga xos iqlim mintaqalari hosil bo'lishiga olib keladi. Dasturda materiklar xududidagi iqlim xususiyatlari, iqlim mintaqalari va oblastlarini o'quvchilarning egallashi zaruriy bilim sifatida qabul qilingan. Bu erda asosiy masala har bir materik iqlimining qaysi xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qilishini erkin misollar asosida tushuntirish maqsadga muvofiq iqlim hosil qiluvchi omillarning materiklar bo'yida farqini turli hil misollar asosida yoritish kerak. O`quvchilarda materiklardagi iqlim mintaqalarini kartadan topa olish ko`nikmalarini shakllantirishga e`tibor berish zarur.
  • Materiklarning tabiat zonalarini o`rganish metodikasi: Har bir materik yoki kattaroq hudud har hil tabiiy sharoitlarga egaligi to`g`risida o`ziga xos zonalarga ega. O`quvchilar tabiat zonalari tushunchasi bilan 5-sinf kursida tanishadi. Afrika materigini o`rganishda o`quvchilar dastlab materiklarni o`rganishda tabiat zonalarini ko`rib chiqadi. Materik tabiat zonalariga tegishli bo`lgan ko`plagan bilimlar tuproq kartasi tabiat zonalari kartalarida mavjud bo`lib ularni o`quvchilar mustaqil egallashi mumkin.