Cервисда технологик жараёнлар
“Servisda texnologik jarayonlar” fanidan ma'ruzalar matni oziq-ovqat sanoati va servis korxonalarda qo'llaniladigan jarayonlar, ularning nazariy va amaliy qismlari hamda ularning ahamiyatini ochib beradi. Unda gidravlika asoslari, gidromexanik, issiqlik va massa almashinuvi, mexanik va sovutish jarayonlari nazariyasi, ushbu jarayonlarni amalga oshiruvchi mashinalar va qurilmalarning tuzilishi, ishlash prinsipi hamda ularni hisoblash, loyihalash haqida fundamental bilimlar beriladi. Xizmat ko'rsatish jarayonlarini, tayyor va yarim tayyor mahsulotlarni ta'minoti va xizmat ko'rsatish jarayonining borishini tashkillashtirishda bakalavrlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- 1-Мавзу «Servisda texnologik jarayonlar» fanining maqsadi va vazifalari.: Fanining maqsadi va vazifalari, texnologik jarayonlarning asosiy qonuniyatlari.
- 2-mavzu. Asosiy texnologik jarayonlar klassifikatsiyasi.: Texnologiya tushunchasi va texnologik jihozlarga qo'yiladigan talablar, jarayonlarning klassifikatsilanishi.
- 3-mavzu. Gidromexanik jarayonlar.: Suyuqliklarning fizik xususiyatlari, ideal suyuqlik haqida tushunchalar.
- 4-mavzu. Tindirish va cho'ktirish jarayoni.: Tindirish va cho'ktirish jarayonlarining umumiy tushunchalari, tindirish va cho'ktirish qurilmalari.
- 5-mavzu. Aralashtirish jarayonlari. Suyuqlik muhitlarini aralashtirish.: Suyuqlik muhitlarini aralashtirish, mexanik aralashtirish. Aralashtirish jarayonining ovqatlanish korxonalarda qo'llanilishi.
- 6-mavzu. Turli jinsli sistemalarni ajratish. Filtrлаш jarayoni.: Turli jinsli sistemalarni ajratish tushunchalari, suspensiyalarni filtrlash, filtrlovchi qurilmalar.
- 7-mavzu. Turli jinsli gaz sistemalarini tozalash.: Gazlarni uzatish va tozalash.
- 8-mavzu. Mexanik jarayonlar: maydalash, kesish va navlarga ajratish. Presslash.: Maydalash jarayonining nazariy asoslari, maydalash, kesish va navlarga ajratish jarayonlari. Presslash jarayonining borishi, mahsulotlarni saralash.
- 9-mavzu. Mexanik jihozlar turlarining tavsifi.: Umumiy va ixtisoslashgan universal uzatmalar, sabzavotlarga ishlov beradigan jihozlar, go'sht va balikqa ishlov beradigan jihozlar, unli qandolat va pazandalik mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladigan jihozlar.
- 10-mavzu. Issiqlik uzatishning asosiy jarayonlari.: Issiqlik uzatuvchanlik jarayoni, issiqlik jihozlari haqida tushuncha va ularning tasniflanishi.
- 11-mavzu. Moddalar va suyuqliklarning agregat holati o'zgarishidagi issiqlik almashinish jarayoni.: Suyuq moddalarning qaynashi va bug'ning kondensatsiyalanish jarayoni, muhitlarning o'zaro kontaktidagi issiqlik uzatish.
- 12-mavzu. Issiqlik almashinish jarayonlarining maxsus turlari. Pishirish va qovurishda issiqlikning fizik qonuniyatlari.: Pishirishdagi texnologik jarayonning borishi, qovurish jarayonining rejimi.
- 13-mavzu. Pastarizatsiya va sterilizatsiya jarayonlarining usullari va rejimlari.: Pastarizatsiya jarayonining mohiyati, sterilizatsiya jarayonining roli.
- 14-mavzu. Massaalmashinish jarayonlari va turlari.: Massaalmashinish jarayonlarining turlari, massaalmashinish jarayonining harakat yurituvchi kuchi, molekulyar va konvektiv diffuziyalar.
- 15-mavzu. Absobtiya va adsorbtiya jarayonlari.: Absobtiya jarayonining mohiyati, adsorbtiya jarayonining mohiyati, desorbtiya jarayonlari.
- 16-mavzu. Suyuqlik ekstraksiyasi, erish va kristalizatsiya jarayonlari.: Ekstraksiya jarayonining mohiyati, kristalizatsiya jarayonining kinetikasi.
- 17-mavzu. Quritish jarayonining mohiyati.: Quritish jarayoni, material va issiqlik balansi, quritish usullari.
- 18-mavzu. Quritish apparatlarining tuzilishi.: Quritish apparatlari, konvektiv quritgichlar, kontaktli quritgichlar.
- 19-mavzu. Noan'anaviy texnologik jarayonlar.: Noan'anaviy jarayon va qurilmalar haqida tushunchalar, SVCh – isitgichining isitish jarayonining fizik asoslari, elektrodioliz jarayonlar.
- 20-mavzu. Mahsulotlarga sovutish yo'li bilan texnologik ishlov berish.: Sun'iy sovutishning asosiy nazariyasi, sovutish jarayonining fizik mohiyati.
- 21-mavzu. Muzlatilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi texnika va texnologiyalari.: Sovutish jarayoni haqida umumiy tushuncha, sovutish jihozlarining turlari va ularning tavsifi, sovutish jihozlarining texnik xavfsizlik qoidalari.
- 22-mavzu. Muzlatilgan mahsulotlarni saqlash, isitish va eritish.: Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash rejimlarining mohiyati, erish jarayonining borishi va fizik issiqlik jarayonlarining qonuniyatlari.
- 23- mavzu Sovutishning tabiiy va sun'iy usullari.: Sovutish va muzlatish jarayonlarini hisoblash, sovutish va muzlatish apparatlari, sovutilgan mahsulotlarni qayta isitish.
- 24-mavzu. Mehmonxonada servisini tashkil etish jarayonlari.: Mehmonxona xo'jaligi haqida umumiy tushunchalar, Mehmonxonada servis xizmatini tashkil etish jarayonlari.
- 25-mavzu. Mehmonxona xo'jaligining muhandislik-texnikaviy xizmatlaridagi jarayonlar va qurilmalari.: Mehmonxona xo'jaligining muhandislik-texnikaviy xizmatlaridagi jarayonlar, Mehmonxona xo'jaligining muhandislik-texnikaviy xizmatlaridagi qo'llaniladigan qurilmalar.